Bola huquqlarini targ‘ib etish yo‘lida hamkorlik

Chop etish versiyasi
06 Noyabr 2014
3 3 Fotosuratlar

Bolaning o‘yinlar, ta’lim va rivojlanishga bo‘lgan huquqlarining targ‘ib etilishi UNICEF, Britaniya Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi o‘rtasidagi hamkorlikning alohida ahamiyatga molik natijasi bo‘ldi. 2014 yilning oktyabr oyida mazkur hamkorlar birgalikda ikkita muhim tadbirni tashkil etdilar, bular – INFOLIB-2014 Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Ota-onamiz bilan birgalikda ingliz tilini o‘rganamiz» kampaniyasi.

Mazkur kampaniyaning 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilishida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich oktyabr oyining so‘nggi haftalaridagi ikki asosiy natijani alohida ta’kidlab o‘tdi. Birinchidan, ular ota-onalar bolaning rivojlanishga bo‘lgan huquqini yaxshiroq tushunishlariga yordam berdi va, xususan, o‘yinlar orqali rivojlanishga alohida e’tibor qaratildi. Yanada muhimroq narsa bu bolalar o‘z huquqlaridan xabardor bo‘lishlari va ulardan foydlanish imkoniga ega bo‘lishlaridir.

“Biz – UNICEF uchun mazkur kampaniya ota-onalar va tarbiyachilarni bolalar ta’limi va rivojlanishiga jalb etish, kattalar va bolalarning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan xabardorlik darajasini oshirish hamda ularning bola huqulari borasidagi bilimlarini orttirishga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega” – dedi janob Fuderich. Nutqi davomida janob Fuderich bolalarning huquqlari ta’milanishida ularning o‘zlari ishtirok etishlari ham muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

“Men barchamizni – ota-onalar va tarbiyachilarni, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotgan barcha mutaxassislarni va ayniqsa, siyosatchilarni bolalar ishtirokini qo‘lab-quvvatlashga chorlamoqchiman. Biz barcha bolalarni, jumladan nogironligi bo’lgan, OIV infeksiyasi bilan kasallangan, uzoq hududlarda yashaydigan hamda maxsus muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni tinglashimiz lozim”, - deb qo‘shimcha qildi u. “Bundan tashqari, biz bolalarni nafaqat tinglashimiz, ayni chog‘da ularning fikrlariga qalbimizdan joy berishimiz va bunga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim.”

Toshkent shahridagi 50-umumta’lim maktabining 37ta o‘quvchisi bilan olib borilgan interaktiv seminarda diqqat markazida aynan yoshlarni o‘z g‘oyalari va kelajak orzulari bilan o‘rtoqlashishlari muhokama qilindi. 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan mazkur seminar BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga bag‘ishlandi. O’quvchilardan bola huquqlari deganda ular nimani tushunishlari va bunday huquqlardan qanday foydalanish mumkinligi borasidagi o‘z fikrlarini o‘rtoqlashish so‘raldi.

Seminar ishtirokchilaridan biri bo‘lgan 11 yoshli Valeriya tadbirda o‘rganganlari to‘g‘risidagi fikrini quyidagicha ifoda etdi: «Har bir bolaning o‘z huquqlari bor – u ta’lim olish huquqiga ega, oilada yashash huquqiga ega va tanlash huquqiga ega. Masalan, men qanday kiyim kiyishni tanlash huquqiga egaman; yana men qaysi maktabda o‘qishimni tanlash huquqiga ham egaman».

Valeriyaning sinfdoshi Feruza ham muhim mavzu – bolalarning o‘zlariga taalluqli masalalarda qaror qabul qilish jarayonida o‘z fikrini bildirish huquqi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. “Men o‘z fikrimni bildirish huquqiga egaman”, - deydi u. “Ota-onam men nimani tanlashim kerakligini aytishganida, men boshqa narsani aytishim mumkin. Men tanlash huquqiga egaman.”

Hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirlar Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani targ‘ib etish yo‘lida UNICEF tomonidan doimiy ravishda olib boriluvchi ishlarning bir qismidir. 2014 yil tashkilot uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, buning o‘ziga xos ikkita sababi bor. Birinchidan, shu yil Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 25 yil to‘ladi. Ikkinchidan esa, 2014 yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilingan. UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda uning mahalliy va xalqaro hamkorlari huquqlardan foydalanishning ahamiyatini har bir ota-ona va har bir bolaga yetkazish yo‘lida o‘z kuchlarini birlashtiradilar.

INFOLIB-2014 va “Ota-onamiz bilan birgalikda ingliz tilini o‘rganamiz» kampaniyasi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumot olish uchun Milliy kutubxona va Britaniya Kengashi internet sahifalariga tashrif buyuring.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 94


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar