Poliomiyelitga qarshi kurash kampaniyasining natijasida ơn million bola nogironlik va ơlimdan saqlab qolindi – UNICEF

Chop etish versiyasi
24 Oktabr 2014
Press-reliz
2 2 Fotosuratlar

NYU -YORK, 23 oktabr — jahon miqyosidagi poliomielitga qarshi 26 yillik sa’y-harakat natijasida har kuni ơng mingga yaqin bola nogironlikdan saqlab qolindi. Global miqyosdagi kampaniya davomida avval qamrab olinmagan millionlab bolalar emlandi, dedi UNICEF Jahon poliomiyelitga qarshi kurash kuni arafasida.

Aks holda bugun 10 millionga qin inson shol bơlib qolishi mumkin edi. Poliomiyelitga qarshi emlash davomida vitamin A berilishi sababli 1,5 million kishi hayoti saqlab qolindi.

Poliomiyelit bilan kasallanish hollari sonining yillik kơrsatkichi 1988 yildagi 350,000 dan 2013 yildagi 416 ga tushdi. Joriy yilda bu kơrsatkich shu kungacha 243 ga teng bơlib, kamayiish foizi 99 ga teng bơldi. Poliomiyelit doim mavjud bơlgan Afg’oniston, Nigeriya va Pokistondan tashqari barcha mamlakatlarda ushbu virusga barham berildi. Sơnggi 26 yilda poliomiyelitning kuchayishi bir necha bor kuzatildi.

«1988 yilda poliomiyelit bolalar nogironligining birinchi sababi edi,«- dedi UNICEF ijrochi direktori Entoni Leyk. «Undan keyin esa mamlakatlarda bir avlod bolalar bu kasalliksiz voyaga etdi.»

«Sa’y-haraktlarning muvaffaqiyati — ba’zi eng havfli sharoitlarda yashovchi kam imkoni yatli jamoalarga etib borish — barcha bolalarga yetib borish mumkinligini isbotlaydi,« — deb qơshimcha qildi Leyk. «Bolalar manfaatlari yơlidagi bajarib bơlmas bơlib tuyuladigan maqsadlarga erishish mumkin. Shunday ekan, ularga erishish shart.»
Nigeriyada bu yil 6ta poliomielit hollari bơldi. Bu kơrsatkich 2013 yilda 49ga teng edi. Afg’onistonda poliomielit yuqishi juda past darajaga etkazildi, asasan bu hollar Pokiston bilan bog’liq. Pokistonda bu yil kasallanish hollari 187 ta bơlib, u dunyo miqyosida kasallik saqlanib qolgan mamlakatdir.
Poliomielit faqatgina uchta mamlakatda saqlanib qolgani bilan u hali hanuz hamma erda, ayniqsa rejali emlash ustuvor bơlmagan Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi va Ukraina singari mamlakatlarda bolalar uchun havfh tug’dirib qolmoqda. Poliomielit hollarining kơpayishi Pokiston va Nigeriyadan keyin Suriya, Iroq, Kamerun, Ekvotorial Gvineya va Somali da kuzatilishi mumkin.

UNICEF har yili 500 millionta bolaga etarli bơlgan 1.7 milliard doza vaksinani etkazib beradi. Shuningdek UNICEFning ijtimoiy mobilizasiya bơyicha ishlari oilalarni ơz bolalarini emlashga olib borishlariga rag’batlantiradi. Sơnggi ơn yildagi katta sa’y-harakatlar natijasida poliomiyelit hali ham endemik bơlgan mamlakatlarda aholi tomonidan emlash foydasini tushunish va uni ta’n olish darajasi ơsdi.

«Dunyo hech qachon bir avlod davomida poliomiyelitga barham berish imkoniyatiga ega bơgan emas,-" dedi Leyk. «Har bir bola poliomiyelitdan ozod dunyoda yashashga munosib.»

###

UNICEF to‘g‘risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ijtimoiy jihatdan alohida yordamga muhtoj bolalarga e’tibor qaratamiz.

UNISEF va uning faoliyati bơyicha qơshimcha ma'lumot bilan quyidagi internet sahifasida tanishishingiz mumkin www.unicef.org

Bizni Tvitter ва Feysbukdaда кузатиб боринг.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qilishingiz mumkin:

Najwa Mekki, UNICEF, Nyu-York, Tel: +1 212 326-7448, uyali tel.: + 1 917 209 1804, nmekki@unicef.org

Sarah Crowe, UNICEF, Nyu-York, Tel: +1 212 326-7206,uyali tel.: +1 646 209-1590, scrowe@unicef.org.

Marta o’qilgan: 410


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar