Ishtirok eting

Agar o‘zingiz kabi bolalar va o‘smirlarga yaxshi hayotdan zavqlanish imkoniga ega bo‘lishida yordam berishni istasangiz, UNICEF O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirib kelayotgan ko‘pgina loyihalar mavjud va siz ularda ishtirok etishingiz mumkin. O‘z sinfingizda «Bola huquqlari to‘g‘risida» taqdimot tashkil etishingiz, UNICEF ko‘magida butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarda qatnashishingiz mumkin. Yoki siz gigiyena qoidalarini o‘zlashtirishingiz (masalan, qo‘llarni qanday to‘g‘ri yuvish kerakligini) va bunga o‘z ukalaringiz va singillaringizni o‘rgatishingiz mumkin.

Agar yoshingiz birmuncha kattaroq bo‘lsa, o‘z jamoangizda ko‘ngilli bo‘lishingiz va tengdoshlaringizga saboq berishingiz hamda kattalarga bola huquqlari va ular qanday ko‘makka muhtoj ekani to‘g‘risida so‘zlab berishingiz mumkin. Shuningdek, Yosh avlod kengashida ishtirok etish uchun ariza berishingiz hamda mamlakat ahamiyatga molik mavzulardagi fikr-mulohazalaringiz e’tiborga olinishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Biz UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida bolalar va o‘smirlar loyiha va tashabbuslarimizda ishtirok etishi va rejalashtirish jarayonida fikr bildirib, muhim qarorlarni qabul qilishga ko‘maklashishi hamda ishimizni qanday qilib yanada yaxshiroq qilishimiz mumkinligini birga muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishi uchun ish olib boryapmiz. UNICEF faoliyati bolalar va o‘smirlar hayotini yaxshilashga qaratilgani bois biz ularning talab va ehtiyojlarini bilishimiz lozim.