O‘zbekiston Sog‘lom bola yilini hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 25 yillik sanasini nishonlamoqda

Chop etish versiyasi
20 Noyabr 2014
Pres reliz
6 6 Fotosuratlar

TOShKENT, 2014 yil 20 noyabr – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi o‘z hamkor tashkilotlari bilan birgalikda O‘zbekistonda Sog‘lom bola yili hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 25 yillik sanasini nishonlashga bag‘ishlangan bayram tadbirini o‘tkazdi.

Bundan 25 yil muqaddam – 1989 yil 20 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (BHK) qabul qildi. Bugungi kunda ushbu konvensiya dunyodagi 194 ta mamlakta tomonidan ratifikatsiya qilingan va qabul qilingan bo‘lib, inson huquqlari borasida dunyoda eng ko‘p mamlakatlar tomonidan qabul qilingan konvensiyadir. O‘zbekiston “BHKga 1992 yilda qo’shilgan va uni 1994 yilda ratifikatsiya qilgan.

Bayram tadbirida ta’kidlanishicha, barcha bolalar umumiy hislatga ega, u ham bo‘lsa ularning universal huquqlaridir. Tadbirning 750 ta ishtirokchilari, shu jumladan ijtimoiy holati zaif bo‘lgan guruhlarga mansub bolalar turli tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar bolalarning omon qolish va salomalik, ta’lim va o‘yinlar, rivojlanish va ishtirok huquqlariga bag‘ishlandi:

• O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan yoshlar parlament a’zolari va boshqa siyosiy arboblar bilan uchrashdilar va ularga yoshlarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki borasidagi o‘z tajribalari to‘g‘risida gapirib berdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar;

• Toshkent perinatal markazining tibbiyot xodimlari “O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimot qildilar. Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan bo’lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda;

• "Kuch birlikda" deb ataluvchi O‘zbekistondagi birinchi yoshlar serialining ijodiy jamoasi yosh tomoshabinlar va kattalar bilan uchrashdilar, bolalarning mahallalar hayotida tutgan o‘rni xususida bahs yuritdilar;

• Tadbirning eng yosh ishtirokchilari Britaniya Kengashi yetakchiligida olib borilgan interfaol sessiyalarda o‘zlarining rasm chizish va qo‘shiq kuylashdagi qobiliyatlarini namoyish qildilar.

«Barcha huquqar - barcha bolalar uchun” deb nomlangan fotolavhalar ko‘rgazmasi dunyo hamjamiyati bundan 25 yil muqaddam bergan va’daning eslatilishi va shu bilan birga, bolalar oliy manfaatini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan barch ishlarni aks ettirish imkoniyati sifatida namoyon bo‘ldi.

Tadbirni bolalar ishtirokidagi konsert yakunlab berdi va uning nihoyasida O‘zbekistonning mashhur estrada xonandasi Lola Yuldasheva o‘z qo‘shiqlarini kuyladi.

***

Bizning yangiliklarimizni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi www.unicef.uz veb saytida hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qiling:

Telefon: (99871) 233 95 12, 233 97 35

Maksim Fazlitdinov,

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi rahbari vazifasini ijro etuvchi

el. pochta: mfazlitdinov@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 149


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar