Pediatrlar O‘zbekistonda ona va bola salomatligini mustahkamlashning eng ilg‘or usullarini muhokama qildmoqdalar

Chop etish versiyasi
12 Noyabr 2014
1 1 Fotosuratlar

TOShKENT, 2014 yil 12 noyabr – UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST birgalikda O’zbekiston Respublikasi pediatrlarning VII chaqirig’i doirasida “Chaqaloqlar va bolalarning omon qolishlarini ta’minlash jarayonini milliy chora-tadbirlar va xalqaro hamkorlik asosida jadallashtirish” mavzusidagi konferensiya o‘tkazdilar. Konferensiya ishida 60ga yaqin yetakchi mahalliy mutaxassislar, shifokorlar, olimlar hamda xalqaro mutaxassislar ishtirok etdilar.

O‘zbekistonlik mutaxassislar ona va bola salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ham umummamlakat miqyosi, ham birlamchi bosqichga oid bo‘lgan eng ilg‘or uslublar bilan o‘rtoqlashdilar. Tibbiy xizmatlar sifati barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘maklashuvchi boshqaruv bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. “Aholi sog‘ligini saqlash sohasidagi asosiy yo‘nalish bolalar o‘limi ko‘rsatkichini kamaytirishga qaratilgan xizmatlarni takomillashtirishdir”, - deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh pediatri, Respublika pediatriya ilmiy markazi direktori, professor Dilorom Ahmedova. “JSST va UNICEF bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgan holda, biz bir qator samarali yondashuvlarni tadbiq etmoqdamiz. Bunga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi, istisnosiz tarzda ona suti bilan boqish va muvozanatlashtirilgan ovqatlanish, o‘sishni nazorat qilish, mikroelementlar saplementatsiyasi va bolalar kasalliklarini integrallashgan holda olib borish kabilar misol bo‘la oladi.”

Konferensiya davomida Sog‘liqni saqlash vaziriligi, Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan amalga oshiralayotgan «O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashnirish.

II Bosqich» loyihasini oraliq baholash natijalari ham ko‘rib chiqildi. “Loyiha mamlakatda onalar va bolalarga ko‘rstilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga va pirovard natijada onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini kamaytirishga qaratilgan,”- deb ta’kidlaydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. “Birgalikdagi sa’y-harakalarimiz O‘zbekiston o‘zining sog‘liqni saqlash tizimida olib borayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga, mamlakatdagi tibbiy xizmatlar xalqaro talablarga javob berishini ta’minlash va bu orqali onalar va bolalar salomatligini yuqori darajadagi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan”, - deb qo‘shimcha qildi u.

JSST va LDS Charities nodavlat tashkilotining vakillari bo’lgan xalqaro ekspertlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi va bolalar kasalliklarini olib borish yo‘nalishlaridagi yangi yondoshuvlar, uslublar va so‘nggi kashfiyotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Muharrirlar uchun izoh:

UNICEF o‘zinin mahalliy va xalqaro hamkorlari bilan birgalikda O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida ish olib boradi. Ushbu sohadagi tashabbuslar xavfsiz onalik va bolalik bo‘yicha xalqaro standartlar va amaliyotni uyg‘unlashtirish, tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirish hamda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan dasturlarning ta’sir miqyosini yuqori darajda ushlab turishga qaratilgan. Shu bilan birga YuNISEF O‘zbekistonda profilaktik tibbiyot qamrovini kengaytirish maqsadida ish olib boradi. Bu sohada YuNISEF emlash bo‘yicha umummamlakat miqyosidagi tashabbuslarni amalga oshirdi, ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarini vitaminlar bilan boyitish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatladi, chaqaloqlarni istisnosiz ona suti bilan boqish amaliyotini bolalarga do‘stona munosabatdagi shifoxonalar va aholi xabardorligi darajasini oshirish kampaniyalari orqali targ‘ib etilishiga ko‘maklashdi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling:
UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi
Теlefon: (99871) 233 95 12, 233 97 35
Svetlana Shtefenets, sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i
Elektron pochta: sstefanet@unicef.org

Maksim Fazlitdinov, rivojlanish maqsadidagi kommunikasiyalar bo’yicha maslahatchi
Elektron pochta: mfazlitdinov@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 53


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar