2015 yil oxiriga qadar Mingyillik uchun taraqqiyot maqsadlarining aksariyatiga erishish yo’lidagi faoliyat jadallashmoqda: BMT hisoboti

Chop etish versiyasi
09 Iyul 2014
1 1 Fotosuratlar

MTM LARINING KO’PLARIGA ERISHILGAN HAMDA MOLIYAVIY YORDAM HAJMLARI MISLI KO’RILMAGAN DARAJAGA ETGAN AYNI DAMDA MAQSADLARNING QOLGAN QISMLARIGA ERISHISH VA MAVJUD ECHIMLARNI TADBIQ ETISH UCHUN SO’NGGI HAMLANI AMALGA OSHIRMOQ LOZIM

Nyu-York shahri, 2014 yil, 7 iyul – bugun Bilrashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibi Pan Gi Mun tomonidan chop etilgan yangi hisobotda ta’kidlanishicha, milliyonlab insonlarning yashash sharoitlari global, hududiy, milliy va mahalliy darajalarda Mingyillik uchun taraqqiyot maqsadlariga (MTM) erishish yo’lida hamjihatlikda olib borilgan say’-harakatlar natijasida yaxshilandi va ushbu faoliyat dunyo hamjamiyatining taraqqiyot borasidagi dolzarb vazifalarni belgilashi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

MTM ning bir qator vazifalari, masalan, qashshoqlik darajasini kamaytirish, yaxshilangan ichimlik suvi manba’lariga etishish imkoniyatlarini kengaytirish, harobalardagi yashash sharoitlarini yaxshilash hamda boshlang’ich maktablarda jinslar o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash kabilar allaqachon echilgan va “Mingyillik uchun taraqqiyot maqsadlari borasida 2014 yil bo’yicha hisobot” da ta’kidlanishicha, 2015 yil uchun tayinlangan muddatga qadar yanada ko’proq vazifalarni bajarish mumkin. Mavjud tendentsiyalar saqlanib qolinadigan bo’lsa, dunyo hamjamiyati bezgak va sil kasaliga qarshi kurashish hamda OIVni davolanish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha MTMda belgilangan ko’rsatkichlarni ortig’i bilan bajaradi. Ocharchilikka qarshi kurashish bo’yicha belgilangan ko’rsatkich esa hech bir qiyinchiliksiz erishilishi mumkinga o’xshab turibdi. Boshqa bir talay ko’rsatkichlar, masalan, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona bojlarining o’rtacha miqdorini kamaytirish, qarzdorlik yukini engillashtirish hamda ayollarning siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish kabilarda sezilarli ijobiy siljishlar qayd etilgan.

MTM borasidagi hisobotni tayyorlashda to’laligicha rasmiy statistik ma’lumotlar qo’llanilgan bo’lib, unda barcha Maqsadlar va ular bilan bo’gliq bo’lgan ko’rsatkichlar bo’yicha global va hududiy darajalardagi eng so’nggi ma’lumotlar keltirilgan. Milliy statistikaning qo’shimcha ma’lumotlari bilan esa veb-sahifada tanishish mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida shunga amin bo’lish mumkinki, milliy hukumatlar, xalqaro hamjamiyat, fuqarolik jamiyati va xususiy sector hamjihatligida MTM larga erishish yo’lida olib borilgan say’-harakatlar insonlarni o’ta qashshoqlikdan qutqarish va ularga yaxshiroq kelajakni yaratish imkoniyatini taqdim etishda yordam bermoqda.

“Mingyillik uchun taraqqiyot maqsadlari inson sha’ni, tengligi va adolati tamoyillarini himoya qilish va dunyoni o’ta qashshoqlikan qutqarish bo’yicha tantanali va’daga aylandilar”, - deb ta’kidlaydi janob Pan Gi Mun – “sakkizta Maqsad hamda o’lchash mumkin bo’lgan, muayyan muddatlarga bog’langan vazifalar majmuasidan tashkil topgan MTM bugungi kunda taraqqiyotimiz oldidagi eng dolzarb muammolarni echish bo’yicha harakat rejasi sifatida qabul qilindi”.

INSONLAR HAYOTINI BARCHA MAVJUD IMKONIYATLAR YORDAMIDA SAQLAB QOLISH

Hisobotda ta’kidlanishicha, MTMga erishish yo’lidagi say’-harakatlar sezilarli natijalarga olib kelishi davom etmoqda. O’tgan 20 yil ichida besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasidagi o’lim ko’rsatkichlari salkam ikki baravarga ozaygan. Bu esa, har kuni dunyoda 17 ming bolaning hayotini saqlab qolishga erishilayotanidan dalolat beradi. 1990 yildan 2013 yilgacha bo’lgan davr mobaynida butun dunyo bo’yicha onalar o’limi korsatkichi 45 foizga kamaygan. Antiretrovirus muolajasi qo’llanilishi tufayli 1995 yildan bo’shlab 6,6 million OIV infektsiyasiga ega bo’lgan insonlar hayotini saqlab qolishga erishildi. Ushbu muolajani qo’llash qamrovi kengaytirilsa yanada ko’proq insonlar hayotini saqlab qolish mumkun bo’lar edi. 2000 yildan 2012 yilga qadar bo’lgan davr mobaynida bezgak kasaliga qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlar qamrovining sezilarli darajada kengaytirilganligi tufayli ushbu kasallik natijasida o’lim holatlaridan tahminan 3,3 millionining oldini olishga erishildi. 1995 yildan bo’shlab sil kasalligiga qarshi kurash bo’yicha say’-harakatlar tahminan 22 million inson hayotini saqlab qolish imkoniyatini berdi.

MTM TARAQQIYOT BO’YICHA KEYINGI KUN TARTIBINING ASOSI SIFATIDA

MTM ga erishish bo’yicha ishlar 2015 yil oxirida yakunlanishi zarurligi tufayli Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi bo’lgan mamlakatlar tomonidan kelajak uchun kengroq hajmdagi maqsadlar to’plami qizg’in muhokama qilinmoqda. Ushbu maqsadlar to’plami dunyo etakchilari tomonidan 2015 yil sentyabrida qabul qilinishi kutilmoqda. Hisobotda ta’kidlanishicha, qolgan bir yil davomida MTMni bajarish yo’lidagi oldinga siljishlar kelajakdagi faoliyat uchun katta ahamiyatga ega.

“Bugungi kunda a’zo mamlakatlar 2015 yildan keyingi muddat uchun umumiy kun tartibining negizini tashkil etishi lozim bo’lgan barqaror taraqqiyot maqsadlarini belgilashga bag’ishlangan muhokamalarda faol ishtirok etmoqdalar”, - deydi janob Pan Gi Mun. “MTMga erishish yo’lidagi say’-harakatlarimiz 2015 yildan keyingi davrda taraqqiyotni ta’minlash yo’nalishidagi faoliyatimizning mustahkam asosini yaratishga qaratilgan ishlarimizning o’ta muhim qismi hisoblanadi”.

Ayni vaqtda, asosan mavjud echimlar yordamida oldi olinishi mumkin bo’lgan muammolarga mansub bo’lgan MTMda ko’zda tutilgan vazifalarning ba’zilari, masalan, bolalar va onalar o’limi ko’rsatkichlarini kamaytirish hamda sanitariya-texnika vositalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish kabilar, erishilgan sezilarli muvaffaqqiyatlarga qaramasdan, 2015 yilga kelib bartaraf etilishi ehtimoli yuqori emas. Hisobotdan barcha dohil taraflarni asosiy e’tiborni oldinga siljish juda sekin ro’y berayotgan yoki umuman kuzatilmayotgan yo’nalishlarga qaratish va say’-harakatlarni jadallashtirishga chorlov o’rin olgan.

OCHIQ JOYDA HOJAT ROSTLASH AMALIYOTIGA CHEK QO’YISH MTMGA YANADA YAXSHI ERISHISH GAROVI SIFATIDA

1990 yildan buyon o’tgan davr mobaynida 2,3 millyard insonlar yaxshilangan ichimlik suvi manba’laridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar. Ayni davr mobaynida dunyo aholisning chorak qismidan ziyodi yaxshilangan sanitariya-texnika vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ammo ayni vaqtda bir millyardga yaqin inson xali ham ochiq joyda hojatini rostlash amaliyatoni qo’llamoqdalar. Hozirgi kunda ochiq joyda hojatini rostlash amaliyotini qo’llayotgan insonlarning aksariyati (82 foizi) o’rta daromadli, aholisi zich joylashgan mamlakatlarda hayot kechirmoqda. Qonaqarsiz holatdagi sanitariya-texnika vositalari muammosini hal etish uchun nisbatan jadalroq say’-harakatlar va kattaroq sarmoyalar talab etiladi.

AYOLLAR VA BOLALARGA YORDAM BERISH UCHUN MAVJUD ECHIMLARDAN FOYDALANILGAN HOLDA FAOLIYATNI JADALLASHTIRISH

2013 yilda homila va tug’ruq bilan bog’liq bo’lgan muammolar sababidan dunyoda ja’mi qariyb 300 ming ayol hayotdan ko’z yumdi. Ammo, aksariyat holatlarda onalar o’limini oldini olish mumkin. Rivojlanyotgan mamlakatlardagi homilador ayollarning aksariyati tug’ruqqa qadar malakali tibbiyot xodimidan kamida bir martta maslahat oladi. Ammo ularning faqat yarmigina tavsiya qilingan to’rtta tug’ruqoldi tibbiyot ko’rigidan o’tadilar. Besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining asosiy sabablari diareya va pnevmoniya kabi omillardan iborat ekanligi aniqlangan. Ularning esa oldini olsih mumkin. Tahminlarga asosan 2012 yilda besh yoshgacha bo’lgan bolalarning 25 foizida bo’y o’sishida ortta qolish kuzatilgan: ularning bo’yi yoshiga to’g’ri kelmaydi. 1990 yilda ushbu ko’rsatkich sezilarli darajada yuqori bo’lganiga qaramasdan (40 foizdan yuqori), kichik yoshdagi 162 million bola xali ham oldi olinishi mumkin bo’lgan surunkali kam ovqatlanishdan azob chekmoqdalar.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda 90 foiz bola boshlang’ich maktabga qatnaydi. Maktabga bormayotgan 58 million kichik maktab yoshidagi bolalarning yarmi ziddiyatlar ta’siri ostidagi hududlarda yashaydi. Maktabga qatnamaslik ehtimoli ziddiyatlar ta’siri ostidagi hududlarda yashayotgan bolalar, qishloq joylardagi kambag’al oilalarga mansub qizlar hamda nogiron bolalar orasida ayniqsa yuqori. O’quvchilarning maktabni tashlashi koeffitsienti xali ham barchani boshlang’ich ta’lim bilan qamrashga to’sqinlik qilmoqda.

ENG KAMBAG’AL MAMLAKATLAR TOMONIDAN OLINAYOTGAN YORDAMNING QISQARGANI XOLIDA TARAQQIYOTGA ERISHISH MAQSADIGA MISLI KO’RILMAGAN MIQDORDAGI YORDAMNING YO’NALTIRILISHI

Ketma-ket ikki yil davomida taraqqiyotga erishish maqsadiga yo’naltirilgan yordamning qisqarganidan so’ng, uning hajmi keskin oshirildi va 2013 yilda misli ko’rilmagan 134,8 mlrd. AQSh dollari ko’rsatkichiga etdi. Ammo ayni chog’da, MTMga erishish bo’yicha ortda qolish ayniqsa yuqori bo’lgan dunyoning eng kambag’al mamlakatlariga yo’naltirilgan yordam mablag’lari qisqardi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlangan mamlakatlarga yo’naltirilayotgan eksportning sakson foizi bojsiz eksport qilingan, bojlar miqdorlari esa misli ko’rilmagan quyi darajada saqlab qolingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarning qarz yuki quyiligicha qolmoqda – eksport tushumlaridan 3 foizini tashkil etadi, ya’ni 2000 yildan buyon qariyb 75 foizga kamaygan.

YAXSHIROQ NATIJALARGA ERISHISH UCHUN YANADA ANIQ MA’LUMOTLAR

Hisobotda ta’kidlanishicha so’nggi yillarda erishilgan sezilarli muvaffaqqiyatlarga qaramasdan ko’plab mamlakatlarda xali ham taraqqiyot jarayonini kuzatib borish uchun lozim bo’lgan ishonarli statistik ma’lumotlar etishmaydi. Ammo, MTM bo’yicha statistik hisobotlar sifatining ortishi sezlarli natijaga erishish imkonini berdi. Shu alfozda, masalan, OIV/OITSga qarshi kurashish bo’yicha muntazam hisobotlar taqdim etuvchi a’zo mamlakatlarning soni 2004 yilda 102 tani tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib 186 taga etdi. Buning natijasida ushbu yo’nalish bo’yicha harakatlarni butun dunyo bo’ylab jadallashtirish imkoniga erishildi. OIVga qarshi kurashish dasturlarini moliyalashtirish hajmlari 2004 yildaginga nisbatan uch baravardan ko’proqqa oshdi va 2012 yilga kelib 9,5 mln. OIV infektsiyasiga ega bo’lgan insonlar antiretrovirus muolajasidan foydalanish imkoniyatiga erishdilar.

“Mingyillik uchun taraqqiyot maqsadlari bo’yicha hisobot” ushbu Maqsadlarga erishish bo’yicha butun dunyoda va alohida hududlarda erishilgan oldinga siljishlarning yillik baholanishi bolib, unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kiruvchi 28 dan ortiq muassasalar va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan yig’ilgan eng to’liq va eng so’nggi ma’lumotlar o’z aksini topgan. Hisobot Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar Departamenti tomonidan tayyorlanadi. Mazkur hisobotni tayyorlashda qo’llanilgan ma’lumotlarning to’liq majmuasi bilan quyidagi veb-sahifada tanishish mumkin: mdgs.un.org.

Qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi veb-sahifaga joylashtirilgan: www.un.org/milleniumgoals.

OAV UCHUN MA’LUMOTLAR

Nyu-York: BMT Ommaviy axborotlar Departamenti

Vinn Bolt, boelt@un.org, +1 212-963-8264

Muallif: UN

Marta o’qilgan: 50


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar