“Kuch birlikda” nomli birinchi ta'limiy kơngilochar serialning Ơzbekiston televideniesida namoyish etilishi

Chop etish versiyasi
27 Iyun 2014
Press-reliz

Toshkent, 2014 yil 27 iyunBMT Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning Ơzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tayyorlangan “Kuch birlikda” nomli ilk ta'limiy-kơngilochar serial Ơzbekiston televideniesi orqali namoyish etilmoqdadi. 15 qismdan iborat serial “Yoshlar” telekanalida 16 i yundan 4 iyulga qadar har kuni soat 10:50 da efirga uzatiladi.

Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda yaratilgan serialda bola huquqlari tơg’risida ma'lumot beriladi, bolalar ơzlariga tegishli muammolarni hal etishlarida qanday faoliyat kơrsata olishlari tơg’risida hikoya qilinadi.

Serialning har bir qismini yaratishda Ơzbekistonning barcha hududlaridagi bolalar bilan ularning istak va takliflarini ơrganish maqsadida suhbatlar ơtkazildi, tanlangan mavzularni chuqur ơrganib chiqish uchun mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar olib borildi.

Serial qahramonlari turli millat, turli yosh va turlicha ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishga mansub bơlgan ettita bola bơlib, ular ơzlari, oilalari va hamjamiyatlari hayotini yaxshilash maqsadida “Texno klub” tashkil etadilar. Serial qismlari bola salomatligi, sog’lom turmush tarzi, nogironligi bơlgan bolalar huquqlari, ơsmirlar ơz fikr-mulohazalarini erkin bildirishlari, har bir bola oilada ơsish va tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi haqida hikoya qiladi. Serialda inklyuziv yondoshuv, tolerantlik va teng huquqlilik g’oyalari ơz aksini topgan.

Yangi serial ta'limiy-kơngilochar uslubdan foydalangan holda yaratilgan. Bundan maqsad odatda e'tibordan chetda qoluvchi masalalarni muhokama qilish va kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etishning oddiy usullarini taklif etishdir.

“Ơzbekistonda ilk bor ta'lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy sohaga taalluqli masalalar hamda bola huquqlari va ehtiyojlari bilan bog’liq bơlgan boshqa bir qator masalalar ơziga xos uslub – bolalar uchun bolalarnnig ơzlari tomonidan yaratilgan televizion serial orqali kơtarib chiqilmoqda”, - deydi UNICEFning Ơzbekistondagi vakalatxonasi rahbari Robert Fuderich.

Serial ijodkorlarining rejalariga kơra “Kuch birlikda” nafaqat televidenie orqali namoyish etiladi, shu bilan birga u DVD disklarda mahalla qơmitalari, ta'lim muassasalari hamda boshqa jamoat tashkilotlariga keng auditoriya kơra olishi uchun tarqatiladi. “Kuch birlikda” seriali uchun qơshimcha media mahsulotlar ham tayyorlangan bơlib, ular jumlasiga www.kuch.uz onlayn axborot portali ham kiradi. Mazkur portal orqali tamoshabinlar serialda kơtarilgan mavzular bơyicha ơz bilimlarini tekshirish, fikr va takliflarini ơrtoqlashish hamda serial ijodkorlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bơladilar. Shuningdek, “Kuch birlikda” seriali veb sahifada ham namoyish etiladi.

Toshkentlik Tamila Saidazimova serialda “Texno klub” a'zolaridan birining rolini ơynaydi. Serialni sur'atga olish jarayonida Tamila ơz hayotiy tajribasi bilan serial ssenariysi ơrtasidagi ơxshashliklarni kuzatdi. “Bular kundalik hayotda uchrovchi voqealar”, - deydi Tamila. “Men har bir inson hayotda ơzini qanday tutishni biladi deb ơylar edim. Lekin ushbu serialda ishtirok etganimdan sơng men insonlar ba'zan ơzlarini g’alati yoki notơg’ri tutishlarining guvohi bơldim va ajablandim. Serialning har bir qismida muammolarni echish yơllari taklif etiladi yoki insonlarga tơg’ri qaror qilishga yordam beruvchi maslahatlar beriladi”, - deb ta'kidaydi u.

Qơshimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi www.unicef.uz

Maksim Fazlitdinov, Rivojlanish maqsadida kommunikasi lar bơyicha maslahatchi

Elektron adres: mfazlitdinov@unicef.org

Телефон: 99871 233 95 12

99871 23397 35

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 544


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar