Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.09.2018 14:22:20

Dalillar qisqa satrlarda

Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
19.09.2018 14:22:20

Dalillar qisqa satrlarda

Yangiliklar va pres-relizlar

Yoshlar O‘zbekiston o‘quv yurtlarida zo‘ravonlikka barham berish yo‘llarini muhokama qilyaptilar

Turli kollej va universitetlarda ta’lim olayotgan yoshlar maktablarni o‘zlari va do‘stlari uchun xavfsiz qilish maqsadida o‘z fikrlarini bildirish uchun «Kitob Olami» do‘konida to‘plandilar.

Barcha odamlar kabi men ham oddiy hayot kechiraman!

Shodiya, 15 yoshda

Men 10 yoshdaligimda ota-onam vafot etishgan. Men buvim bilan qoldim. Keyinroq esa voyaga yetamaganlar ishlari bo‘yicha komissiya meni bolalar uyiga yubordi, chunki buvim menga boshqa g‘amxo‘rlik qilolmasdi.  

UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Sascha Graumann bilan «Maktabga bexatar qaytish» kampaniyasiga bag‘ishlangan suhbat

-       Janob Graumann, o‘quv yurtlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi bo‘yicha o‘z fikringiz va UNICEFning nuqtai nazari to‘g‘risida so‘zlab berasizmi?

-       Butun dunyo bo‘ylab, turli sharoitlarda, zo‘ravonlik natijasida har besh daqiqada bir nafar bola nobud bo‘lmoqda. Shunindek ko‘pgina boshqa bolalar kaltaklash va tahqirlash shaklidagi jismoniy, shahvoniy va psixologik zo‘ravonlikdan jarohatlanib, aziyat chekmoqdalar. Bunday holatlar shu qadar tarqalganki, hatto ba’zan ularning yuzaga kelishi muqarrardek tuyuladi. Lekin aslida unday emas. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik mumkin ekan, biz buni albatta amalga oshirishimiz lozim.

Dunyo o‘smirlarining yarmi ta’lim muassasalarida tengdoshlari zo‘ravonligiga duchor bo‘lmoqda

Jismoniy zo‘ravonlik va qo‘rqitish har yili dunyo bo‘ylab 150 million nafar 13-15 yashar o‘quvchning ta’lim olishni to‘xtatishiga sabab bo‘lmoqda

TOSHKENT, 2018-yil, 6 sentyabr – Dunyodagi  13-15 yashar o‘quvchilarning yarmi – taxminan 150 million bola – maktab va uning atrofida tengdoshlari zo‘ravonligiga duchor bo‘layotganini aytadi. YUNISEFning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohi chaiqargan yangi global hisobotda shunday deyiladi.

Treningda qatnashgandan keyin OIV infeksiyasi bilan yashayotgan o‘smirlarda va ularning oilalarida kelajakka bo‘lgan ishonch yanada kuchaydi

OIV infeksiyasi bilan yashayotgan o‘smirlar bu yerga bir oz o’zlarini yo’qotgan va yolg’izlangan holda, ularning ota-onalari esa bolalariga hech qanday yordam berib bo‘lmaydi degan kayfiyatda keladilar. Lekin bu yerdan chiqib ketayotganda ular kuch-g‘ayratga to‘lib, kelajakka katta ishonch bilan hamda yangi orttirgan do‘stlari va hamfikrlarining manzillarini olib, qaytadilar. Ularning kayfiyatidagi bunday keskin o‘zgarishning sababi – UNICEF va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan OIV bilan yashayotganlarini biladigan o‘smirlar va ularning ota-onalari uchun tashkil qilingan «Salomatlik va qo‘llab-quvvatlash asoslari» mavzusidagi treningda qatnashganlari bilan izohlanadi.  

Odamlar OIV xatarini bartaraf etish yo‘lida sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda...

2018 yilning iyul oyida Issiq Ko‘lning xushmanzara qirg‘og‘ida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan 200 dan ziyod tibbiyot xodimlari, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, OIV infeksiyasi bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlar, va ularning ota-onalari mazmun-mohiyati jihatidan butunlay o’zgacha bo’lgan tadbirda ishtirok etdilar. Ushbu mintaqaviy seminar va lager UNICEF, UNAIDS, Britaniya bolalarni himoyalash assotsiatsiyasi (CHIVA) va OITSni davolash bo‘yicha bolalar Yevropa tarmog‘i (PENTA) tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.  

Zulmatdan yorug‘ dunyoga: mening hikoyam

16 yoshli Azima hali yosh bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan odamlarga nisbatan jamiyatning nuqtai nazarini o‘zgartirish yo‘lida haqiqiy yetakchi bo‘lish uchun zarur bo’lgan fazilatlarga ega. U o‘z mamlakatidagi odamlar OIV bilan yashovchi insonlarni jamiyat uchun xatar tug‘diradiganlar qatoriga qo‘shmaydigan kun kelishini orzu qiladi.

XALQARO YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOSH KOTIBNING YOZMA MUROJAATNOMASI

XALQARO YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOSH KOTIBNING YOZMA MUROJAATNOMASI

12 avgust 2018 yil

           Butun insoniyat barcha orzu-umidlarini yoshlar bilan bog‘lamoqda.

           Tinchlik, jadal iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy adolat, bag‘rikenglik — bularning barchasi va ko‘pgina boshqa jihatlar yoshlar salohiyatini amalga oshirishga bog‘liq va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.


Ko‘krak suti bilan oziqlantirish to‘g‘risidagi hikoyam

Kamila Fatixova, UNICEFning O‘zbekistondagi OIV/OITS masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Farzandlarimni ko‘krak suti bilan oziqlantirishga oid mening tajribamni ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich muddatidan ancha avval (homiladorlikning 31-haftasida) tug‘ilgan to‘ng‘ich qizimni emizib boqish bilan bog‘liq.

Mahalliy ta'lim guruhi 2018-2022 yillarga mo'ljallangan ta'lim sohasining yangi rejasini muhokama qilmoqda

2018 yil 8-avgustda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) Mahalliy ta'lim guruhining (MTG) raisi bo’lmish O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tomonidan MTG majlisini o'tkazishda amaliy yordam korsatdi. MTG turli ta'lim vazirliklari va boshqa tegishli vazirliklar, shuningdek xalqaro rivojlanish tashkilotlari vakillaridan iborat.