UNICEFning O’zbekistondgi vakolatxonasi ochilganiga 20 yil to’lishi munosabati bilan vakolatxona rahbarining murojaati

Chop etish versiyasi
25 Aprel 2014
1 1 Fotosuratlar

2014 yilda Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning 25 yilligi nishonlanadi. Ushbu konvensiya Ơzbekiston Respublikasi tomonidan mustaqillikning ilk yillarida ratifikasi qilingan. 2014 yil Prezident tomonidan Sog’lom bola yili deb e'lon qilinganligi Ơzbekiston Hukumatining bola huquqlarini ta'minlash borasidagi zimmasiga olgan majburiyatlariga sodiq ekanligining namunasidir.

2014 yilda UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligiga tibbiyot sohasida kơmaklashishni davom ettiradi. Bu esa quyidagilarda namoyon bơladi:

Eng sơnggi xalqaro tavsiyalarga asoslangan standartlar va protokollarni ishlab chiqish.

Sog’liqni saqlash, oziqlanish va OIV/OITS sohalarida kadrlar salohiyatini oshirish. 2014 yilning oxirigacha 7,000 ortiq tibbiyot xodimlari ona va bola salomatligini yaxshilash borasida yanada sifatli xizmat kơrsatish bơyicha ơqitiladi.

Professional xodimlarga yordam berish uchun boshqaruv va qơllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi yaxshilanadi.

Barcha ơquv paketlari tibbiyot oliy ơquv yurtlarining ta'lim dasturlariga kiritilgan. Demak, bơlg’usi shifokorlar ona va bola salomatligi sohasidagi eng zamonaviy bilimlarga ega bơladilar.

UNICEF Ơzbekiston Hukumatini bolalarni emlash tizimida ham qơllab-quvvatlashni davom ettiradi. Xususan, yangi vaksinalar, jumladan rotavirus vaksinasi taqdim etiladi.

Ơzbekiston Hukumati tomonidan emlash dasturining davomiyligini ta'minlash bơyicha e'tiborga loyiq ishlar qilindi. Masalan, vaksinalarni sotib olishga ajratilgan mablag’ning 90 foizdan ortig’i davlat byudjeti tomonidan qoplanadi. Bu yuqori bahoga loyiqdir.

UNICEF OIV virusi bilan yashovchi bolalar va ularning oilalariga kơmaklashishni davom etiradi. Har yili bunday bolalarning 50 foizdan ortig’iga kunduzgi markazlarda ruhiy-ijtimoiy yordam kơrsatiladi. Kuni-kecha men ana shunday markazlardan birida bơldim. Xodimlarning bolalarga mehr ila g’amxơrlik kơrsatishi menda katta taassurot qoldirdi, bolalarning tabassumli yuzlarini kơrib juda quvondim.

Bola parvarishi, tơg’ri oziqlanishi, gigienasi va rivojlanishi borasida ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida UNICEF oilalar, jamoatchilik va yoshlar bilan ham ishlaydi.

Ota-onalarning bola parvarishi borasidagi bilim va kơnikmalarini yaxshilash maqsadida ularni ơqitish dasturi kengaytiriladi.

Biz nafaqat Sog’liqni saqlash vazirligi, balki Evropa Ittifoqi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, BMT Aholishunoslik jamg’armasi hamda boshqa milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz.

Ơzbekiston Hukumati eng yosh fuqarolarining salomatligini doimiy ravishda yaxshilash uchun qilayotgan sa'y-harakatlari tahsinga sazovordir. Biz ham Sog’lom bola dasturini amalga oshirayotganlar qatorida ekanligimizdan mamnunmiz.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 540


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar