Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish yuzasidan majburiyat olmoqdalar

Chop etish versiyasi
12 Noyabr 2014
Pres reliz
1 1 Fotosuratlar

MINSK, 2014 yil 12 noyabr – Markaziy va Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi minglab bolalar uchun zo‘ravonlik har kunlik hayot haqiqatidir. Mintaqadagi bolalarning uchdan ikkisidan ko‘prog‘i o‘z hayotlarining qaysidir davrida zo‘ravonlikka uchraganlar. Bugun hukumatlar va fuqarolik jamiyati vakillari bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish masalasini milliy muloqot va siyosatning ustivor vazifalardan biri sifatida ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini tasdiqlash uchun yig‘ildilar.

«Bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish – Belarus hukumatining asosiy vaifalari va ustivor siyosiy masalalaridan biridir va u Belarus Prezidentining shaxsiy nazorati ostidadir”, - deydi Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Anatoliy Afanasevich Tozik.

Janob Tozik «Bolalarni nomaqbul va shafqatsiz munosabat, ekspluatatsiya va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida chora-tadbirlarni takomillashtirish” mavzusidagi ikki kunlik mintaqaviy konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqdi. Mazkur anjuman BMTning Bola huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyasining qabul qilinganiga 25 yilligini nishonlanishi arafasida tashkil etildi.

«So‘nggi yillarda Belarus uy sharoitidagi zo‘ravonlik, shu jumladan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish yo‘nalishidagi say’-harakatlarni jonlantirib yubordi. Huquqbuzarliklarni oldini olish borasida milliy qonunchilikka qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muhim qadam qo‘yildi. Natijada, endilikda uy sharoitidagi zo‘ravonliklarni nafaqat o‘z vaqtida aniqlash, ayni chog‘da zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan ularni boshpana bilan ta’minlash, ularga huquqiy, ruhiy va tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ta’minlandi”, - deb qo‘shimcha qildi janob Tozik.

Bolaga nisbatan zo‘ravonlik uy sharoitida, bolalar muassasalarida hamda huquqni saqlash organlarida, maktablarda va umuman jamiyatda yuzaga kelgan juda ham ko‘p hollarda mintaqada bunga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Bizning dasturlarimiz va harakat rejalarimizda hali hamon bir qancha muammolar mavjud. Haligacha oilalarga yordam berish, shuningdek, ijtimoiy soha va tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirishga yo‘naltirilayotgan saromyalar miqdori chegaralanganligicha qolmoqda.

«Bolaga nisbatan zo‘ravonlikning bitta holati ham haddan ziyod ko‘p hisoblanadi. Hukumatlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni umuman qabul qilmaslik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan axboriy-ma’rifiy kampaniyalar hamda salohiyatni oshirish ishlariga sarmoya ajratishlari zarur. Har birimiz – xoh siyosatchi, oddiy fuqaro yoki ota-ona bo‘lmaylik - zo‘ravonlikning mohiyati va uning oqibatlarini yaxshi anglashimiz zarur. Barchamiz ushbu muammoni yechish ustida ishlashimiz zarur. Kelinglar buni sukut saqlashni bas qilish va mazkur muammoni tilga olishdan boshlaylik”, - deydi, BMT Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Mari-Pyer Puarye xonim.

Konferensiya UNICEF tomonidan Belarus Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi hukumatlar olib borayotgan ishlarning samarasini muhokama qilish, tadbiq etilayotgna strategiyalardagi kamchiliklarni aniqlash va yaqin kelajak uchun vazifalarni belgilash, yig‘ilgan tajriba hamda mazkur soha bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil tarmoqlar, jumladan ta’lim sohasidan to sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan muassasalarning bir-birini to‘ldiruvchi faoliyatining ahamiyatini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Konferensiya davomida shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olishda fuqarolik jamiyatining tutgan muhim o‘rni muhokama qilinadi.

Anjumanning ochilish marosimida Belarus Respublikasidagi Yaxshi niyat elchisi Vladimir Pugach ishtirok etdi. O‘z nutqida u jamiyatni bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga chorladi.

Mazkur konferensiya Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global kampaniyaning maqsadlariga erishish borasida UNICEFning mintaqaviy kun tartibidagi vazifalardan biri o‘laroq tashkil etildi.

UNICEF to‘g‘risida


UNICEF 150dan ortiq mamlakat va hududlarda bolalarning omon qolishi va o’sishiga yordam bergan holda faoliyat olib boradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga eng ko’p vaksinalar etkazib beruvchi tashkilot bo’lib, UNICEF bolalar sogligi va oziqlanishi, toza suv va yaxshi sanitariya sharoitlari, sifatli boshlang’ich ta’lim, shuningdek bolalarni zo’ravonlik, ekspuatasiya va OITSdan himoya qilish sohalarida ko’mak beradi. UNICEF faoliyati alohida shaxslar, kompaniyalar, jamg’armalar va hukumatlarning faqat ko’ngilli ravishda berilgan mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Kristen Elsby, UNICEFning MShE/MDH mamlakatlari mintaqaviy vakolatxonasi, Kommunikasiyalar bo’limi rahbari

Teil.: +41 799 38 82 73, e-mail: mediaceecis@unicef.org

Lely Djuhari, UNICEFning MShE/MDH mamlakatlari mintaqaviy vakolatxonasi, Kommunikasiyalar bo’yicha mutaxassis

Tel.: +41 792 0444 82, e-mail: mediaceecis@unicef.org

Yuliya Novichenok, axborot va kommunikasiya bo’yicha coordinator

UNICEFning Belarusdagi vakolatxonasi,

Tel.: + 375 17 22 77 8 22. e-mail: jnovichenok@unicef.org, julia.novichenok@gmail.com

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 218


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar