UNICEF Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini tabriklaydi

Chop etish versiyasi
14 Oktabr 2014
1 1 Fotosuratlar

UNICEF bola huquqlarining jasur himoyachilari bơlmish Malala Yusufzay va Kaylash Sat’yarrtini Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bơlishgani bilan tabriklaydi. Mazkur mukofot bolalr ơzgarishlarga olib keluvchi buyuk kuch ekanligini namoyish etadi.

“Bolalar taqdiriga ta'sir qiluvchi kơplab inqirozlar bơlgan joriy yildagi Nobel mukofoti qơmitasining qarori har bir bolaning ta'lim olishga, zơravonlik, ekspluatasiya va shafqatsiz munosabatdan ozod bơlgan hayotga ega bơlishga hamda ơz fikrini eshittirishga bơlgan huquqlarini tasdiqlaydi,”- dedi UNICEFning Ijrochi direktori Entoni Leyk. “Bu inson ovozining – kơpincha yosh ovozning – dunyoni ơzgartiruvchi kuch ekanlini yana bir bor eslatadi. Nobel mukofotining eng yosh sovrindori Malala Yusufzayni hamda bola huquqlari himoyachisi sifatida afsonaga aylangan Kaylash Satyartini tabriklar ekanmiz, bolalar hayotini yaxshilash uchun hamma erda ishlayotgan faol insonlarni qutlaymiz. Bolalar kelajagi jahon kelajagidir.”

Bola huquqlari uchun kurashuvchi bu ikki jasur inson ushbu mukofotga butun jahon Bola huquqlari tơğrisidagi konvensiyaning 25 yilligini nishonlayotgan yilda sazovor bơldi. Bu esa kơpchilik uchun noma'lum bơlgan, biroq har kuni ta'lim olish, ơz fikrini eshittirish va himoyalanish huquqlari uchun kurashayotgan millionlab bolalar uchun ilhom manbasi bơladi. Malala va Kaylashning jasurligi va qat'iyati butun dunyo bolalari uchun da'vat bơlib qoladi.

Marta o’qilgan: 378


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar