Onalik va bolalikni himoya qilish sohasi mutaxassislarining rahbarlik malakalarini oshirish

Chop etish versiyasi
24 Oktabr 2014
1 1 Fotosuratlar

O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish — Faza II» loyihasi UNICEF va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan, Evropa Ittivoqining hamkorlikdagi moliyaviy ko’magi yordamida amalga oshirilmoqda. Loyiha standartlar ishlab chiqish, protokol sifatinini yaxshilash hamda tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirish orqali bolalar va ularning oilalariga ko’rsatiluvchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, boshqaruvhning takomillashtirilgan va samarali uslublari bo’yicha treninglar o’tkazish ham loyiha vazifalaridan biri hisoblanadi. Yaxshi rejalashtirilgan hamda to’g’ri boshqaruv ostida amalga oshirilgan loyihalar tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirishga erishish ehtimoli yuqori bo’lib, shu bilan birga, Mingyillik taraqqiyot maqsadlarining 4- va 5-maqsadlariga erishishda yanada oldinga siljishga yodam beradi.

Vazkur yilning 14–17 oktyabr kunlari Sog’liqni saqlash vazirligi vakillari hamda sog’liqni saqlash sohasining respublika va hududiy bo’linmalari rahbarlari JSSTning elektron o’qitish asosidagi «Ona va bola salomatligini yaxshilash bo’yicha dasturlarni boshqarish» o’quv kursiga bag’ishlangan seminarda ishtirok etdilar. Mazkur vositalar JSST tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston ular sinovdan o’tkazilgan birinchi mamlakat bo’ldi. Trening davomida JSSTning o’quv kurslari bilan tanishtirildi va ayni chog’da ularni O’zbekiston sharoitiga moslashtirgan holda qo’llash masalalari bo’yicha tavsiyalar bildirilar ekan, buning natijasida ona va bola salomatligini himoya qilish sohasining rahbar xodimlariga dasturlar boshqaruvi bo’yicha o’z malakalarini oshirish imkoniyati yaratildi.

«Sog’liqni saqlash sohasidagi rahbar xodimlar sifatida biz muayyan maqsadlarga erishish va ma’lum vazifalarni bajarish ustida ish olib boramiz. Buni muvaffaqqiyatli uddalashimiz uchun biz faoliyatni to’gri va samarali ravishda rejalashtira olishimiz kerak», — deydi Respublika ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Alima Matkarimova. «Biz dori-darmonlarga ajratilgan mablag’larni boshqarishimiz, davolash algoritmlari va diagrammalarini qo’llash va kelajkda tekshiruv tashriflarini boshqara olishimiz lozim. Mazkur seminar bizga shularni o’rgatadi».

Seminar nafaqat sog’liqni saqlash sohasi rahbar xodimlari, shu bilan birga, hozirgi rahbar xodimlarning o’qishni bitirgandan keyingi professional rivojlanishiga mas’ul bo’lgan professor-o’qituvchilar hamjamiyati uchun ham katta qiymatga ega bo’ldi. Ushbu professorlarning qo’shgan xissasi, ayniqsa o’quv modullarini moslashtirish masalasidagi fikr-mulohazalari katta ahamiyatga ega bo’ldi.

«Ushbu anjumanda qatnashishimdan maqsad mazkur vositani institutsializatsiya qilishdan iborat. Mazkur kursni kundalik o’quv dasturimizga kiritishdan tashqari, hozirda biz distantsiyon o’qitish kursiga ham ega ekanligimizni hisobga olgan holda, uni bizdagi har ikkila o’qitish uslublariga kiritish rejamiz bor», — deydi Toshkent Shifokorlar malakasini oshirish instituti, «Sog’liqni saqlashni tashkillashtirish va boshqarish» kafedrasi dotsenti Lobar Matkarimova.

«Mazkur instrumentlar butun dunyoda qo’llashga mo’ljallangan va shu sababli ular har qanday mamlakatning sharoitlariga moslashtirilishi mumkin. O’zbekistonga keladigan bo’lsak, unga kiritiladigan asosiy o’zgartirish o’quv kursini o’zbek tiliga tarjima qilishda iborat bo’ladi».

Global o’quv kurslari to’g’risida to’laroq ma’lumot olish uchun marhamat qilib JSST internet sahifasiga murojaat qiling. Shuningdek mazkur tadbirda olingan fotosur’atlarni tomosha qilish uchun OBHQXT loyihasi va YuNISEF O’zbekistonning Facebook tarmog’idagi sahifalariga nazar soling.

Marta o’qilgan: 124


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar