Istisnolar ơrnini odatiy hol bilan almashtirish: Ơzbekistondagi nogironligi bo’lgan yoshlarga qaratilgan inklu ziv tashabbuslar

Chop etish versiyasi
08 Yanvar 2014
1 1 Fotosuratlar

Nogironligi bơlgan bolalar va yoshlarning ơz tengqurlari qatorida mavjud huquqlar va imkoniyatlardan foydalana olishlarini ta'minlash uchun avvalo nogironlik tushunchasini idrok etishni isloh qilish talab etiladi. Har bir bolaning ơz qobiliyatlari mavjudligini hamda jamiyatda tolerantlik va turlilikka bơlgan ehtiyojni tơg’ri qabul qilish orqaligina imkoniyatlari chegaralangan bolalarning turli stereotiplar, ijtimoiy cheklashlar yoki zơravonlik va tahqirlashdan holi bơlishlarini ta'minlashi mumkin.

Bolalarni muassasalarga joylashtirish kơrsatkichlarining yuqoriligi, ommaning salbiy munosabati va shu kabi boshqa omillar nogironligi bơlgan bolalarning jismoniy zơravonlikdan jabrlanish ehtimoli boshqa bolalarga nisbatan 3,6 baravar yuqori bơlishiga sabab bơlmoqda. Ơzbekistondagi imkoniya tlari chegaralangan bolalar ham ơz uylarida saqlanib, jamiyatdan izolyasiya qilinishi va natijada ularning rivojlanishi va kelajakda muvaffaqqiyatli hayot kechirishi imkoniyatlarining chegaralanishi ehtimoldan holi emas.

Nogironligi bơlgan bolalarning ziyon kơrish htimollarini kamaytirish hamda ularning jami tga uyğunlashuvini qơllab-quvvatlash maqsadida NISEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi 20 no br – Butunjahon bolalar kuniga bağishlab Toshkent shahrida ơtkazgan davra suhbatini jami tdagi mavjud salbiy munosabatlar va talablarni ơzgartirish mavzusiga bağishladi.

“Biz nogironligi bơlgan bolalarning fikrlari hisobga olinishini, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini hamda ularning barcha huquqlari himoyalanishini ta'minlashimiz shart”, - dedi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich mazkur davra suhbatida. “Biz bundan buyon bolalarga faqat xayriya nuqtai nazaridangina yordam bera olmaymiz. Biz ularga bunday huquqqa ega bơlganliklari sababli yordam berishimiz va shu sababli ularning mavqeini oshirishimiz lozim”, - deb ta'kidladi janob Fuderich ơz nutqida.

Davra suhbatida nafaqat Parlament f’zolari hamda NNT va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, shu bilan birga, nogironligi bơlgan bolalar va yoshlar ham ishtirok etdilar. Bunday ishtirokchilardan biri Abdulla Abduxalilov bơlib, u jami tdagi stereotiplarni engib ơtib, katta muvaffaqqiyatlarga erishgan va endilikda boshqalarning jismoniy imkoni tlari chegaralangan yoshlarga bơlgan munosabatlarini ơzgartirish ustida ish olib bormoqda.

Ơz oilasi kơmagida Abdulla kơrish qobiliyatidagi jiddiy nogironlik va jamiyatda mavjud bơlgan chegaralovchi tushunchalarni engib ơtib, Ơzbekiston milliy univesritetida siyosat fani bơyicha ma'ruzachi bơlishga erishdi. Uning fikricha, jamiyat tomonidan xayrixohlik hamda inklyuziv ta'lim va xizmatlar imkoni tlari chegaralangan insonlarga muvaffaqqiyatga erishish imkonini beradi.

“Mening fikrimcha, inklyuzivlik bu – cheklovlardan holi bơlgan hayot”, - deydi Abdulla. “Mamlakatda barpo etilgan barcha yangi infratuzilma ob'ektlari imkoniyatlari chegaralangan insonlarning ulardan foydalana olishi uchun mavjud bơlgan talablarga javob berishligi aytib ơtildi. Men bunday infratuzilma ob'ektlarini baholovchi qơmitalarga nogironligi bơlgan insonlar ham kiritilishi zarurligini ta'kidlamoqchiman”, - deydi u sơzining davomida.

Tadbir davomida, moliyaviy jihatdan, barcha foydalana olishi mumkin bơlgan infratuzilma ob'ektlarini qurish mavjud binolarni bunday talablarga javob bera oladigan darajada moslashtirishdan kơra sezilarli darajada samaraliroq ekanligi ta'kidlandi. Ushbu fikr Xalq ta'limi va Soğliqni saqlash vazirliklaridan kelgan ishtirokchilarda katta qiziqish uyğotdi.

Omma munosabatining ơzgarishi va yanada yaxshi imkoniyatlar yaratilishidan naf topgan yana bir ishtirokchi Tilla Karimovdir. Jismoniy imkoni tlari chegaralangan boshqa yoshlar kabi Tilla ham ơz bolalagini maxsus muassasada, jami tdan ajratilgan holda ơtkazdi. Lekin u, “Cheksiz imkoni tlar” markaziga a'zo bơlish orqali butun hayotini maxsus muassasada ơtkazishga majbur bơlishdan qutildi. Bolalik davrida boy berilgan ijtimoiy kơnikmalarni tiklash kơp vaqt va tirishqoqlikni talab etdi. Ammo Tillaning ơz kelajagiga bơlgan umidi va ishonchi katta.

“Nogironligi bơlgan bolalar kơrinmas bơlib qolmasligi kerak”, - deb gap boshlagan Tilla sơzining davomida quyidagilarni bayon etdi: “Ular jamiyatning tơlaqonli a'zosiga aylanishi, ơz kasbiga ega bơlishi va ma'noli hayot kechirishlari mumkin”. Tilla va Abdullaning hikoyalari katta umid baxsh etsa-da, ularni hanuz mavjud holatdan istisno deyish mumkin. Nogironligi bơlgan insonlarning qobiliyatlari va ehtiyojlari borasida jamiyatda mavjud bơlgan tushunchalarni ơzgartirish, xususan bunday insonlarni muassasalarga joylashtirish amaliyotidan voz kechish boshqalar ham ular kabi ijobiy natijalarga erisha olishi uchun zarurdir.

“Biz bolalar muassasalarga joylashtirilishi kerak degan fikrni ơzgartirishga umid qilamiz”, - deydi Robert Fuderich. “Ular aslida jamiyat va oila muhitida hayot kechirishlari kerak, chunki bu ularning rivojlanishi uchun juda ham zarur”, - deb qơshimcha qildi u. Davra suhbati davomida UNICEFning hamkorlari, jumladan, Bolalar ijtimoiy adaptasi si respublika markazi, Parlament hamda vazirliklardan kelgan vakillar imkoniyatlari chegaralangan bolalarning jamiyatga uyğunlashuvini ta'minlash bơyicha yanada faol ish olib borishga ahd qilganliklarini bildirdilar.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 368


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar