Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi bolalarni himoya qilish masalalari bo‘yicha Forum imkoniyatlari cheklangan bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilish uchun yo‘l ochib bermoqda

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2013
DUSHANBE, 1 avgust 2013 y. - Bugun o‘z ishini boshlagan Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatda yashovchi bolalarni himoya qilish masalalari bo‘yicha Forumda jamiyatning eng zaif, ajratib qo‘yilgan va “ko‘zga ko‘rinmas” qismi hisoblangan nogiron bolalar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash borasida hukumatlar va sheriklarning kelgusi harakatlar rejalari muhokama qilinadi.  

Joriy yilning 1 avgustidan 3 avgustigacha bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi bolalarni himoya qilish bo‘yicha to‘rtinchi Forum Tojikiston Respublikasi Hukumati va UNICEF tomonidan tashkil etilgan. Uning baland minbaridan inklyuziya siyosatini ilgari surish zarurati yana bir bor tasdiqlanadi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish va individual yondashuvlarni qo‘llashdan barcha foyda ko‘radi: ham nogiron va oddiy bolalar, ham ularning oilalari va umuman butun jamiyat.  

Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu Forum ishida Markaziy Osiyoning barcha beshta mamlakatlaridan yuqori martabali hukumat vakillari ishtirok etmoqdalar: bosh vazirlar o‘rinbosarlari, ijtimoiy ta’minot, rivojlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mehnat sohalari vazirlari va boshqa rasmiy shaxslar;  ombudsmenlar, parlament a’zolari, BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar va nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya Qo‘mitasi xodimlari, ekspertlar, nogiron bolalar va ularning oila a’zolari, nogironlar tashkilotlari, NNT va xalqaro tashkilotlar vakillari. O‘zbekiston delegatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi vakillaridan iborat.

«Inklyuziv siyosat, tizim va xizmatlarni kuchaytirishga qaratilgan sektorlararo munosabat choralarini ishlab chiqish nogiron bolalarga o‘z salohiyatlarini to‘laligicha ro‘yobga chiqarishga imkon taqdim etish borasidagi faoliyatlarida oilalar va hamjamiyatlarga kerakli yordam ko‘rsatishning eng maqbul usuli hisoblanadi», - ta’kidlab o‘tdi UNICEFning Markaziy va Sharqiy Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari uchun Mintaqaviy bo‘lim direktori Mari-Pyer Puarye xonim. U nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish va qoidalarini bajarish yo‘lidagi faoliyatni yanada faollashtirishga hukumatlarni da’vat etdi.

«Salomatligi jihatdan imkoniyatlari cheklangan bolalar omon qolishlari, farovonlikda ulg‘ayishlari va zaruriy himoyaga ega bo‘lishlari uchun biz birgalikda harakat qilib, bunday bolalar hayotining eng erta yoshidanoq ularga inklyuziv xizmatlardan bahramand bo‘lish imkoniyatini ta’minlashimiz va mehribon oilaviy sharoitda o‘sish huquqini taqdim etishimiz lozim», - deb qo‘shimcha qildi Mari-Pyer Puarye xonim.
Bu boradagi asosiy tavsiyalar quyidagilardan iborat:

•    Oilalar o‘zlarining nogiron bolalariga g‘amxo‘rlik qilishlari mumkin bo‘lishi uchun ularga sog‘liqni saqlash, ta’lim, muhofaza va ijtimoiy ta’minot sohasilarida tegishli xizmatlarni taqdim etish.
•    Jamiyatning boshqa a’zolari hamda qarorlarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va turli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadigan shaxslar tomonidan salomatligi jihatdan imkoniyalari cheklangan bolalar kamsitilishiga chek qo‘yish.  
•    Resurslarni rejalashtirish va taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va taqqoslanuvchan ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. Bolalar “ko‘zga ko‘rinadigan” bo‘lib qolishlari uchun ular tegishli registrlarda hisobga olingan bo‘lishlari kerak.

Mintaqa mamlakatlarining Hukumatlari oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tegishli ijtimoiy siyosat choralarini ishlab chiqishga kirishmoqdalar, chunki bu ota-onalarga o‘z farzandlarini davlat internat muassasalariga joylashtirishga emas, balki tarbiyalash va himoyalash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga imkon yaratadi. Shu kabi ijtimoiy choralar nogironlikka uchragan bolalar va ular yashayotgan oilalarni ham qamrab olgan bo‘lishi lozim.  

Forum davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari to‘plangan tajriba bilan almashish va tegishli majburiyatlarni yanada puxtalash imkoniga ega bo‘ladilar. Boshqa mamlakatlardagi ayrim ijobiy misollar ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Forum ishi nogironlikka duchor bo‘lgan bolalar, ularning ota-onalari va bunday bolalar bilan bevosita ish olib boradigan mutaxassislarning tajribasiga asoslanadi.  



OAV uchun aloqa manzillari:

Janob Jon Badd, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mintaqaviy maslahatchi, MSHE/MDH mamlakatlari uchun UNICEFning Mintaqaviy bo‘limi; xizmat tel.: +(41 22) 909 5429, mediaceecis@unicef.org  

Marta o’qilgan: 80


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar