UNICEF bilan barilla ovoz ila bolalar uchun yanada yaxshi dunyoni “Tasavvur qiling”

Chop etish versiyasi
20 Noyabr 2014
Press-reliz
1 1 Fotosuratlar

UNICEF Rossiyalik yosh qo‘shiqchi Kristian Kostovga Xyu Jakman, Keti Perri, Yoko Ono va Devid Guetta bilan birlashib, Jon Lenonning “Imagine” qo‘shig‘ini kuylash va bolalar huquqlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga yordamlashishni taklif etdi.

JENEVA/MOSKVA, 20 noyabr 2014 yil — Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida tashkil etilgan musiqiy tadbirda UNICEF “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ning 25 yilligini nishonlash tantanalarining bir qismi sifatida #IMAGINE kampaniyasini e’lon qiladi.

Rossiyalik qo‘shiqchi Kristian Kostov mash’hur musiqa prodyuseri va Di-Jey Devid Guetta hamda rassom Yoko Ono tomonidan tashkil etilgan #IMAGINE konsertida sahnaga chiquvchi, dunyoning barcha hududlaridan kelgan taniqli san’atkorlar ichidagi yagona o‘smir pop yulduzidir.

Bundan bir necha oy muqaddam 14 yoshli Kostov Rossiyadagi “Bolalar ovozi” bolalar realiti televizion musiqa bellashuvining final bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan edi. U Jon Lenonning ijodiga mansub, umid va tinchlik gimniga aylangan mash’hur qo‘shiqning bir necha xil ko‘rinishlarini ijro etadi. Boshqa qo‘shiqchilar qatoridan Gremmi laureati AngéliqueKidjo, braziliyalik bastakor qo‘shiqchi Daniela Merkyuri, Shved-Eron pop yulduzi Lale, “ABBA” guruhi a’zosi BjőrnUlvaeus hamda UNICEF Yaxshi Niyat elchisi Keti Perri o‘rin olgan.

“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 25 yilligi bolalalrning hayoti bir avlod davomida qanchalik o‘zgarganligini namoyish etish imkonini beradi. Hukumatlar va fuqarolik jamiyati bilan bo‘lgan mustahkam hamkorlik dunyodagi bolalar uchun salmoqli darajada oldinga siljishga erishishimizni ta’minladi. Natijada millionlab bolalar uchun hayot yaxshiroq bo‘ldi”, - UNICEFning Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududi bo‘yicha direktori Marie-Pierre Poirier.

“Ammo e’tiborsiz qolgan bolalarga yordam qo‘lini cho‘za olishimiz uchun ko‘proq ishlarni amalga oshirishimiz talab etiladi. Bunday bolalar ko‘rinmas yoki ajratib qo‘yilgan bolalardir. Birgalikda biz bolalar uchun yanada yaxshi dunyoni tasavvur qilishimiz – va yaratishimiz – mumkin. #IMAGINE kampaniyasi barchaga bolalar ravnaqi uchun olib borilayotgan global harakatga qo‘shilish, dunyoning barcha hududlarida har bir bolaning huquqlari rioya etilishini ta’minlashiga xissa qo‘shish imkonini beradi. Kelinglar barchamiz ushbu orzuni haqiqatga aylantiraylik”, deydi u.

Kampaniya TouchCast tomonidan ta’minlanuvchi yangi raqamli interaktiv dastur tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. #IMAGINE dasturiy ilovasi hamda veb-sahifasi barchaga o‘zi sevgan mashhur qo‘shiqchilarning ijrolari qatoriga o‘zi kuylagan ko‘rinishini yozish imkonini beradi va bu UNICEF umid qilishicha eng yirik jo‘r bo‘lib kuylash bo‘ladi.

“Jon Lenonning dunyoning tinchlikda yashashi orzusi xali ham shundayligicha, ya’ni orzuligicha qolmoqda”, deydi Yoko Ono. “UNICEF Jonning orzusini ruyobga chiqarishga harakat qilmoqda va dunyodagi bolalarga bundan ko‘ra porloqroq bo‘lgan kelajakni tasavvur qilishlari uchun umid hamda yaratish uchun vositalar taqdim etmoqda”.

Qo‘shiqning oddiy insonlar ijrosidagi nusxalari UNICEFning Yaxshi niyat elchisi va boshqa san’atkorlar tomonidan ijro etilgan nusxalari bilan aralashtirilib, Devid Guetta tomonidan ishlov beriladi va Imagine qo‘shig‘ining ko‘p tillardagi global nusxasi yaratiladi. Dasturiy ilova yoki veb-sahifa orqali qo‘shiqning o‘z ijrosidagi nusxasini yozib qoldirgan har bir inson ovozi yoki video tasviri Imagine ning yangi, UNICEF tomonidan yaratilgan nusxasi hamda unga yaratlgan interaktiv musiqiy klipga kiritilishi ehtimoliga ega. Ushbu audio va video nusxalar TouchCast va TheBridge.co tomonidan yaratiladi va har ikkisi ham 2015 yangi yil oqshomida sotuvga chiqariladi.

Kostov 2000 yil Moskva shahrida tug‘ilgan. Uning otasi bolgar va onasi qozoq millatiga mansub. U 9 yoshida o‘z qo‘shiqlari bilan omma oldida chiqishni boshlagan va 11 yoshida Eurovision qo‘shiqchilar bellashuvida ishtirok etgan. O‘zining endi kurtak otayotgan ijodiy yo‘lida Kostov allaqachon Rossiya va rus tilida so‘zlashuvchi boshqa bir qator mamlakatlarda bir-necha o‘n minglab muxlislariga ega

#IMAGINE kampaniyasi ishtirokchilari Lenon ijodiga mansub ushbu klassik qo‘shiqning o‘z ijrolaridagi ko‘rinishini ijtimoiy axborot vositalari orqali do‘stlari va oila a’zolari bilan o‘rtoqlashishlari hamda boshqalarni ham Imagine ni ijro etishga chorlashlari mumkin. Ular Kostov hamda UNICEFning dunyoning turli hududlaridagi Milliy elchilariga qo‘shilgan holda bolalar uchun yanada yaxshi dunyoni qanday tasavvur qilishlarini shaxsiy murojaatlarida bayon etishlari mumkin.

Shuningdek ishtirokchilar UNICEFga hayriya mablag‘larini yuborish imkoniga ham egalar. #IMAGINE loyihasi orqali yig‘ilgan mablag‘lar tashkilotning dunyoning 150dan ortiq mamlakatlari va hududlaridagi bolalarni ta’lim, ovqatlanish, sog‘liqni saqlash, immunizatsiya, toza suv va sanitariya, himoya va favqulodda holatlarda yordam bilan ta’minlashga qaratilgan dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Muharrirlar uchun izohlar

#IMAGINE da ishtirok etishni istagan insonlar quyidagi 3 ta oson bosqichdan iborat harakatni amalga oshirishlari lozim:

• Apple ning App Store do‘konidan yoki http://imagine.unicef.org veb-sahifasidan iOS uchun TouchCast dasturiy ilovasini yuklab olish;

• Birgina qizil tugmani bosish orqali o‘z ijroingizdagi Imagine qo‘shig‘ini Jon Lenon va boshqa mashhur san’atkorlar bilan birgalikdagi nusxasini yaratish;

• Bolalar uchun yanada yaxshi dunyoni qanday tasavvur qilishingizni bayon etuvchi shaxsiy murojaatnomangizni yozish;

• #EVERYVOICECOUNTS va #IMAGINE xashteglari orqali ijroingizdagi qo‘shiq va murojaatni do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashish.

TouchCast haqida

TouchCast Nyu-York shahrida joylashgan video texnologiyalar platformasi bo‘lib, u videoga vebning intraktivligini olib kelish imkonini beradi. TouchCast ijodkorning butun ish joyini aks ettiradi. Unda virtual jihozlar to‘plami, yashil ekran, teleprompter, telestratsiya, video va audio effektlar hamda kiritilgan titrlar va grafiklr mavjud. Ular video mahsulot yaratish jarayonini demokratlashtirish imkonini beradi va tomoshabinni immersiv, o‘sha joyda mavjudlik xissi bilan qamrab oladi. TouchCast ni sermahsul kashfiyotchi va tadbirkor Edo Segal 2013 yilning iyun oyida ixtiro etgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.touchcast.com

TheBridge.co haqida

TheBridge.co ijodiy konent va kod yordamida san’atkorlar va brendlarni bir-birlari bilan bog‘laydi. #IMAGINE rejissyor/prodyuser Michael Jurkovac, ijtimoiy rejissyor/steytgist Pol Kun, prodyuserlar Bil Boyd, Pantra Sara, Polo Molina va Venus Braun tomonidan yaratilgan, san’atkorlar hamkorligida amalga oshirilgan bir talay kampaniyalardan biridir. Bundaylarga YES, WE CAN (will.i.am), #THEWORLDNEEDSMORE (David Guetta), ELV1S 30 #1 HITS (RCA), WORLD of BETTERS (Alicia Keys, K'Naan, SunihdiChuhan, John Legend va Pitbull), #URBANJUNGLEWORKOUT (Adriana Lima) larni misol qilish mumkin. Ushbu kampaniyalar e’tiborga molik maqsadlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish va mablag‘ yig‘ishga yordam berdilar. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.TheBridge.com

bMuse haqida

bMuse insonlar media mahsulotlarni yaratishi va iste’mol qilishi uslublarini o‘zgartiruvchi kompaniyalar va mahsulotlarni yaratadi. Bizning mahsulotlarimiz video va mobil telefon o‘yinlarining yangi ko‘rinishlaridan tortib, an’anaviy o‘yinchoqlar yaratish va raqamli nashrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Biz butun boshli raqamli studiya sistemasini yaratdik. U yangi mahsulot to‘g‘risidagi g‘oyalarni nusxa ko‘chirish uslub orqali o‘zini qoplay oladigan tadbirkorlik loyihalariga aylantiradi. Oddiy qilib aytganda, biz texnologiyalardan foydalangan holda axborot vositalari tasavvurini o‘zgartiramiz. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.bmuse.com

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz. UNICEF va uning faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.unicef.org/ceecis

Qo‘shimcha ma’lumot uchun marhamat murojaat qiling:

Kristen Elsby, UNICEF MShE/MDH Hududi muloqot bo‘linmasi rahbari

Mobil telefon: +41 79 938 8273, elektron pochta: mediaceecis@unicef.org

Lely Djuhari, UNICEF MShE/MDH Hududi muloqot bo‘linmasi mutaxassisi

Mobil telefon: +41 79 2044482, elektron pochta: mediaceecis@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 607


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar