JSST/UNICEF ichimlik suvi va sanitariyadan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi zarurligini ta’kidlaydilar

Chop etish versiyasi
08 May 2014
Pres reliz

8 may 2014 y. | JENEVA - 1990 yildan boshlab dunyoda deyarli 2 milliard kishi yaxshiroq sanitar-gigiyenik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ayni vaqtda, 2,3milliard inson yuqoriroq sifatga ega bo’lgan manba’lardan ichimlik suvi iste’mol qila boshladi. JSST/UNICEFning yangi, «Ichimlik suvi va sanitar-gigiyena vositalari yo’nalishida erishilgan oldinga siljishlar: 2014 yil bo’yicha yangilangan ma’lumotlar» nomli ma’ruzasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, ushbu insonlardan qariyb 1,6milliard kishi suv quvurlari orqali o’z uylari yo’ki poselkalariga suv ta’minotini ulashga erishdilar. Ushbu ma’ruzada shuningdek yanada tozaroq suv va yanada yaxshiroq sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatlari bo’yicha qishloq va shaharlar o’rtasidagi tafovut qisqarganligi ta’kidlanadi.

Dunyo aholisining yarmidan ziyodi shaharlarda yashaydi. Shu o’rinda, shuni yodda tutish lozimki, shahar joylar xali ham qishloq joylarga nisbatan yaxshiroq yuqoriroq ichimlik suvi ta’minoti va nisbatan takomillashgan sanitar-gigienik vositalarga ega. Ammo ushbu tafovut tobora qisqarib bormoqda. 1990 yilda shaharlarda yashovchi aholining 76 foizi takomillashtirilgan sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniga ega bo’lgan bo’lsalar, qishloq aholisi bo’yicha bu ko’rsatkich 28 foizni tashkil qilgan edi. 2012 yilga kelib shaharlardagiaholining 80 foizi va qishloqlar aholisining 47 foizi takomillashtirilgan sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar.

1990 yilda shaharlarda yashovchi aholining 95 foizi yuqori sifatli ichimlik suvini iste’mol qilish imkoniga ega bo’lgan bo’lsalar, qishloq aholisi bo’yicha bu ko’rsatkich 62 foizni tashkil qilgan edi. 2012 yilga kelib shaharlardagi aholining 96 foizi va qishloqlar aholisining 82 foizi sifat darajasi yaxshilangan ichimlik suvi manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar.

Ushbu ilgari siljishlarga qaramasdan, sifatli ichimlik suvi manbalari va sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatiga erishih borasida er kurramizda xali hanuz sezilrli darajadagi geografik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy tengzisliklar saqlanib qolmoqda.

«Nisbatan yuqori sifatdagi sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmagan insonlarning aksariyati – aholining o’ta qasshoq, qishloq joylarda yashaydigan qismidan iborat. Qishloq joylarda sanitar-gigienik sharoitlar bo’yicha rivojlanish ro’y bersa ham bu birinchi navbatda nisbatan boyroq insonlar yashaydigan o’rinlarda ro’y beradi va bu tengsizlikni yanada kuchaytiradi», - deydi JSSTning omma sog’ligini saqlash, atrof-muhit va salomatlikning ijtimoiy determinantlari masalalari bo’yicha direktori, doktor Mariya Neyra (MariaNeira).

«Hozirga qadar juda ham ko’p insonlar ichimlik suvining bazoviy manbalari va sanitar-gigienik vositalardan foy dalanish imkoniga ega emaslar. Ayni shu damda oldimizda turgan muammo aholining eng qashshoq qatlamlari ushbu imkoniyatlarga ega bo’lishlarini tezlashtirish bo’yicha aniq choralar ko’rish bilan bog’liq. Bu yo’nalishdagi asosiy ilk qadamlardan biri bunday qatlamga mansub insonlarni imkon qadar to’g’ri aniqlash, ular yuqori sifatli ichimlik suvi va sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatiga qachon va qay yo’sinda erishishlarini belgilashdan iborat bo’lib, bu bizga asosiy e’tiborimizni hozirga qadar ushbu bazoviy sharoitlarga ega bo’lmagan insonlarga qaratish imkonini beradi», - deb qo’shimcha qildi Neyra xonim.

Shahar va qishloq dahalari o’rtasidagi tafovutlarga aksariyat xollarda maishiy qulayliklardan foydalanish imkoniyatlari bo’yicha farqlarni ham qo’shimcha qilish mumkin. Norasmiy yoki noqonuniy manzilgohlarda, shaharlar chetlari yoki kichik aholi punktlarida yashovchi kam daromadli insonlarning sifatli suv ta’minoti tarmoqlari yoki sanitar-gigienik vositalardan foydanalish imkoniyatlari boshqalarnikiga nisbatan juda kam.

«Sifatli suv ta’minoti tarmoqlari va sanitar-gigienik vositalardan foydanalish imkoniyatlarining teng bo’lishini ta’minlay olmas ekanmiz, biz eng kambag’al va eng qashshoq bolalar va ulrning oilalariga yordam bermayotgan bo’lamiz», - deydi YUNISEFning Ichimlik suvi, sanitariya va gigiena bo’limi boshlig’i Sanjay Vijesekera (SanjayWijesekera). «Agar farzandlarimizi yanada sog’lom va yanada savodli bo’lishlarini istasak, biz sifatli suv manbalari va sanitar-gigienik vositalardan foydalanish uchun imkoniyatlarning yanada xolis va tenglikka asoslangan bo’lishini ta’minlamog’imiz lozim».

Yomon sanitar-texnik vositalar va ifloslanga suvlar vabo, diareya, ichburug’, A gepatiti va terlama kabi kasalliklarning yuqishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, tibbiy-sanitariya muassasalarida ichimlik suvi yoki sanitar-gigienik vositalarning yo’qligi yoki ulardan foydalanish imkoniyatlari chegaralanganligi usiz ham zaif bo’lgan bemorlarni qo’shimcha infektsiyalar va kasalliklar yuqtirib olish xavfiga yo’liqtiradi.

Ma’ruzada 1990-2012 yillar bo’yicha baholashlar keltirilgan bo’lib, u mazkur davr mobaynida o’tkazilgan na’munaviy so’rov-tadqiqotlar va xonadonlarni ro’yxatga olishdan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Ma’ruzada aniqlanishicha, 2012 yilga kelib dunyoning 116 mamlakati ichimlik suvi bo’yicha Taraqqiyot bo’yicha mingyillik maqsadlari (TMM)da belgilangan maqsadli ko’rsatkichlarga erishgan bo’lsa, 77 tasi sanitar-gigienik vositalar bo’yicha korsatkichlarga erishgan va 56 ta mamlakat ushbu har ikkala ko’rsatkich bo’yicha belgilangan maqsadlarga erishishni uddalagan. TMMda keltirilgan 7 C raqamli maqsadda 2015 yilga qadar xavfsiz ichimlik suvi va asosiy sanitar-gigienik vositalardan barqaror foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmaganlarning yarmini shunday imkoniyatlar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Asosiy xulosalar

2012 yil bo’yicha keltirilgan so’nggi ma’lumotlar asosida ma’ruzada quyidagi xulosalarga urg’u berilgan:

1. 2012 yilning oxiriga kelib dunyo aholisining 89 foizi ichimlik suvining yaxshilangan manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar. Bu ushbu ko’rsatkichning o’tgan 22 yil ichida 13 foizga oshganligi yoki bunday insonlar sonining 2,3 milliard kishiga ko’payganligidan dalolat beradi.

2. 2012 yilning oxiriga kelib dunyo aholisining 64 foizi yaxshilangan sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar. Bu ushbu ko’rsatkichning 1990 yildan buyon 15 foizga oshganligini ko’rsatadi. Dunyoda taxminan 2,5 milliard kishi xali ham yaxshilanmagan sinitar-gigienik vositalardan foydalanadilar. Ularning uchdan biri Osiyo qit’asida yashasa, to’rtdan biri Afrika Saxarasi janubidagi mamlakatlarda hayot kechiradi. Hozirgi kunda dunyoning 46 ta mamlakatida aholining eng kamida yarmi yaxshilangan sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

3. Dunyoning barcha hududlarida insonlar ochiq joylarda hojatlarini rostlashi ko’rsatkichi kamayib borayotgan bo’lsada, ushbu amaliyot xali hanuz bir milliard aholi tomonidan qo’llanib kelinmoqda va ularning 82 foizi dunyoning 10 ta davlatida istiqomat qiladi. Qishloq joylarda har 10 kishidan 9 tasi o’z hojatini ochiq joylarda rostlaydi.

4. Nisbatan boyroq insolarning sanitar-gigienik vositalardan foydalanish imkoniyatlari odatda qashshoq insonlarning imkoniyatlariga nisbatan kengroq bo’ladi. Ba’zi mamlakatlarda ushbu tafovut qisqarib bormoqda. Ayni vaqtda ushbu tafovut aholining, shu jumladan kambag’al va kamchil insonlarning ish bilan ta’minlanganligi ko’rsatkichi past bo’lgan mamlakatlarning qishloq joylarida yanada kengayib bormoqda.

5. Dunyoda 748 million kishi xali ham ichimlik suvining takomillashtirilmagan manbalaridan foydalanib kelmoqda. Ularning 90 foizi Afrika Saharasining janubidagi mamlakatlarda va Osiya mamlakatlarida (43 foizi Afrika Saharasining janubidagi mamlakatlarda va 47 foizi Osiyoda)yashaydi va ular orasida qishloqlarda yashaydigan aholi 82 foizni tashkil etadi.

###

Muharrir uchun izohlar:

Yaxshilangan sanitariya sharoitlari deganda inson tanasiga inson axlatlarining tegishiga gigienik jihatdan yo’l qo’ymaydigan sharoitlar tushuniladi.

Ichimlik suvining yaxshilangan (takomillashtirilgan) manbalari degandao’z tuzilishi orqali suv manba’ini tashqi ifloslanishlar, xususan inson va boshqa jonlilar axlatlaridan etarlicha himoya qila oladigan manba’lar tushuniladi.

Hisobotning to’liq matni bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:

http://www.who.int/water_sanitation_health/publications/2014/jmp-report/en

MBQD xususida

JSST/UNICEFning suv ta’minoti va sanitariya yo’anlishida Monitoring bo’yicha qo’shma dasturi (MBQD) BMT ning rasmiy mexanizmi hisoblanadi. Uning vazifasi ichimlik suvi va sanitariyadan foydalanish imkoniyatlari masalalari bo’yicha erishilayotgan oldinga siljishlarni mamlakat, hudud va dunyo miqyoslaridagi monitoringini olib borishdan iborat bo’lib, bunda asosan mazkur yo’nalish bo’yicha Taraqqiyotning mingyillik maqsadlari (TMM) mezon qilib olinadi. Global miqyosda qollab-quvvatlangan, uy xo’jaliklari ortasidagi so’rov-tadqiqot tufayli MBQD ma’lumotlari suv va sanitariyaning takomillashgan xizmatlari bilan hayot darajasi o’rtasidagi o’zaro aloqani ko’rsatishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar bu boradagi faoliyatni belgilash va resurslarni taqsimlashdagi jiddiy instrumentlardan biri hisoblanadi, ayniqsa xalqaro miqyosda.

UNICEF xususida

UNICEF har bir bolaning huquqlari va farovonligini targ’ib qiladi. Biz o’z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 ta mamlakati va hududlarida ish olib borar ekanmiz, barcha bolalarning manfaatlarini ta’minlash uchun olingan majburiyatlarni harakatga aylantirishga harakat qilamiz va bunda eng zaif va chetda qoldirilganlarga alohida e’tibor qaratamiz. Bizni Twitter va Facebook da kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin:

Mr Tarik Jasarevic, Communications Officer, WHO, Telephone: +41 22 791 5099, Mobile: +41 79 367 6214, E-mail: jasarevict@who.int

Ms. Nada Osseiran
Department of Public Health, Environment and Social Determinants of Health, WHO, Tel: +41 22 791 4475, Mobile: +41 79 445 1624, E-mail: osseirann@who.int

Ms. Rita Ann Wallace
Press Officer, UNICEF New York, Tel + 1 212 326 7586 / Mobile + 917 213 4034, E-mail: rwallace@unicef.org

Marta o’qilgan: 97


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar