UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderichning bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyaning 25 yilligiga bag’ishlangan murojaati

Chop etish versiyasi
21 Noyabr 2014
1 1 Fotosuratlar

Bundan 25 yil muqaddam, ya’ni 1989 yilning 20 noyabr kuni Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyani qabul qildi. Bugungi kunga kelib dunyodagi davlatlarning 194 tasi Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki qabul qilgan bo’lib, bu uni inson huquqlari borasida dunyoda eng ko’p mamlakatlar tomonidan qabul qilingan konventsiya darajasiga olib chiqdi. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyani 1992 yili, ya’ni mustaqillik e’lon qilingandan keyin ko’p o’tmasdan qabul qildi va uni 1994 yili ratifikatsiya qildi.

Konventsiyani ratifikatsiya qilar ekanlar, ishtirokchi davlatlar BHKning shartlariga to’la mos keladigan ravishda mavjud qonunlarga o’zgartirish kiritish yoki yangi qonunlar ishlab chiqish majburiyatini oladilar. Hukumatlar Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyada belgilangan bolaning eng oliy manfaatlarini kafolatlovchi harakatlarni amalga oshirishlari va har besh yilda bir marta monitoring hisobotini tayyorlab, uni Jenevada yig’luvchi Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya Qo’mitasiga yuborib turishlari lozim. Shundan so’ng o’z baholari yoki ko’rsatmalari yuboradi va ularning ba’zilarini bajarish uchun qo’shimcha ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi.

Ammo asosiy vazifamiz nafaqat hukumatlarni jalb etish, balki jamiyatning barcha a’zolarini ushbu faoliyatga jalb qilishdan iborat bo’lishi lozim. Konventsiya hamma tomonidan va barcha o’rinlarda, jumladan, oilalar, maktablar va bolalarga xizmat ko’rsatuvchi boshqa muassasalar, mahallalar va boshqaruvning barcha darajalarida hurmat va himoya qilinganidagina unda bayon etilgan standardlar va tamoyillarni hayotga tadbiq etilganini ko’rish mumkin bo’ladi. Shu bilan birga 18 yoshga to’lmagan barcha bolalarning vazifasi o’z huquqlarini bilish va ularni mas’uliyatni xis etgan holda qo’llashdan iborat bo’lishi lozim.

Butun dunyodagi bolalar hayotining deyarli barcha jabhalarida katta natijalarga erishildi. Asosiy yutuqlar qatorida quyudagilarni tilga olish mumkin:

  • 5 yoshga to’lmagan bolalar o’limi yillik ko’rsatkichining 50% ga kamayishi, ya’ni 12 milliondan 6 millionga tushishiga erishilganligi;
  • O’ta qasshoqlikda yashayotgan odamlar sonini deyarli yarimga qisqartirilishi, ya’ni 47% dan 18%ga tushganligi;
  • Butun dunyo bo’ylab olganda maktabgacha ta’lim qamrovining 30% dan ko’proqqa oshganligi;
  • 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida bolalar mehnatida band bo’lganlar sonining deyarli uchdan birga qisqartirilishi;
  • Deyarli 2 milliard kishini zarur bo’lgan sanitariya vositalaridan foydalanish imkoni bilan ta’minlanishi.

Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligini nishonlayotganimizda bayram qilish uchun asoslarimiz ko’p. Ammo ushbu tarixiy sana hali oldinda zudlik bilan amalga oshirishimiz kerak bo’lgan ishlarimiz ko’p ekanligini ham eslatishi lozim. Dunyoda hali millionlab bolalar haligacha o’z huquqlaridan to’liq foydalana olmayaptilar va bundaylarga kam ta’minlangan oilalar farzandlari, bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari, nogiron bolalar, OIV infektsiyasiga ega bo’lgan bolalar, urushlardan jabrlangan bolalar, qonun bilan aloqaga kirgan yoki ziddiyatga uchragan va boshqa bolalar kiradi.

Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya 25 yilligini nishonlar ekanmiz, biz shu davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz to’g’risida gapiribgina qolmasligimiz kerak. Biz ishlarimizni tanqidiy tahlil qilishimiz, kelajakka dadil boqishimiz va o’zimizni hali ham huquqlari rioya qilinmayotgan va himoya qilinmayotgan bolalarga bag’ishlashimiz lozim… bunday bolalar ko’pincha eng nochor ahvoldagi bolalardir va ular ba’zan ko’rinmaydilar ham, ularni hisob-kitoblarda e’tiborga olmasliklari ham mumkin, ammo ular hech qanday shak-shubhasiz jamiyatimizning eng yordamga muhtoj a’zolaridir.

Kelinglar, barchamiz bolalar uchun birlashaylik.

Barcha huquqlar – barcha bolalarga!

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 591


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar