Chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan boqish Jahon haftaligi emizikli onalarni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etmoqda

Chop etish versiyasi
06 Avgust 2013
1 1 Fotosuratlar
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 6 avgust 2013 yil. - Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash muassasalari, pediatrlar, patronaj xizmati hamshiralari, nodavlat notijorat tashkilotlar va mahalla qo‘mitalari vakillari chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan boqish naqadar muhimligi va emizib boqish amaliyotini davom ettirish uchun onalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish yo‘llariga oid masalalarni muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha 2013 yilgi Jahon haftaligi doirasida UNICEF ko‘magida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan turkum tadbirlaridan biridir. Haftalik davra suhbatlari, seminarlar va mahallalardagi uchrashuvlar, oilalar va yosh onalarga zarur maslahatlar berish va ommaviy axborot vositalarini safarbar qilish tadbirlarini qamrab olgan.

Joriy yildagi chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan boqish Jahon haftaligi «Ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash: Onalar bilan yonma-yon» mavzusiga bag‘ishlangan. Ushbu Haftalik davomida emizikli onalarga o‘z oilalari va hamjamiyatlarida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan kundalik ko‘makka e’tibor qaratiladi.  

«Sog‘liqni saqlash yo‘lidagi bironta boshqa tadbir chaqaloqlar va ularning onalariga ko‘krak suti bilan emizish kabi kuchli ta’sir ko‘rsata olmaydi, va bironta boshqa tadbir u kabi tejamli emas. Chaqaloqni emizib boqish uning “dastlabki immunizatsiyasi” va bola hayotini saqlab qolishning eng samarali va arzon vositasi hisoblanadi», - deb ta’kidladi UNICEF vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot. «Shunday bo‘lsa-da, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda, biz emizikli ona tibbiyot muassasasidan chiqayotganda faqat ko‘krak suti bilan boqish darajasi keskin pasayib ketayotganligining guvohi bo‘lyapmiz. Ushbu jihat onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamjamiyatlar darajasida ishlash hamda oilalar, do‘stlar va tengdoshlarni safarbar etish naqadar muhimligini tasdiqlamoqda».

Hayotlarining dastlabki olti oyida faqat emizib boqiladigan chaqaloqlar, ko‘krak suti bilan boqilmagan go‘daklarga nisbatan, 14 baravar ko‘proq yashab ketish imkoniyatiga ega. Tug‘ilgandan keyin birinchi kunning o‘zidanoq bolani ko‘krak suti bilan boqishni boshlab yuborish yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi xatarini 45 foizga qisqartirishi mumkin.

Shu bilan birga, bolani ko‘krak suti bilan boqish uning o‘qish va bilim o‘zlashtirish qobiliyatini saqlab turishga xizmat qiladi hamda keyinchalik bola kattaroq yoshga to‘lganda u semirib ketishi va surunkali kasalliklarga chalinishining oldini olishga yordam beradi. Yaqinda AQSh va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar bolalar emizib boqilishi natijasida sog‘liqni saqlash sohasi katta mablag‘larni tejab qolayotganligidan darak bermoqda, chunki e’tirof etilishicha, ko‘krak suti bilan emizib boqilgan bolalar, bunday imkoniyatdan mahrum bo‘lgan kichkintoylarga nisbatan, ancha kamroq turli xastaliklarga chalinadilar.  

Faqat emizib boqadigan onalar tug‘ruqdan keyin tez muddatlarda qayta tiklanadilar va o‘zlarining tug‘ruqdan avvalgi vaznlariga qaytadilar. Tajriba ko‘rsatmoqdaki, bunday onalar tug‘ruqdan keyin depressiya, ya’ni ruhiy ta’sirlanish holatiga ancha kamroq tushib qoladilar, va keyinchalik kattaroq yoshda bo‘lganlarida tuxumdon va ko‘krak bezi saratoni rivojlanishi xatariga kamroq chalinadilar.

Ko‘krak suti bilan boqish afzalliklari tegishli hujjatlarda aniq qayd qilingan bo‘lishiga qaramasdan, 2012 yilda butun dunyoda olti oylikkacha bo‘lgan go‘daklarning atigi 39 foizi onalari tomonidan faqat emizib boqilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili faqat ko‘krak suti bilan boqish amaliyoti bilan olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning bor-yo‘g‘i 35 foizi qamrab olingan, vaholanki tug‘ruqxonadan chiqish holatiga ko‘ra bolani faqat emizib boqish ko‘rsatkichi anchagina yuqori bo‘lgan - 98 foizdan ortiq deb baholangan.  

«Chaqaloqlar tug‘ilganidan so‘ng shu zahotiyoq ularni ko‘krak suti bilan emizib boqishga yosh onalarni rag‘batlantirish masalasida tibbiyot xodimlari yetakchi o‘rin egallaydilar. Biroq hamjamiyatlar negizida emizikli onalarni qo‘llab-quvvatlovchi tizim yaratilishi ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla a’zolarini, ayniqsa onalarni jalb qilish borasidagi tajribamiz ular tug‘ruqxonalar sa’y-harakatlarini samarali to‘ldirishlari va yosh onalar tug‘ruqdan so‘ng o‘z uylarida ham chaqaloqlarini ko‘krak suti bilan emizib boqishni davom ettirishlarida ularni qo‘llab-quvvatlashlari mumkinligini ko‘rsatmoqda. Pirovard maqsad - chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan boqish odatiy holga aylanishiga erishishdan iborat», - deb ta’kidladi ko‘krak suti bilan boqish Milliy dasturi muvofiqlashtiruvchisi Kamola Salixova xonim.

Bu borada, ayniqsa, ko‘krak sutining o‘rniga ishlatiladigan ozuqalar marketingiga nisbatan emizib boqish amaliyotini himoya qiladigan qonun va dasturlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlash uchun ko‘krak suti bilan boqish amaliyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida emizikli onalar malakali, shaxslararo muloqot yuritish ko‘nikmalariga o‘rgatilgan tibbiy va ijtimoiy xodimlar yordamidan foydalanishlari mumkin bo‘lishi uchun O‘zbekistondagi UNICEF tashkiloti Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa milliy sheriklar bilan barcha darajalarda samarali hamkorlik yuritmoqda.

Yevropa Ittifoqi tomonidan hammoliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida, ko‘krak suti bilan emizib boqish va onalarga kerakli maslaqatlarni taqdim etishni ilgari surish maqsadida, UNICEF mamlakatning oltita muntaqalarida, shu jumladan Toshkent viloyatida, ikki mingdan ortiq tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga texnik yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, emizib boqish amaliyotini ilgari surish maqsadida ikki mintaqada uy xo‘jaliklari uchun innovatsion tadbirlar sinab ko‘rilmoqda, chunki chaqaloqlar umlarining ilk bosqichida ular uchun va bola salomatligi bilan bog‘liq boshqa amaliyotlar uchun ko‘krak suti bilan boqish eng maqbul ozuqa hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzillarga murojaat etishingizni so‘raymiz:

Bahodir Rahimov, ovqatlanish masalalari bo‘yicha UNICEF maslahatchisi
Tel: 99871-2339512

Doktor Kamola Salixova - Dasturning Milliy muvofiqlashtiruvchisi
Tel.: 99871-2294122

Marta o’qilgan: 200


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar