Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.09.2017 22:08:08

Oy fikri

Huquqiy ma’lumot

Copyright © UNICEF - UNICEF mualliflik huquqi

UNICEF internet tarmog‘iga ma’lumot joylashtirar ekan, buni asosan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga rioya etilishi bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlash faoliyati bilan qiziquvchi insonlar uchun amalga oshiradi.

Agar siz biron ma’lumotni aks ettirish, qayta ishlash, qayta chop etish yoki tarjima qilib kengroq ommaga yetkazishni istasangiz, iltimos, bizning murojaat formamizdan joy olgan mualliflik huquqi opsiyasini to‘ldiring. Unda ma’lumotni qo‘llash maqsadida, jumladan, maqsadli auditoriyaning xususiyatlari va miqyoslari bo‘yicha ma’lumot kiritilgan bo‘lishi lozim. UNICEFning Nyu-Yorkda chop etilgan nashrlaridan foydalanish bo‘yicha nyhqdoc.permit@unicef.org manziliga maktub yozib, murojaat qilishingiz mumkin.

UNICEF o‘z internet sahifasidagi ma’lumotlar, jumladan, fotosuratlar va grafik dizaynlar bo‘yicha barcha mualliflik huquqlarga egalikni o‘zida saqlab qoladi. Ba’zi chop etilgan materiallar bo‘yicha huquqlar UNICEF tomonidan uchinchi taraflarga taqdim etilgan.

UNICEFdan yozma ruxsat olmagan holda uning internet materiallaridan istalgan maqsadda foydalanish, jumladan, ularni chop etish yoki kompakt diskka va yoki istalgan boshqa elektron vositaga yozish ta’qiqlanadi.

UNICEF nomi va logotipidan (ramzidan) beruxsat foydalanish xalqaro qonunchilikka ziddir va qat’iyan man etiladi.

Ma’lumot ochiqligi siyosati

1. Ushbu hujjatda BMT Bollar jamg‘armasi (UNICEF)ning Ma’lumot ochiqligi siyosati bayon etilgan.

Maqsad


2. UNICEF ommaga o‘z dasturlari va faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bilan xabardor qilib turishga ahd qilgan. UNICEF ommaning axborotga ega bo‘lishini tashkilot oldidagi vazifalarni bajarishda barcha mutasaddi taraflarning samarali ishtirokini ta’minlovchi muhim omil deb biladi va bular qatoriga omma ham kiradi. UNICEF ochiqlik, jumladan, axborot almashish orqali shaffoflikni ta’minlash bilan ommaning UNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi taraqqiyotga qaratilgan faoliyat va insonparvarlik faoliyatlariga bo‘lgan ishonch o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini tan oladi.

3. UNICEF rahbariyati UNICEFning Ijro Kengashi oldida javobgar bo‘lib, mazkur Kengash BMTga a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan hamda BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi a’zosi hisoblanadi. UNICEF rahbariyati ommaning UNICEF ma’lumotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishligi tashkilotning shaffofligi va mas'uliyatini oshiradi, deb biladi.

4. Ushbu “Ma’lumot ochiqligi siyosati” (keyingi matnda - “Siyosat”) UNICEF dasturlari va faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot omma uchun ochiq bo‘lib, ayni vaqtda mazkur Siyosatda belgilangan tartib asosida taqdim etilishini ta’minlashga qaratilgan. UNICEFning Mas'uliyat tizimi bo‘yicha Hisobotida, ya’ni UNICEF Ijroiya Kengashining E/ICEF/2009/15 raqamli hujjatida ifodalanganidek (“Mas'uliyat hujjati”) “UNICEF tashkilotda mavjud bo‘lgan sharoitlar, qabul qilingan qarorlar va olib borilayotgan faoliyatlar bo‘yicha ishonchli va o‘z vaqtidagi ma’lumotlarni, tanishib chiqish qulay bo‘lgan, ko‘rinarli va anglash oson bo‘lgan asnoda taqdim etadi, maxfiy hisoblangan ma’lumotlar bundan mustasno.” (¶ 14(g)).

“Ma’lumot” tushunchasining ta’rifi


5. UNICEF siyosati, faoliyati va qarorlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar har qanday shaklda (bosma nusxa, elektron yoki tovushli, video yoki audio yozuvi) aks ettirilishi mumkin.

Mazkur siyosatni qo‘llash doiralari


6. Ushbu Siyosat UNICEFga tegishli bo‘lgan barcha shakldagi ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ma’lumot bilan tanishib chiqishning asosiy tamoyillari


7. Ma’lumot tanishib chiqish uchun qulay va ochiq bo‘lishi lozim, mazkur hujjatda bayon etilgan cheklovlar bundan mustasno.

Ma’lumotning omma uchun ochiqligi


8. Omma uchun ochiq bo‘lgan ma’lumot imkon qadar, agar bu mantiqan to‘g‘ri va amaliy jihatdan asoslangan bo‘lsa, UNICEFning ommaga mo‘ljallangan internet sahifalaridan birida yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi internet sahifalardan biri (masalan biron mamlakat uchun mo‘ljallangan va BMTning mazkur mamlakatdagi jamoasi tomonidan yuritiluvchi internet sahifa)da joylashtirilishi lozim. Hozirda turli vositalar, jumladan, UNICEFning global internet sahifasi yoki UNICEFning mamlakatlardagi idoralari internet sahifalari va/yoki BMTning mamlakatlarda ishlovchi jamoalari tomonidan yuritiluvchi internet sahifalarida omma uchun taqdim etilayotgan (yoki yaqin kelajakda taqdim etiladigan) ma’lumotlar ro‘yxati A ilovasida keltirilgan.

Ma’lumotdan foydalanishdagi cheklovlar


9. Mazkur Siyosat bosma yoki elektron shaklda mavjud bo‘lgan “xomaki” ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etilishiga yo‘l qo‘ymaydi. UNICEF aks ettirish uchun saralab olish va/yoki o‘zgartirishni talab qiladigan so‘rovnomalarga javob berish vakolatiga ega emas.

10. Maxfiy ma’lumotlar oshkor etilmaydi. UNICEF Ijroiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan Mas'ullik Hisobotida (¶2) quyidagi toifalarga mansub ma’lumotlar “Maxfiy ma’lumot” sifatida belgilanishi talab qilinadi:

a. Maxfiylik tamg‘asi ostida uchinchi tomondan qabul qilingan yoki uchinchi tomonga yuborilgan ma’lumot;

b. Ochiq e’lon qilinishi biron bir shaxsning holati yoki xavfsizligini tahlika ostiga qo‘yuvchi, uning huquqlarini poymol qiluvchi yoki daxlsizligini buzuvchi ma’lumot;

v. Ochiq e’lon qilinishi tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki tashkilotning xavfsizligi yoki biron bir faoliyatining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishini tahdid ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan ma’lumot;

g. Qonuniy imtiyozlar yoki o‘rnatilgan tartiblar bilan himoyalangan va/yoki tashkilotni zarur bo‘lmagan sudlashuvga majbur qiluvchi yoki ichki audit yoxud surishtiruv bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot;

d. Ichki, idoralar orasidagi yoki bir idora ichidagi hujjatlar, jumladan, elektron maktublar va loyihaviy hujjatlarning ishchi shakli;

ye. Oshkor etilsa tashkilotning yoki ushbu jarayonga daxldor bo‘lgan taraflarning moliyaviy manfaatlariga zarar yetazuvchi tijorat ma’lumotlar;

j. Tashkilotning fikricha, agar oshkor etilsa biron a’zo Davlat yoki ijrochi hamkor bilan olib borilayotgan siyosiy muzokaraga jiddiy zarar yetkazishi bo‘lgan ma’lumot; va

z. O‘z tarkibi yoki yaratilishi va/yoki muloqot sharoitlari tufayli maxfiy deb sanalishi mumkin bo‘lgan boshqa turdagi ma’lumotlar.

“Maxfiy ma’lumot” ta’rifi ushbu Siyosatga zid kelmagan holda, imkon qadar oshkoralikni ta’minlash nuqtai nazaridan tushunilishi lozim.

11. Agar oshkor etilishi talab qilingan biron bir ma’lumotning faqat bir qismigina ushbu Siyosatda keltirilgan cheklovlarga taalluqli bo‘lsa, UNICEF bunday ma’lumotni qismlarga ajratib, talabni qondirish uchun ma’lumotning cheklovlarga tushmagan qismini oshkor etish va oshkor qilinmagan qismining maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rishga qaror qilishi mumkin.

12. UNICEF Ijroiya Kengashining qarorlari, shuningdek UNICEF yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa qonun-qoidalari, tartiblari yoki amaliy faoliyati “Ma’lumotni oshkor qilish bo‘yicha cheklovlar”ga ega bo‘lishi mumkin. Bunga boshqa hujjatlar qatorida, jumladan UNICEF Ijroiya Kengashining 2009/8 raqamli, UNICEF ichki audit hisobotlarini faqat a’zo Davlatlarga oshkor etish bo‘yicha qarori kiradi. Ushbu Siyosatdagi yoki unga bog‘liq bo‘lgan hech bir harakat UNICEF Ijroiya Kengashining mazkur qarorlari yoki UNICEF va yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa qonun-qoidalari, tartiblari yoki amaliyot uslublarini qo‘llashni qisqartirish, takomillashtirish yoki bekor qilishga qaratilmaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jumladan UNICEFning imtiyozlari va immunitetlari


13. Ushbu Siyosatdagi yoki unga taalluqli bo‘lgan hech bir harakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining, jumladan uning shu'ba tashkilotlarining 1946 yilda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiya” asosidagi yoki boshqa imtiyozlari va immunitetlarini bevosita yoki bilvosita bekor qilmaydi. YUqorida keltirilganlarni umumiy ma’noda inkor qilmagan holda, oshkor qilishga bo‘lgan talab asosida ma’lumotni oshkor qilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining, jumladan uning shu'ba tashkilotlarining 1946 yilda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiya” asosidagi yoki boshqa imtiyozlari va immunitetlarini bevosita yoki bilvosita bekor qilmaydi.

Ma’lumotga bo‘lgan talablarni boshqarish


14. Har qanday inson yoki tashkilot UNICEFdan uning omma uchun ochiq bo‘lgan internet sahifalari yoki BMT tizimidagi internet sahifalarda mavjud bo‘lmagan, nomaxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishini talab etishi mumkin.

15. Ma’lumotga bo‘lgan talablar UNICEFning mazkur mamlakat yoki hududdagi idorasi va/yoki Bosh idorasi boshqarmasi yoki idorasi rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Ommaviy axborot vositalaridan tushgan har bir talab UNICEFning muloqotga mas'ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

16. Maxfiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni oshkor qilish bo‘yicha kelib tushgan talabni ko‘rib chiqishga mas'ul bo‘lgan UNICEF xodimi tashkilotning Nyu-Yorkdagi Bosh idorasida Ijrochi direktori xizmatidagi UNICEF Huquqiy maslahatchisiga va, agar zarur bo‘lsa, Kopengagendagi Ta’minot boshqarmasi direktoriga (agar talab ta’minotchilar yoki xarid masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa) va/yoki tashkilotning Nyu-Yorkdagi Bosh idorasidagi kadrlar resurslari bo‘yicha boshqarmasi direktoriga (agar talab xodimlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lsa) murojaat qilib, maslahat olishi lozim.

17. Ma’lumot bo‘yicha kelib tushgan har bir talab o‘z vaqtidan kechiktirilmasdan ko‘rib chiqiladi. Talabgor o‘n (10) ish kuni davomida (Nyu-Yorkda) uning talabi qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar oladi. Talabning murakkabligidan kelib chiqqan holda UNICEF barcha talablarni ular qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabar yuborilgandan keyingi o‘ttiz (30) kun ichida hal qilishga harakat qiladi. Ma’lum bir material tayyorlanishi lozim bo‘lgan talablarni qonidirish uchun UNICEF ushbu material qiymati va mehnat haqi uchun xarajatlarni qoplashni so‘rashi mumkin va bu talabgorga ma’lum qilinadi va bunday xarajatlar oldindan qoplanishi kerak bo‘ladi.

18. UNICEF quyidagi kabi talablarni qondirishni butunlay yoki qisman rad etishi mumkin:

a. Ushbu Siyosatda keltirilgan yoki tilga olingan cheklovlar asosida;

b. Agar talab UNICEFning nazdida UNICEF aktivlari imkoniyati doirasidan tashqaridagi talab, deb hisoblansa; yoki

c. Agar talab UNICEF fikriga ko‘ra jiddiy emas, deb topilsa.

19. Agar talab rad etilsa, talabgor qabul qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘rovchi ariza bilan UNICEF Ijrochi Direktorining Boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga murojaat qilishi mumkin. Ijrochi Direktorning Boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ma’lumotga bo‘lgan talab qanday ko‘rib chiqilganligini tekshiradi va keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunday tekshirish ariza kelib tushganidan keyin odatda oltmish (60) kun ichida amalga oshiriladi. Tekshiruvning natijasi talabgorga ma’lum qilinadi va bunda tekshiruv natijasini batafsil tushuntirish talab etilmaydi.

Ma’lumotni qayta tayyorlash


20. Ushbu Siyosat amalga oshirilishi intellektual mulk bo‘yicha mavjud qoidalar va boshqa mulkka egalik to‘g‘risidagi huquqlarga asoslanadi, bunga jumladan, patentlar, mualliflik huquqlari, savdo belgilari kabilar kirib, ular boshqa talablar qatorida ma’lumot uchinchi taraf tomonidan qayta tayyorlanishini va qo‘llanilishini cheklashi mumkin.

Tillar


21. Ushbu hujjat UNICEFning ish yuritish tillarida, ya’ni ingliz, fransuz va ispan tillarida taqdim etiladi. Mazkur hujjat keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillari hisoblanmish boshqa tillarda ham tayyorlanishi mumkin.

Raddiya


22. UNICEF tomonidan taqdim etiluvchi ma’lumotning to‘laligi yoki to‘g‘riligi borasida ham bevosita, ham bilvosita ravishda, hech qanday izohlar yoki kafolat berilmaydi. UNICEF tomonidan taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanishda talabgor o‘z ixtiyori bo‘yicha ish ko‘radi. UNICEF ushbu ma’lumotdan foydalanish natijasida yuzaga keluvchi hech qanday bevosita yoki bilvosita zararlarga mas'ul bo‘lmaydi.

Yakuniy qoidalar


23. UNICEF Ijrochi direktori tomonidan e’lon qilingan, CF/EXD/2003/23 raqamli UNICEF ma’lumot xavfsizligi siyosati ushbu hujjat bilan bekor qilinadi.

24. UNICEFning ma’lumot oshkoraligi siyosati to‘g‘risidagi mazkur hujjat matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

16 sentyabr 2010 yil.

A ilovasi

UNICEF yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus internet sahifalaridagi UNICEF ma’lumotlarining qisqa bayoni

UNICEFning boshqaruvi, dasturlari va faoliyatlari bo‘yicha ma’lumotlarning aksariyat qismi UNICEF global internet sahifasida (www.unicef.org) va UNICEFning mamlakatlardagi idoralariga mansub internet sahifalarida mavjud. Bunday ma’lumotlarning tanlangan ro‘yxati, shuningdek, muntazam ravishda taqdim etib boriluvchi ma’lumotlar xususidagi axborot quyida keltirilgan.

I. UNICEF dasturlari to‘g‘risida ma’lumot


a. UNICEFning O‘rta muddat uchun strategik rejasi UNICEF global internet sahifasida keltirilgan.

b. Mamlakat bo‘yicha dasturiy hujjatlar. Mamlakat bo‘yicha dasturiy hujjatlar UNICEF Ijroiya Kengashining ommaviy hujjatlari bo‘lib, ular UNICEF global internet sahifasida, “Ijroiya Kengashi hujjatlari” qismida keltirilgan.

c. Mamlakatlararo dasturiy hujjatlar. Mamlakatlararo dasturiy hujjatlar UNICEF Ijroiya Kengashining ommaviy hujjatlari bo‘lib, ular UNICEF global internet sahifasida, “Ijroiya Kengashi hujjatlari” qismida keltirilgan.

d. Mamlakat idorasi, Hududiy idora va Bosh idora boshqarmalarining yillik hisobotlari. UNICEFning mamlakatlardagi idoralari, Hududiy idoralar va Bosh idora boshqarmalari (faqat yillik hisobot beruvchi boshqarmalari) tomonidan tayyorlangan yillik hisobotlar UNICEFning ommaviy internet sahifalarida, 2010 yil uchun yillik hisobotdan boshlab keltirilgan.

e. Baholash hisobotlari. UNICEFning faoliyatni baholash hisobotlari bayoni yillik asnoda tayyorlanadi va UNICEFning Ijroiya kengashiga topshiriladi. Ushbu hisobotlar UNICEF Ijroiya Kengashining omma uchun ochiq hujjatlari sanalib, UNICEF global internet sahifasida, “Ijroiya Kengashi hujjatlari” qismida keltirilgan.

II. UNICEF faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot


a. UNICEF Ijroiya Kengashi. UNICEF Ijroiya Kengashining faoliyati va uning yig‘ilishlari (shu jumladan, asosiy hujjatlar va qarorlar) UNICEF global internet sahifasida, “Ijroiya Kengashi hujjatlari” qismida keltirilgan.

b. UNICEF Ijroiya Idorasi. Ijrochi Direktorning murojaatlari va nutqlari UNICEF global internet sahifasida keltirilgan.

c. UNICEF moliyaviy ma’lumotlari. UNICEF byudjetlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar UNICEF Ijroiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, bunga jumladan, moliyaviy hisobotlar va auditdan o‘tkazilgan moliyaviy hujjatlar, moliyaviy holatning yillik taftishi, jumladan, moliyalash manbalari hamda UNICEF Ichki Audit Idorasining yillik hisoboti UNICEF global internet sahifasidagi “Ijroiya Kengashi hujjatlari” qismida keltirilgan. UNICEFning auditdan o‘tkazilgan moliyaviy hujjatlari, shuningdek, har ikki yilda chop etiladi va BMT Bosh Assambleyasi internet sahifasida e’lon qilinadi.

d. UNICEF Xaridlari. UNICEF quyidagilarni ommaga havola qiladi: (a) asosiy xalqaro xaridlari bo‘yicha e’lon qilingan takliflari; va (b) u tomonidan taqdim etilgan xalqaro shartnomalar. Ushbu hujjatlar UNICEF Ta’minot Boshqarmasi internet sahifasida va UN Global Marketplace da keltirilgan. UNICEF Ta’minot Boshqarmasi internet sahifasi, shuningdek, xaridlar bo‘yicha yillik asnoda ta’minotchi, mamlakat, miqdor va xizmat/tovarlar turi va shu kabilar aks ettirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

e. UNICEF Qoidalari i Tartib-taomillari. UNICEF Qoidalari i Tartib-taomillari muntazam ravishda UNICEFning global internet sahifasida berilib boriladi.

UNICEF bilan aloqa o‘rnatish


UNICEF faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z internet sahifangizga tashrif buyuruvchilar orasida tarqatishga qiziqishingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

UNICEF bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalarning asosiy ehtiyojlarini qondirish va bolalar o‘z qobiliyatlarini to‘la namoyon qilishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat bo‘lgan maqsadimizni qo‘llab-quvvatlayotgan manfaatdor shaxslar bilan aloqa o‘rnatishni ma’qullaydi. Faoliyatimiz to‘g‘risidani ma’lumotlarni o‘z sahifangizga joylashtirish orqali Siz ham ushbu maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashingizni ifodalaysiz.

Agar Siz UNICEF internet sahifasiga bog‘lanmoqchi bo‘lsangiz, Sizdan quyidagilarni qabul qilishingiz va bizga murojaat etishingizni (menyudan “Bog‘lanish uchun ruxsat”ni tanlang) so‘raymiz, bu biz hisob yuritishimiz uchun kerak bo‘ladi. Siz bosh sahifaga yoki mavzular yoritilgan ichki sahifalardan biriga kirishingiz mumkin.

UNICEF internet sahifasiga olib chiqadigan sayt quyidagilarga rioya qilishi lozim:

  • Bolalarni haqoratlovchi, ularga mos kelmaydigan yoki zarar yetkazuvchi va/yoki ekspluatatsiya qiluvchi, jumladan bolalar pornografiyasi va/yoki boshqa uslubda bolalarni biron noqonuniy yoki noahloqiy faoliyat uchun ekspluatatsiya qilishni tasvirlovchi yoki targ‘ib qiluvchi tarkibga ega bo‘lishi mumkin emas.
  • UNICEF sahifasidagi bo‘limlardan foydalanish mumkin, ammo ularni maxsus ruxsatsiz yuklab olish man etiladi.
  • UNICEF internet sahifasini doiraga olish yoki UNICEF bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni biron boshqa uslubda o‘rash mumkin emas.
  • UNICEF bilan bo‘lgan aloqani noto‘g‘ri aks ettirish yoki go‘yoki UNICEF uni yoki uning mahsulotlarini ma’qullashini anglatuvchi tarzda namoyon etmasligi lozim.
  • UNICEF logotipini (ramzini) ruxsatsiz ishlatishi mumkin emas. Ruxsat odatda faqatgina UNICEFning avtorizatsiya qilingan hamkorlariga beriladi, ya’ni UNICEF bilan joriy ish aloqalariga ega bo‘lgan tashkilotlarga berilib, odatda ular NNTlar, ta’lim muassasalari, noshirlar, axborot tarqatuvchilar va davlat muassasalaridan iborat bo‘ladi.
  • Agar u biron mahsulot yoki xizmatni sotish bilan shug‘ullansa, UNICEFni bundan xabardor qilishi va undan tijorat internet sahifasi sifatida foydalanishga ruxsat olishi shart.

UNICEF istalgan vaqtda (masalan, UNICEF sahifasi joylashgan o‘ringa yaqin joyda UNICEFning g‘oyasiga zid bo‘lgan ma’lumot yoki boshqa axborotlarning mavjudligi hollarida) ma’lumot o‘rnatishni ta’qiqlash huquqiga ega. Bunday holatlarda mazkur internet sahifasidagi ma’lumotlar darhol o‘chirib tashlanishiga rozi bo‘ladilar.

Maxfiylik siyosati


Sizning internetdagi maxfiyligingiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti bolalar fondi (UNICEF) uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Ushbu daxlsizlik bayoni UNICEF internet sahifasi orqali unga tashrif buyurgan insonlar bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va baham ko‘rish borasidagi UNICEF siyosatini aks ettiradi. U barcha “UNICEF internet sahafalari”ga talluqli bo‘lib, bu “unicef.org” domeni nomiga kiruvchi barcha internet sahifalarni o‘z ichiga oladi. Siz ushbu sahifa orqali UNICEFga taalluqli bo‘lgan boshqa sahifalarga o‘tishingiz yoki yuborilishingiz mumkin ekanligiga e’tibor qaratishingiz lozim, bunga masalan, http://www.supportunicef.org/ yoki milliy qo‘mitalarning (dunyo bo‘ylab UNICEFni qo‘llab-quvvatlashni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan bir kator xususiy xayriya tashkilotlari) sahifalari kiradi; ushbu sahifalarning barchasining maxfiylik bo‘yicha mazkur qonun-qoidalarga o‘xshash, ammo biroz farqlanuvchi o‘z qonun-qoidalari mavjud. UNICEF internet sahifasiga tashrif buyurish orqali Siz ushbu qonun-qoidalarda keltirilgan barcha shartlarni qabul qilgan hisoblanasiz.

UNICEF qanday ma’lumotlarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi?

Internet sahifasidan odatiy foydalanish


Umuman olganda, Siz o‘z shaxsingizni bizga oshkor qilmasdan va shaxsingiz bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday ma’lumotni bizga taqdim etmasdan UNICEF sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Umumiy tashriflar davomida biz yig‘adigan yagona ma’lumot serverning standart ma’lumotlaridan iborat. Bunga Sizning IP (Internet protokol, ingl. “IP”) manzilingiz, domen nomi, brauzer turi, operatsion tizim nomi, shuningdek Sizni bizning sahifaga yuborgan internet sahifasi nomi, Siz yuklab olgan fayllar nomi, Siz kirgan sahifalar, va Siz tashrif buyurgan sanalar/vaqtlar kabilar kiradi.

Shaxsiyatni aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yig‘ish


Agar Siz axborotnomaga obuna bo‘lsangiz, UNICEFning ma’lum sahifalarida ro‘yxatdan o‘tsangiz, kitob yoki boshqa mollarga buyurtma bersangiz, ma’lumot talab qilsangiz, fikr-mulohaza bildirsangiz, ishga kirish uchun ariza bersangiz, munozara guruhiga a’zo bo‘lsangiz yoki elektron maktublar yuborish ro‘yxatiga qo‘shilsangiz, Sizdan o‘z shaxsiyatingiz bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni yozish so‘raladi. Bunday ma’lumotlarga Sizning ismingiz, pochta manzilingiz va elektron pochta manzilingiz kabilar kiradi. Ushbu ma’lumotlar faqat Sizning xabardorligingiz asosida va ruxsatingiz bilan yig‘iladi va ular UNICEFning turli ma’lumotlar bazalarida saqlanadi. Agar Siz internetda nimanidir xarid qilsangiz, Sizdan o‘z kredit kartochkangiz ma’lumotlarini yozishingiz so‘ralishi mumkin.

UNICEFning shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha maxsus talablarga ega bo‘lgan internet sahifalari ushbu sahifalar uchun maxsus ishlab chiqilgan daxlsizlik qonun-qoidalarini chop etishlari mumkin. Bunday holatlarda sahifa uchun maxsus ishlab chiqilgan qonun-qoidalar UNICEFning daxlsizlik bo‘yicha ushbu umumiy qonun-qoidalariga qo‘shimcha hisoblanadilar, ammo bunday foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni keltiradilar.

UNICEFning ba’zi sahifalarida ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy ma’lumotni berish natijasida “kuki”lar o‘rnatiladi[1]. Ushbu “kuki”ni o‘rnatish orqali UNICEF Siz bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qoladi va keyingi safar ushbu sahifaga kirganingizda barcha ma’lumotlarni yangidan kiritishingizga hojat bo‘lmaydi. Bu biz Sizga yaxshiroq xizmat ko‘rsatishimizda yordam beradi.

Elektron munozara guruhiga a’zo bo‘lish, ushbu munozara guruhining boshqa a’zolari (jumladan UNICEF xodimi bo‘lmagan insonlar ham) Siz o‘z ixtiyoringiz bilan kiritgan shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rishi mumkinligini anglatadi. Ochiq munozara guruhlarida bunday ma’lumotlar omma uchun ochiq bo‘ladi.

Bolalar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar xususida maxsus qayd


UNICEF domenidagi bir nechta sahifalar bolalarga qaratilgan bo‘lib, ularga guruh munozaralari kabi interfaol sahifalar ham kiradi. Ulardan ba’zilari UNICEFga foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini talab etadi. Bunday hollarda biz imkon qadar kam miqdordagi shaxsiy ma’lumotlarni talab qilamiz.

UNICEF sahifasining bunday qismlari faqat bolalar va avtorizatsiya qilingan katta yoshlilarga mo‘ljallangan bo‘lib, avtorizatsiyadan o‘tmagan katta yoshlilar UNICEF sahifasining bunday qismlaridan foydalana olmaydilar. (Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumot yig‘ish bizga shu maqsadda yordam beradi).

Bunda bolalar o‘z ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa katta yoshli insonlarni UNICEFning ushbu sahifalarida ishtirok etayotganliklari va bunday cheklangan ma’lumotlarni taqdim etayotganliklaridan xabardor qilishlari lozim.

UNICEF yig‘ayotgan ma’lumotlardan qanday foydalanadi?

Internetdan odatiy foydalanish


“unicef.org” domenini oddiy tanishish davomida yig‘ilgan ma’lumotlardan UNICEF sahifasiga tashriflar va undan foydalanish miqdorini tahlil qilishda foydalaniladi va bunda ushbu sahifaning samarasini oshirish maqsad qilib qo‘yiladi. Buning hech qanday shaxsiy ma’lumot bilan aloqasi yo‘q. Ammo, agar Siz UNICEF sahifasidagi biron bir faoliyatda qatnashish orqali UNICEF ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsangiz, sizning internetdan odatiy foydalanishingiz bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Shaxsiyatni aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumot


UNICEF siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

  • Siz bilan aloqa o‘rnatish - talab yoki taklifga javoban va/yoki axborotnoma, hujjatlar, chop etilgan materiallar va hokazolarni Sizga yetkazib berish uchun; shuningdek biz UNICEF milliy qo‘mitalariga Siz bilan aloqa o‘rnatishlari uchun ma’lumot taqdim etishimiz mumkin;
  • Ishga kirish uchun topshirgan arizangizni boshqarish yoki hujjatlashtirish uchun;
  • Ushbu sahifadagi xaridlaringiz yoki ro‘yxatga kiritilganingizni tasdiqlash uchun;
  • Xaridlar uchun sahifa orqali to‘lovni qabul qilish uchun (kredit kartochka orqali);
  • Sizning internetdagi profilingiz va ishtiyoqlaringizni “eslab qolish” uchun;
  • Qiziqishlaringiz asosida Sizga to‘g‘ri keladigan ma’lumotni tez topishda Sizga yordam berish uchun va imkon qadar mos keladigan ravishda sahifa tarkibini takomillashtirishda o‘zimizga yordam berish uchun;
  • Statistik tahlillarni amalga oshirish uchun.

Men shaxsiy ma’lumotlarimni taqdim etishni istamasamchi?

UNICEF internet sahifasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriydir. Agar Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etishni istamasangiz ham UNICEF sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi, ammo Siz ashyolar xarid qilish, axborotnomaga obuna bo‘lish yoki ishga kirish uchun ariza topshirish kabi ba’zi bir harakatlarni amalga oshira olmaysiz.

Ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlash yoki o‘zgartirish


Istgan vaqtingizda o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirishingiz yoki yangilashingiz mumkin. Buning uchun ushbu ma’lumotlarni ilk bor kiritganingiz internet sahifasiga kirishingiz va ushbu sahifa uchun mas'ul bo‘lgan shaxs/UNICEF boshqarmasiga murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi. Murojaat uchun ma’lumotlar ko‘rsatilmagan sahifalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Xavfsizlik


Biz, UNICEF sahifasida ixtiyoriy ravishda kiritilgan, shaxsni aniqlash mumkin bo‘lgan hech qanday ma’lumotlarni oldindan ruxsat olmasdan turib uchinchi tarafga sotmaymiz va tarqatmaymiz. Ammo, biz foydalanuvchilar bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni milliy qo‘mitalar bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin bo‘lib, u ham bo‘lsa butun UNICEF oilasi sizning ehtiyojlaringizga javob bera olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. UNICEF internet sahifasi foydalanuvchilari tomonidan UNICEFga taqdim etilgan har qanday ma’lumot yuqori darajadagi ehtiyotkorlik va xavfsizlikka rioya qiligan holda saqlanadi va ushbu daxlsizlik siyosatida yoki muayyan sahifalardagi qonun-qoidalarda bayon etilgan maqsadlardan yoki Siz aniq rozilik bergan maqsadlardan o‘zga maqsadlarda qo‘llanilmaydi. UNICEF bizning tizimimizda saqlanayotgan ma’lumotlar yo‘qolishi, noto‘g‘ri maqsadalarda foydalanilishi, ruxsatsiz foydalanish yoki oshkor qilish, o‘zgartirish yoki buzib tashlashdan himoya qilish uchun bir qator uslublar va xavfsizlik choralaridan foydalanadi.

Ammo, UNICEF ma’lumotning xavfsizligini ta’minlash borasida o‘ziga hech qanday mas'uliyat olmaydi.

UNICEF internet sahifasi unicef.org domenidan tashqaridagi sahifalar bilan ham sayt orqali bog‘langan. UNICEF bunday sahifalarda maxfiylik ta’minlanishi va ularning mazmuni uchun javob bermaydi.

O‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berish


Ushbu maxfiylik siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar bu yerda e’lon qilinadi va UNICEFning http://www.unicef.org/ manzilidagi bosh sahifasida taqdim etiladi.

Muloqot


Ushbu maxfiylik siyosati bo‘yicha savol va so‘rovlar bilan marhamat qilib bizga murojaat qiling va “maxfiylik”ni tanlang.

Foydalanish shartlari


Ushbu www.unicef.org internet sahifasidan va ushbu domendagi barcha sahifalar (umumiy - “UNICEF internet sahifasi”) dan foydalanish quyidagi shartlar foydalanuvchi tomonidan qabul qilinganligini anglatadi. UNICEF ushbu foydalanish shartlarini buzganlik uchun qonun tomonidan ruxsat berilgan barcha choralardan foydalanish huquqiga ega. Bunday qoidabuzarliklarga, jumladan, UNICEFning o‘z nomi va ramziga egalik huquqini buzish, UNICEF internet sahifasidagi ma’lumot, tasviriy materiallar, matn, video, audio yoki suratlar (umumiy - “Mazmun”) bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlarini buzish kabilar kiradi.

UNICEF nomi va ramzi


UNICEFning nomi va ramzi faqat UNICEFning mulki hisoblanadi. Ular xalqaro qonunlar tomonidan himoyalangan. Ulardan rasmiy ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi. UNICEFdan yozma ruxsat olmasdan turib ulardan nusxa ko‘chirish yoki qayta ishlab chiqish mumkin emas. Ruxsat olish uchun talablar qayta muloqot formadagi mualliflik huquqidan foydalanishga ruxsat berish bo‘limi orqali bizga yuborilishi lozim.

UNICEF Internet sahifasi


UNICEF Internet sahifasi faqat shaxsiy foydalanish va ma’rifiy maqsadlarda foydalanish uchun UNICEF tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari har qanday foydalanish, jumladan UNICEF Internet sahifasi mazmunining ko‘prog‘ini qayta ishlab chiqish yoki tarjima qilish, yoki shaxsiy yoxud ma’rifiy maqsadlardan tashqari maqsadlarda foydalanish uchun oldindan UNICEFning yozma ruxsatini olish talab etiladi. Ruxsat olish uchun talablar qayta muloqot shaklidagi muallifilk huquqidan foydalanishga ruxsat berish bo‘limi orqali bizga yuborilishi va unda foydalanish maqsadlari batafsil bayon etilgan bo‘lishi lozim. UNICEF Internet sahifasining butun Mazmuni qonun tomonidan himoyalangan, jumladan, lozim bo‘lgan o‘rinlarda, mualliflik huquqi qonunlari tomonidan himoyalangandir.

UNICEF Internet sahifasining Mazmuni UNICEFning o‘z mezonlari asosida mutlaqo mustaqil ravishda tanlab olingan. UNICEF istalgan vaqtda UNICEF Internet sahifasining istalgan qismi yoki xususiyatini o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega, bundaylarga jumladan, foydalanish shartlari, sahifaga tashrif soatlari va undan foydalanish uchun talab etiluvchi moslamalar ham kiradi.

Ma’lum bir mamlakatlar yoki hududlarning belgilarini ishlatish UNICEF tomonidan hech qanday so‘roqqa tutilmagani kabi ushbu mamlakatlar yoki hududlarning huquqiy mavqyelari, ulardagi hokimiyatlar va institutlarning huquqiy holatlari va/yoki ularning chegaralari delimitatsiyasi ham so‘roqqa tutilmaydi. Muayyan kompaniyalar yoki mahsulotlarning nomlari tilga olinishi (ro‘yxtga kiritilgani bilan qanchalik bir xil bo‘lishidan qat’i nazar) xususiy huquqlarni buzishga bo‘lgan harakatni anglatmaydi, shuningdek, bu UNICEF tomonidan ushbularning ma’qullanishi yoki maslahat berilishini ham anglatmaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va UNICEF tashkiloti UNICEF Internet sahifasi yoki uning Mazmunidan foydalanish natijasida yuzaga keluvchi har qanday javobgarlik va mas'uliyatni o‘z zimmalariga olmaydilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, UNICEF, ularning xodimlari va pudratchilari UNICEF Internet sahifasi Mazmunidan foydalanish, bunday Mazmun noo‘rin, noto‘g‘ri yoki xiyla bilan foydalanish natijasida yuzaga kelgan moliyaviy yoki boshqa har qanday oqibatlar tufayli javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

UNICEF Internet sahifasi bo‘yicha, jumladan virusdan yoki boshqa yuqumli dasturlar va/yoki buzg‘unchilik tabiatiga ega bo‘lgan istalgan boshqa narsalardan zarar ko‘rishga qarshi hech qanday qayd yoki kafolat berilmaydi.

Boshqa internet sahifalari


UNICEF Internet sahifasi UNICEF nazorati ostida bo‘lmagan boshqa sahifalarga ma’lumotlar orqali bog‘langan bo‘lishi mumkin. UNICEF ushbu sahifalarga ma’lumotlarni faqatgina qulaylik yaratish nuqtai nazaridan taqdim etadi va bu UNICEF bunday sahifalardan birontasini yoki ularning mahsuloti yoki xizmatlarini ma’qullashi yoki tasdiqlashini anglatmaydi. UNICEF bunday internet sahifalari bo‘yicha o‘z zimmasiga hech qanday javobgarlik yoki mas'uliyatni olmaydi. Masalan, UNICEF bunday internet sahifalarda keltirilgan xabarlar, ma’lumotlar, fikrlar, maslahatlar yoki xitoblarning to‘g‘riligi yoki ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik yoki mas'uliyatni zimmasiga olmaydi.

Ishchi hujjatlar


UNICEF Internet sahifasida ishchi hujjatlar yoki UNICEF qoidalariga oid hujjatlarning munozara uchun loyihalarini joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ular bo‘yicha fikr-mulohazalar va ularga javoblar minnatdorchilik bilan qabul qilinadi, ammo ular har doim bevosita UNICEFga yuborilishi va UNICEF Internet sahifasiga yuklanmasligi lozim. Ushbu hujjatlar UNICEF tomonidan bolalar va oilalarga oid bo‘lgan muhim masalalar muhokamasiga qo‘shiluvchi hissa va olinayotgan maslahatlar ko‘lamini kengaytirish va yanada chuqurroq mulohazalarga ega bo‘lishda UNICEFga yordam sifatida keltirilgan. Bunday hujjatlar Tashkilotning ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha aniq nuqtai nazarini anglatmaydi va bu yo‘sinda talqin qilinishi kerak emas. Ishlanayotgan hujjatlardan sitatalar keltirish mumkin emas va ulardan UNICEF Internet sahifasidan tashqarida foydalanish ta’qiqlanadi.

UNICEF Internet sahifasining interfaol qismlari


UNICEF Internet sahifasida e’lonlar varaqlari, muloqot (chat) xonalari, maktub yuborish ro‘yxatlari va/yoki boshqa xat yo‘llash va/yoki muloqot qilish moslamalariga kirish imkoniyatlari o‘rin olgan bo‘lishi mumkin. Ushbu moslamalardan foydalanishga ahd qilar ekan, foydalanuvchi quyidagilarning hech birini qilmaslikka rozi bo‘lgan hisoblanadi: (a) tuhmat, haqorat, tegajoqlik, ta’qib, tahdid qilish va/yoki boshqa usullar orqali boshqalarning qonuniy, ahloqiy yoki boshqa insoniy huquqlarini (masalan, daxlsizlik va ommalashuv huquqi) buzmaslik; (b) tuhmat qiluvchi, tazyiq o‘tkazuvchi, axloqsiz, noo‘rin yoki noqonuniy material yoki ma’lumotni chop etmaslik, e’lon qilmaslik, tarqatmaslik yoki yoymaslik; (v) intellektual mulk qonunlari (yoki daxlsizlik huquqlari) tomonidan himoyalangan dasturlar yoki boshqa materiallarga ega bo‘lgan fayllarni yuklamaslik yoki ilova qilmaslik, agar mazkur foydalanuvchi ushbu huquqlarning ega bo‘lsa yoki bunday huquqlarni nazorat qilsa va/yoki ulardan foydalanish bo‘yicha barcha ruxsatlarga ega bo‘lsa, bundan mustasno; (g) viruslarga ega fayllar, buzilgan fayllar yoki shunga o‘xshash o‘zgalarning kompyuterlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa biron ashyolar yoki dasturlarni yuklamaslik yoxud ilova qilmaslik; (d) yuklangan har qanday fayllardagi muallifga ishoralar, qonuniy qaydlar yoki xususiy mulkka ishoralar yoxud belgilarni o‘chirmaslik; (ye) yuklangan fayldagi dastur yoki boshqa materiallarning kelib chiqishi yoki manbasini soxtalashtirmaslik; (yo) biron mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilmaslik yoki sotuvga taklif etmaslik, so‘rovnomalar, musobaqalar yoki “baxt maktublarini” yaratmaslik yoki uzatmaslik; yoki (j) boshqa foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan va foydalanuvchi bunday uslubda tarqatilmasligi lozimligini biluvchi yoki bilishi kerak bo‘lgan fayllarni yuklab olmaslik. UNICEF tashkiloti UNICEF Internet sahifasiga joylashtirilgan har qanday materialni uni joylashtirgan odamni xabardor qilmagan holda o‘chirib tashlash bo‘yicha to‘la huquqqa ega.

UNICEF hech bir foydalanuvchining bunday moslamalar bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday harakati bo‘yicha yoki foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan va UNICEF Internet sahifasiga yuklangan hech qanday material bo‘yicha javobgarlik yoki mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Bunga, masalan, shunday materiallarda joy olgan har qanday axborot, ma’lumot, mulohazalar, maslahat yoki xitoblarning to‘g‘riligi yoki ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik yoki mas'uliyat kiradi.

Agar bular bo‘yicha biron bir savolingiz bo‘lsa, marhamat qilib qayta muloqot formadan foydalangan holda bizga murojaat qiling.

Rahmat.