Sopol o‘yinchoqlar festivali bolaning o‘yinga va rivojlanishga bo‘lgan huquqqini ilgari suradi

Chop etish versiyasi
17 Oktabr 2014
Pres reliz

TOSHKENT, 17 oktyabr 2014 y. – UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasiRaximovlar keramika studiyasi bilan birgalikda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning (BHK) 25 yilligiga bag‘ishlangan Sopol o‘yinchoqlar festivalini o‘tkazadi. Festival 2014 yilning 17-19 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Ajuman doirasida Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari, jumladan ijtimoiy jihatdan alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalar uchun kulolchilik san’ati bo‘yicha seminar-mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Sopol o‘yinchoqlar festivali butun jahonda Konvensiyaning 25 yillik yubileyini nishonlash hamda O’zbekistondagi «BHK 25 yoshda» kampaniyasining bir qismi hisoblanadi. Ushbu kampaniya BHK mohoyatini keng ommaga etkazish va uning tamoyillarini ilgari surishga bag’ishlangan bo’lib, mazkur faoliyat butun mamlakat bo‘ylab olib boriladi. 20 noyabr – Jahon bolalar kunida Toshkent shahrida yakunlovch gala-tadbir o’tkaziladi.

“Bolalar o‘z huquqlari, xususan o‘yinga va rivojlanishga bo‘lgan huquqlaridan foydalana olishlari uchun ularning imkoniyatalarini kengaytirish UNICEFning butun dunyodagi, shu jumladan O‘zbekistondagi oliy vazifasining bir qismidir”, - deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakili muovini Berina Arslanagich-Ibishevich xonim. “BHK bo‘yicha bilimlarni oshirish, shuningdek “tengdosh-tengdoshga” va “kattalar-bolalarga” uslubidagi suhbatlar asosida bolalarning ulg‘ayishi, salomatligi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokamasida ularning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan faoliyatimiz orqali biz ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi xayrli ishga o‘z xissamizni qo‘shamiz” – deydi u.

Seminar-mashg‘ulot bolalarga o‘z huquqlari to‘g‘risida bilim berishga qaratilgan. Shu jumladan o‘yinga va rivojlanishga bo’lgan huquqlari mavzusiga alohida e’tibor beriladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy yondoshuvlardan biri, san’atga alohida e’tibor bergan holda, bola huquqlarini targ‘ib qilish hisoblanadi. Festival bolalarga qarashlari va fikrlarini ifoda etishda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni san’at orqali yanada musahkamlashga yordam beradi. Samrqand, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan kelgan ustalar kulolchilik san’ati bo‘yicha bolalarga amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Bu esa bolalarga o‘zbek kulolchilik san’atining turli xil maktablari yondoshuvlarini o‘rganish kabi nodir imkoniyatdan foydalanishga imkon beradi.

UNICEF to‘g‘risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ijtimoiy jihatdan alohida yordamga muhtoj bolalarga e’tibor qaratamiz.

UNICEFning O‘zbekistondagi faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot bilan quyidagi internet sahifamizda tanishishingiz mumkin: www.unicef.uz

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: (99871) 233 95 12, 233 97 35

Maksim Fazlitdinov

Rivojlanish maqsadid kommunikasiyalar bo’yicha maslahatchi

el. pochta: mfazlitdinov@unicef.org

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

el. pochta: negamberdieva@unicef.org

Marta o’qilgan: 228


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar