Bolalar va o‘smirlar uchun

UNICEF Uzbekistan/Pirozzi
© UNICEF UNICEF Uzbekistan/Pirozzi

20 yil avval barcha mamlakatlarda yashovchi insonlar bolalar va o‘smirlar uchun baxtli, sog‘lom va xavfsiz hayot ta’minlanishi lozim, degan qarorga keldilar. Ular ozor berilgan yoki betob bo‘lgan barcha bolalarga yordam ko‘rsatilishi lozim, barcha bolalar maktablarda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishlari, urush va zo‘ravonliklardan himoya qilinishlari hamda uy topshiriqlarini va xo‘jalik bo‘yicha yumushlarni bajarish bilan bir qatorda, o‘yin o‘ynash imkoniga ham ega bo‘lishlari kerak, degan yakdil fikrga keldilar. Shuningdek, ular bolalar jahonning qaysi mamlakatida yashayotganlaridan qat’i nazar, bunday huquqlar kafolatlangan bo‘lishi lozim, degan qarorni qabul qildilar. Buning natijasida bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya ishlab chiqildi va imzolandi.

BMT Bolalar jamg‘armasi yoki UNICEF, butun dunyoda bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya to‘g‘ri anglanishi va unga rioya etilishini ta’minlaydigan tashkilot hisoblanadi. Bu butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda yashayotgan bolalar baxtli, sog‘lom va himoyalangan bo‘lishlari mumkin va bunday huquqqa ega ekanliklarini anglatadi.

«UNICEF O‘zbekistonda» veb-saytining ushbu qismi UNICEF mamlakatdagi bolalarga yordam berish yo‘lida qanday ishlari amalga oshirayotganligi to‘g‘risida bolalar va o‘smirlar bilib olishlari uchun qulay qilib yaratilgan. Shuningdek, ushbu sahifada sizning do‘stlaringiz, aka-singillaringiz, qo‘shnilaringiz baxtli va himoyalangan bo‘lishlari uchun shaxsan siz qanday yordam berishingiz mumkinligi haqida bayon etilgan. Bu har biringiz uddalashingiz mumkin bo‘lgan kichik qadamlar, biroq ular katta ahamiyatga ega.