Butunjahon emlash haftaligi: “ Emlanishga tayyormisiz?”

Chop etish versiyasi
28 Aprel 2014
1 1 Fotosuratlar

TOShKENT, 24 aprel 2014 yil - Butunjahon emlash haftaligi aprel oyining sơnggi haftasida (24-30) nishonlanadi. Uning maqsadi salomatlikni ta'minlovchi eng katta omil – barcha yoshdagi insonlarni, xususan bolalarni oldini olish mumkin bơlgan kasalliklarga qarshi emlashni targ’ib qilishdir. Ushbu g’oya rotavirus infeksiyasi va rotavirus vaksinasi masalalari bơyicha bugun Toshkentda bơlib ơtgan ilmiy konferensi da ham ilgari surildi. Shuningdek tibbiyot xodimlarini mazkur yilning iyul oyida yangi vaksinani taqdim etishga tayyorlash masalalari ham konferensiyada muhokama qilindi. Konferensiyaga 80ta ishtirokchi, jumladan JSST Evropa byurosining ikki nafar etakchi mutaxassisi taklif etilgan.

Butunjahon emlash haftaligi bolalar va ơsmirlarni emlash naqadar muhim ekanligini jamoatchilikka bildirishga xizmat qiladi. Mazkur haftalikni ơtkazishda barcha mamlakatlardagi hukumatlar, JSST, UNICEF va ularga hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ishtirok etadi. Mazkur yil haftaligining shiori “Siz emlanishga tayyormisiz?” – ota-onalar va ơsmirlarga qaratilga bơlib, ularni emlash masalalaridan xabardorligini oshirishga hamda ơzlari va oilalarini vaksinalar yordamida kasalliklardan himoya qilishga undaydi.

Emlash har yili 2-3 million hyotni asrab qoladi. Bolalarni ơlimga olib keladigan kasalliklardan asragan holda vaksinalar ularning sog’lom bơlishlariga yordam beradi. Shunisi muhimki, emlash imkon qadar hammani, xususan alohida sabablarga etib borish qiyin bơlgan va ajralib qolgan oilalar, onalar va bolalarni ham qamrab olishga imkon beradi. Emlash kelgusi avlodlar uchun biz qila oladigan eng samarali va moli yaviy jihatdan kam xarajatli investisiyalardan biridir.

Diareyaning olini oladigan rotavirus vaksinasi bu yil milliy miqyosda taqdim etiladi. 2013 yil dekabridan 2014 yil martigacha JSST va UNICEF birgalikda rotavirus vaksinasi bilan emlash tadbirlarida ishtirok etadigan tibbiyot xodimlari uchun ơquv seminarlarini ơtkazishdi. JSST xavsiz emlash modullari mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirildi va Ơzbekistondagi qơllaniadigan rasmiy ơquv materiali sifatida tasdiqlash uchun Sog’liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi. Kommunikasiya materiallari UNICEF va JSST tomonidan tayyorlandi va sog’liqni saqlash tizimi boshlang’ich bơg’inlariga vazirlik orqali tarqatildi.

Jahon miqyosida 2011 yilda gơdaklarning taxminan 83 foizi bơg’ma, qoqshol va kơkyơtalga qarshi vaksinalarning uch dozasi bilan emlandi (DPT 3). Bu uchta kasallik 5 yoshdan kichik bolalar hayoti uchun juda xavlidir. Dunyodagi gơdaklarning beshtasidan bittasi – bolalarning deyarli 20% - hayotni saqlab qoluvchi bơg’ma, qoqshol va kơkyơtalga qarshi vaksinalarning uch dozasidan mahrumdir. Emlanmagan ana shu “beshinchi bola,” ơlimga olib keluvchi kasalliklar oldida himoyasizdir.

2011 yilda beshta mintaqa 90% dan ortiq bolalarni DTP3 vaksinasi bilan emlashga muvaffaq bơldi: Markaziy va Sharqiy Evropa, Sharqiy Osiyo va Tinch okean mintaqasi, sanoati rivojlangan mamlakatlar, Lotin Amerikasi va Karib hududi hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika . 2011 yilda 123 mamlakatda 90% dan kơp gơdaklar qizamiqqa qarshi emlangan. 2000 and 2011 yillar orasida qizamiqdan halok bơlish hollari 71% gacha kamaydi .

1991 yildan beri Ơzbekiston vaksinalar yordamida oldini olsa bơdadagan kasalliklarga qarshi emlash sohasida katta yutuqlarga erishdi. Agar 1993-1994 yillarda malakatdagi bolalarning 45-60 foizi beshta oldini olsa bơladigan kasalliklar, ya'ni poliomiyelit, bơg’ma, kơkyơtal, qizamiq, qoqsholga qarshi emlangan bơlsa, 2012 yilda emlash qamrovi 95% dan ortiq bơldi (manba – Emlash bơyicha xulosa, JSST va UNICEF, 2013).

Ơzbekistonda yangi Rota vaksinasi taqdim etilar ekan, Sog’liqni saqlash vazirligi, JSST va UNICEF e'tibori emlash qamrovi hamma uchun teng bơlishiga, ya'ni har bir bola, ayniqsa imkoniyatlari cheklangan yoki uzoq joylarda yashovchi bolalar vaksinalar yordamida oldini olish mumkin bơlgan kasalliklarga qarshi tơliq emlanishlarini ta'minlashga qaratiladi.

Butunjahon emlash haftaligi barcha hukumatlarga etkazmoqchi bơlgan eng muhim xabarlardan biri – emlash iqtisodiy jihatdan ham manfaatlidir. Sơnggi tadqiqotlarga kơra, 2011-2020 yillarda dunyodagi 72ta eng kambag’al mamalakatlarda emlash qamrovini oshirish 6.4 million hayotni saqlab qolishga hamda davolashga sarflanadigan 6.4 million AQSh dolarini tejashga imkon beradi .

Qơshimcha ma'lumot uchun: www.privivka.uzwww.who.int va www.unicef.org veb saytlarini kơring.

Shuningdek quyidagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin:

Sog’liqni saqlash vazirligi: Dilorom Tursunova, telefon: 239-47-21

JSST: Shaxin Xuseynov, telefon: 281-51-72

UNICEF: Kamola Safaeva, telefon: 233-95-12

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 289


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar