UNICEF: odil sudlov tizimi xali hanuz millionlab bolalar uchun mavjud emas

Chop etish versiyasi
18 Mart 2014
Pres reliz

JENEVA, 2014 yil 13 mart – “Butun dunyo bo’ylab millionlab bolalarning huquqlari poymol qilinmoqda va ayni chog’da, ularnin faqat oz qismigina yordam so’rab murojaat qilish hamda o’z vaqtida kerakli, adolatli va samarali yordam olish imkoniyatiga ega” – deyiladi UNICEFning buguni murojaatida.

Bunday huquqbuzarliklar turlicha namoyon bo’ladi. Masalan, bolalarning sifatli tibbiy xizmat va ta’lim olish xuquqlari, shafqatsiz munosabatdan, zo’ravonlik va ekspluatatsiyadan himoyago ega bo’lish huquqlarini poymol etish kabilar bunga misol bo’la oladi. Ba’zan bolalarning huquqlari ularga eng yaqin bo’lgan insonlar tomonidan buziladi. Adolatli huquqni himoya qilish tizimiga etishish imkoniyati bo’lmagan bolalar jamiyatda o’z o’rinlarini egallay olmaydialr.

Bugun UNICEF turli mamlakatlar hukumatlariga murojaat etarkan, bolalar o’z huquqlari poymol qilinganida adolatga erishish yo’lida jiddiy to’siqlarga uchrayotganliklarini tan olishga chorladi. Ushbu muammoni kattalar bilan bog’liq bo’lgan holatlarda tutilgan yondoshuvni bolalar bilan bo’lgan holatlarda ham tadbiq etish orqali hal qilib bo’lmaydi. Bu o’rinda, eng avvalo, bolalar himoyasi bo’yicha maxsus choralar ishlab chiqish zarur.

“Adliya tizimidan foydalanish uchun xolis imkoniyatlar yaratilishi, bu – barcha bolalarga adliya tizimidan kerakli xizmat va himoya olish imkoniyatini berish demakdir”, - deydi UNICEFning Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari bo’yicha Mintaqaviy bo’linmasi Direktori Mari-Pyer Puarye xonim. “Ammo bolalar xali hanuz o’ta murakkab to’siqlarga duch kelmoqdalar. Ko’p mamlakatlarda ijtimoiy normalar mavjud bo’lib, ularga ko’ra bolaning o’z ota-onasi ruxsatisiz shikoyat taqdim etishi ham madaniy-an’anaviy hamda ijtimoiy nuqtai nazardan nomaqbul hisoblanadi. Hattoki bolalarning o’zlari ham mustaqil ravishda adolat izlashni hayollariga ham keltira olmaydilar”, - dedi so’zining davomida Puarye xonim.

Puarye xonim Inson huquqlari Kengashining 25-umumiy majlisi doirasida o’tkazilayotgan Bola huquqlari bo’yicha yillik yig’ilishda ishchi guruh vakili sifatida ma’ruza qildi. Ushbu yig’ilish Inson huquqlari bo’yicha Kengashning birinchi tadbiri bo’ldi. Mazkur tadbirning to’liq ish kuni bolalar uchun adliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bilan bo’gliq bo’lgan masalalar ko’riladi va bunday imkoniyatlarning bolalar o’z huquqlarini himoya qilishlarida qanday rol o’ynashi mumkinligi xususida baxs yuritiladi.

Adliya tizimiga murojaat etishda barcha bolalar ham qiyinchiliklarga duch keladilar, ammo bundan eng ko’p zarar ko’rayotganlar kam sonli millatlar guruhlariga mansub bo’lgan bolalar va qiz bolalardir.

Bolalarning adliya tizimiga murojaat etish imkoniyatiga ega bo’lishlari ularning hayotlari bilan bo’gliq bo’lgan ko’plab jabhalar uchun juda katta va muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda bolalrni o’z ota-otalaridan ayrish bo’yicha qabul qilingan qarorlarga e’tiroz bildirish, oilalarga o’z farzandlarini parvarish etishlarida yordam beruvchi ijtimoiy himoya nafaqalarini qayta tiklash, shuningdek, kam sonli millat vakillari yoki diniy oqimlarga mansub bo’lgan insonlarga qarshi diskriminatsiyon va tamg’alovchi qarorlarni bekor qilish kabi yo’nalishlarni eslab o’tish lozim.

Bolalar adliya tizimiga murojaat etish imkoniyatiga ega bolishi agar ular oldin bunday huquqlarda mahrum bo’lgan bolsalar, endi maktablarga qaytish va sog’liqni saqlash bo’yicha xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Ushbu munozaradagi muhim jihatlardan biri jamiyat davlatlarning adliya tizimlarida bolalarning manfaatlari xalqaro standardlarga javob beradigan tarzda hisobga olinishiga erishishga mas’ul ekanligi bilan bog’liq. Puar’e xonim o’z nutqida ijobiy misollarga ham to’xtalib o’tdilar. Masalan, sud zallari va politsiya uchastkalaridagi holat bolalar uchun ijobiy tomonga o’zgarib ularni unchalik qo’rqitmaydigan korinishga kelmoqda. Politsiya xodimlari, sud’yalar va davlat xizmatchilari maxsus mashg’ulotlarda qatnashib, bolalar bilan ancha yumshoq uslubda muloqot qilish ko’nikmalarini orttirmoqdalar. Shuningdek maxsus choralar ko’rilmoqdaki, ularning yordamida masalan bolalarni ularning huquqlarini buzishda taxmin qilinayotga insonlar bilan bevosita muloqotdan himoya qilinmoqda.

UNICEFning yangi, “ Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Markaziy Osiyodagi bolalar huquqlari – Barcha bolalarga adliya tizimidan foydalanish uchun xolis imkoniyatlar yaratish” nomli axborot byulletenidan mavjud adliya tizimlarining bolalar manfaatlarini xisobga olish tomonga yo’naltirishga hamda oilalar va bolalarnin imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tavsiyalar joy olgan olgan bo’lib, ushbu tavsiyalar quyidagilarga erishishga imkon yaratadi:

  • Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan moslashtirilgan protseduralarning afzalliklridan foydalanish;
  • Qonun doirasida ximoyaga erishish bo’yicha o’z huquqlarini yaxshiroq o’rganish uchun bola huquqlari bo’yicha maxsus markazlar va adliya “klinikalari” tomonidan taqdim etiluvchi huquqiy maslahatlar va ijtimoiy yordamlardan foydalanish;
  • Bolalar o’z arz-shikoyatlari bilan murojaat qilishlari mumkin bo’lgan manzillar, masalan, Ombudsman vakolatxonalari yoki boshqa idoralar va norasmiy forumlarning manzillarini bilib olish;
  • Xizmat ko’rsatuvchi mutasaddi mutaxasis (masalan, huquqshunos, shifokor yoki psixolog)ga yo’llanma olish; yoki
  • Zarur bo’lganda sud jarayonini boshlash uchun bevosita yuridik yordam olish.

Muharrirlar uchun izoh

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi bolalarga nisbatan adliya borasida bir qator muhim natijalarga erishdi. Bu borada, adliya tizimidagi asosiy mutaxassislar salohiyati oshirish bo’yicha ayniqsa katta natijalarga erishildi. Olib borilgan o’quv-mashg’ulotlar orqali mamlakatdagi jinoyat ishlari bo’yicha sudyalarning 65 foizi, fuqarolik ishlari bo’yicha sudyalarning 74 foizi qonun bilan ziddiyatga uchragan bolalarning huquqlari bo’yicha mavjud bo’lgan xalqaro normalar va standardlar borasidagi o’z bilimlarini yanada oshirishga erishdilar. Jinoyat huquqini isloh qilish bo’yicha xalqaro tashkilot (PRI) tomonidan o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra ushbu o’quv-mashg’ulotlar unda qatnashgan sudyalarning munosabatini masalaga yondoshuvi yaxshilanishiga sabab bo’ldi hamda ularning kundalik amaliyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Ehtimoliy zararga ta’sirchan bolalar va ularning oilalari bilan ijtimoiy ish olib boorish asosida birgalikda salohiyatni oshirish orqali bolalar himoyasi bilan bog’liq bo’lgan yo’nalishalrda ish olib boruvchi turli xil muassasalar o’rtasida hamkorlik o’rnatilishiga erishildi. Voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyalarining 28 a’zosi, mamlakatnin 6 xududidan kelgan vasiylik va homiylik bo’yicha inspektorlar va voyaga etmaganlar bilan ishlash xodimlari bolalarga nisbatan adliya tamoyillari va kontseptsiyalari bo’yicha saboq oldilar. Bolalarga nisbatan adliya tizimidagi idoralararo muvofiqlashuv mamlakatning 5 ta xududida olib borilgan davra suhbatlari orqali ornatildi. Ushbu davra suhbatlarida ichki ishlar organlarli, prokuratura, ta’lib boshqarmalari va bolalar parvarishi bo’yicha mutasaddi muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

UNICEF haqida

O’z faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o’z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va xududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo’lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo’lgan va ijtimoiy jihatdan yakkalab qo’yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati bo’yicha qo’shimcha ma’lumot bilan quyidagi internet sahifasida tanishish mumkin: www.unicef.org

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin:

Janob Jon Bad – UNICEFning MshE/MDH mamlakatlari bo’yicha Mintaqaviy bo’linmasi Omma bilan muloqot bo’yicha maslahatchisi. Telefon: (+41 22) 909 5429; qo’l telefoni: (+41 79) 431 1537,

Leli Juhari xonim - UNICEFning MshE/MDH mamlakatlari bo’yicha Mintaqaviy bo’linmasi Omma bilan muloqot bo’yicha mutaxassisi. Telefon: .:(+41 22) 909 5433; qo’l telefoni: (+41 79) 2044482.

Elektron pochta: mediaceecis@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 242


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar