Bolalar huquqlariga shakl berish – Sopol o’yinchoqlar festivali

Chop etish versiyasi
23 Oktabr 2014
1 1 Fotosuratlar

17 oktyabr kuni Toshkent shahridagi bolaalr bog’chalari va maktabgacha ta’lim muassasalarining on’lab bolalari Raximovдфк kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurdilar. Ular milliy aktyorlarning badiiy chiqishlari va qo’g’irchoqlar teatrining tomoshasini maroq bilan kuzatdilar. Ammo haqiqiy xursandchilik va zavqqa to’la onlar kulolchilik darslari bilan boshlandi.

UNICEF va mahalliy usta Alisher Rahimov tomonidan tashlik etilgan Toshkentdagi birinchi Sopol o’yinchoqlar festivali Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan bo’lib, unda asosiy e’tibor bolaning o’yin va rivojlanishga bo’lgan huquqiga qaratildi. Festival mazkur yilning 17–19 oktyabr kunlari bo’lib o’tdi.

Eng qadimiy va shu bilan birga hali ham mashhur bo’lgan san’at turi bilan tanishtirishga bag’ishlangan qisqacha taqdimotdan so’ng, festivalning mahalliy maktablar o’quvchilari va bolalar bog’chalari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan yosh ishtirokchilari ijodiyot og’ushiga sho’ng’ib, turli hil jismlar — avtomobillar modellaridan tortib, to ko’za va piyolalargacha bo’lgan buyumlarni yasash, mozaikalar terish va sopol bo’lakchalarga rang berishga kirishib ketdilar.

«Ijod qilish juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki u kelajakda qanday kasbni tanlashlaridan qat’iy nazar bolalarga yordam beradi», — deb ta’kidlaydi janob Rahimov. «Ushbu festival davomida loy bilan ishlash bolalarga o’z intellektual salohiyatlarini yanada kengaytirish va ayni chog’da, ularni o’rab turgan san’at olamini his etish imkonini beradi».

Uch kun davom etgan tadbir mobaynida yosh ishtirokchilar Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan kelgan kulolchilik ustalarining ko’rsatmalarini tingladilar. Ustalar ularni kulolchilik loyi bilan ishlash san’atining asoslari bilan tanishtirdilar va so’ngra ularga o’z tasavvurlariga erk berish hamda ijod qilish jarayoniga kirishishga imkon berdilar. Ushbu tadbir natijasida, bolalarga badiy ijod qilish orqali o’z huquqlari to’g’risida to’laroq ma’lumot olish hamda o’z qarashlari va fikrlarini dadil ifoda etishga imkon yaratish rejalashtirilgan edi.

«Har qanday bola o’z qollari bilan nimadir yasashga qiziqadi va bolalar o’zlari yaratgan narsalardan juda ham g’ururlanadilar.« — deydi 468-son Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Gavhar Qodirova. «Bolalar nimadir yarata olishlarini bilishlari va o’z mahsulotlarini boshqalarga ko’rsatish imkoniga ega bo’lishlari ular uchun juda ham muhim».

Kulolchilik san’ati asoslari bilan tanishish bilan bir qatorda Festivalning yosh ishtirokchilariga «Bola huquqlari to’grisidagi Konventsiya"ning bolalar uchun tayyorlangan kitobchalaridan nusxalar tarqatildi. Mazkur kitobchada bolalarning nafaqat o’z fikrini ifoda etishga bo’lgan huquqi, ayni chog’da, ta’lim olish, shuningdek, sog’lom bo’lish taziyq va nojoiz munosabatdan himoyalangan hamda qollab-quvvatlovhchi oila muhitida ulg’ayishga bo’lgan huquqlari yoritilgan.

«Bolalar o‘z huquqlari, xususan o‘ynash va rivojlanishga bo‘lgan huquqidan foydalana olishlari uchun ularning imkoniyatalarini kengaytirish UNICEFning butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistondagi oliy vazifasining bir qismidir», — deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o’rnbosari Berina Arslanagich-Ibishevich xonim. «Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bo‘yicha bilimlarni oshirish, shuningdek „tengdosh-tengdoshga“ va „kattalar-bolalarga“ uslubidagi suhbatlar asosida bolalarning ulg‘ayishi, salomatligi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokamasida ularning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan faoliyatimiz orqali biz ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi xayrli ishga o‘z hissamizni qo‘shamiz» — deydi u.

Ushbu festivalning mantiqiy davomi sifatida 2014 yilning noyabr oyida bolalar huquqlariga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etiladi va unda bolalarning ushbu festival mobaynida yaratgan ijod namunalari namoyish etiladi

Mazkur festival davomida olingan ko’proq fotosur’atlarni ko’rish uchun UNICEFning Facebook tarmog’idagi sahifasiga tashrif buyuring va shuningdek, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya 25 yoshda — BHK@25 kampaniyasi to’g’risida qo’shimcha ma’limot olish uchun UNICEFning global internet-sahifasiga murojaat qiling.

Marta o’qilgan: 405


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar