«Barcha huquqlar – barhca bolalarga» nomli tadbir – Bola huquqlari to’g’risidagi ronventsiya uchun birlashish harakati

Chop etish versiyasi
26 Noyabr 2014
10 10 Fotosuratlar

TOSHKENT -2014 yil 20 noyabr kuni Toshkentdagi Yoshlar ijodi saroyininga salkam 800 kishi tashrif buyurdi. Ularning «Barcha huquqlar — barcha bolalarga» nomli ko’rgazma va tantanali tadbirdan bahramand bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Kattalar va bolalar kelgan ushbu tantana bugungi kunga qadar UNICEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi va uning milliy hamkorlari tomonidan tashkil etilgan tadbirlar ichida kattasi bo’lib,u Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning naqadar katta ahamiyatga molik ekanligini yana bir bor ta’kidlashga hamda O’zbekistondagi har bir bola butun dunyodagi bolalarning asosiy ahamiyatga ega bo’lgan huquqlari to’plamidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini ko’rsatishga xizmat qildi.

2014 yilning 20 noyabri o‘ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan kundir, chunki ushbu kunda Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya qabul qilinganligining 25 yilligi (BHK@25) nishonlandi va Sog’lom bola yilining ahamiyatini yana bir bor ta’kidlash uchun juda ham mos keluvchi imkoniyatdir. Tantanali tadbir turli xil ishtirokchilarni jamladi, jumladan unda parlament a’zolari, turli vazirlik va idoralar, milliy nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar, va eng muhimi -bolalar qatnashdilar.

Tadbirda, xususan, imkoniyati cheklangan bolalar, OIV infektsiyasiga ega bolalar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi yoki mehribon oila muhitida yashash imkoniyatidan mahrum bo’lgan bolalar ishtirok etdilar.

«Bugungi tadbir barcha bolalar huquqlarga ega ekanligini yana bir bor eslatadi», deydi mehribonlik uyida yashovchi Sasha. U yaqinda UNICEF yordamida tashkil etilgan «OneMinuteJr» seminar ishtirokchisidir. «Bolalar huquqlari himoya qilinmaydigan va ta’minlanmaydigan holatlar uchrab turadi. Shuning uchun ham ushbu tadbir katta ahamiyatga ega deb o’ylayman, chunki u odamlarga bolalar haqida va ularning huquqlari haqida eslatadi».

25 yillik taraqqiyot


Dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi insonlar o’z kalendarlarida 20 noyabr kunini belgilab, birgalikda nishonlashlarining sababi bor. Bundan 25 yil muqaddam aynan shu kuni Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya qabul qilingan. O’sha kundan boshlab Konventsiyaga 194 ta mamlakat qo’shildi.

Mazkur Konventsiyaning yaratilishi insoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan voqea bo’ldi. Tarixda ilk bor turli mamlakatlar xalqlari har bir bola, uning jinsi, millati (yoki fuqarolikka ega emasligi), e’tiqodi, dini, iqtisodiy holati yoki boshqa har qanday omillardan qat’iy nazar, faqat bola bo’lgani sababligina, sog’lom bolalikka, sifatli ta’limga, mehribon oila muhitiga va o’z fikrlarini boshqalar quloq soladigan tarzda ifoda etish uslubiga ega bo’lish huquqiga ega ekanligiga bir ovozdan kelishuvga keldilar. Shuningdek, Konventsiyada bolalarning o’zlariga yuklatilgan mas’uliyatlar ham bayon etilgan.

Eng asosiysi, Konventsiyada asosiy e’tibor bolaning oliy manfaatlariga qaratilib, bolalarga tegishli bo’lgan masalalarning muhokamasida ularga markaziy e’tibor qaratadi. Bunda eng asosiy narsa — kattalar fikriga ko’ra bo’lalar uchun nima afzalroq bo’lishi yoki aslida ularga mos kelishida emas, o’z manfaatlariga taalluqli bo’lgan masalalarda bolalarning fikri e’tiborga olinishidadir.

Toshkentda o’tkazilgan «Barcha huquqlar — barcha bolalarga» bayram tadbiri mazkur tamoyilning amaldagi timsoli bo’ldi. Uning diqqat markazidanbolalar boshqalarning e’tiborini qaratishni va muhokama qilishni istagan masalalar bo’yicha ularga o’z fikrlarini bayon etish imkonini berish go’yasi o’rin oldi.

Bola huquqlarini o’rganish


Toshkentda bo’lib o’tgan tadbirida yoshlar ularning fikrlariga quloq solishlari uchun bevosita UNICEF va uning hamkorlari bilan qanday ish olib borganliklariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarga o’z hamjamiyatlarida o’zgarishlarni targ’ib etishlari uchun mavjudimkoniyatlarni kengaytirish UNICEFni O’zbekistondagi tashabbusining asosiy qismi bo’lib, bu mazkur tadbirda o’z aksini topdi.

Tadbir ishtirokchilari ichida OIV infektsiyasiga ega bo’lgan bolalar guruhi ham bo’lib, ular o’z zimmalariga «tengdosh-tengdoshga» uslubi asosida maslahatchilik qilish vazifasini olganlar. Shu tariqa ular yaqinda tash’his qilingan va o’z mavqe’larini qabul qila boshlagan boshqa o’smirlar va bolalarning dilidagilarni ifoda etuvchi aks-sadoga aylandilar.

«Biz bu erga kirayotganimizda mavqe’imiz tufayli to’xtatilmaganimiz juda katta ahamiyatga ega», deydi «tengdosh-tengdoshga» uslubi asosida maslahatchilik qiluvchi, OIV infektsiyasiga ega o’smirlardan biri. «Bizga qarshi hech qanday ajratib qo’yish bo’lmadi». O’z taassurotlari bilan o’rtoqlashar ekan yosh maslahatchilardan yana biri shunday deydi: «Bugun UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’tgan 25 yil mobaynida bola huquqlarining ta’minlanishi borasida erishilgan muvaffaqqiyatlar to’g’risida gapirib o’tdi. Bu o’tgan davr mobaynida bir talay yutuqlarga erishildi, ammo, mening fikrimcha, ushbu faoliyatni davom ettirish lozim».

Shuningdek tadbirda «Kuch birlikda» nomli, o’z yo’nalishi bo’yicha birinchi ma’rifiy-ko’ngilochar televizion serialning yaratilishida qatnashgan yosh aktyor o’smirlar va qizlar ishtirok etdilar. Mazkur teleserial g’oyasi o’tkazilayotgan «BHK@25» tadbirining maqsadlari bilan hamohangdir, u ham bo’lsa Bola huquqlarito’g’risidagi konventsiya va uning zamonaviy jamiyatda tutgan muhim o’rni to’g’risda insonlarni xabardor qilish.

«Bugungi, „Barcha huquqlar — barcha bolalarga“ deb ataluvchi ko’rgazmakabi bizning teleserialimiz ham yoshlarga yordam berdi. Chunki uning har bir seriyasida barchamizni tashvishga solayotgan turli xil masalalar yoritiladi», deydi yosh aktyor Siada’loxon. U bolalar muassasasida yashovchi kamgap, lekin juda o’jar bo’lgan Azamat ismli bola rolini o’ynaydi. «Teleserial shuningdek ota-onalar uchun ham foydalidir, chunki ular bolalar ishtiroki bo’yicha o’z fikrlarini shakllantirishlari hamda o’z farzandlari fikr bildirish huquqiga ega ekanliklariga ishonch hosil qilish imkoniga egalar».

BHKga bag’ishlab Toshkentda o’tkazilgan tadbirda Yosh avlod kengashining ishi ham namoyish etildi. Kengash a’zolaribarcha darajalarga ularni tashvishga solayotgan masalalarni bayon etadilar va kelajak haqidagi mulohazalarini bildiradilar. Ular O’zbekiston yoshlarining o’z mahallalari, hududlari va butun mamlakatdagi ovozlarini kuchaytirishga yordam berdilar.

Bola huquqlarini targ’ib etishning muhim qismlaridan yana biri bolalar o’z hayotlarini imkon qadar yaxshi tarzda boshlarini ta’minlashdan iborat. Tadbirda «O’zbekistonda onalar va bolalarga ko’rsatiluvchi tibbiy xizmatlarni takomillashtirish» loyihasining natijalari havola etildi. Loyiha UNICEF tomonidan, Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda va Evropa Ittifoqining moliyaviy ko’magi yordamida amalga oshirilgan. BHK tadbirida loyiha doirasida o’tkazilgan treninglardan naf olgan amaliyotchi tibbiyot xodimlarigina emas, shu bilan birga ota-onalar va ularning ushbu tashabbus natijasida salomatligi kafolatlangan farzandlari ham ishtirok etdilar.

UNICEF va Britaniya Kengashining O’zbbekistondagi vakolatxonasi o’rtasida davom etayotgan hamkorlikning oliy nuqtasi sifatida ko’rgazma zalining ikkinchi qavatida bir qator ijodiy tadbirlar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar bir necha an’anaviy hunarmandchilik turlarida o’zlarini sinab ko’dilar (va ayni chog’da Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko’ngilli yoshlari yordamida ingliz tilida qobliyatlarini mashq qildilar).

Bolalar bayrami


Bolaning universal huquqlaridan biri o’z fikrini ifoda etish huquqidir. Ushbu huquqni ta’kidlash uchun «BHK@25» bayram tadbiri tashkilotchilari ishtirok etayotgan o’smirlar va bolalar o’zlarining iqtidorlarini namoyish eta olishlari uchun kerak bo’lgan sharoitlarni yaratib berdilar.

«BHK@25» bayram tadbiri lol qoldiradigan darajada ajoyib tarzda — gala-kontsert bilan yakunlandi. Mohir do’mbirachilar guruhi ketidan Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan bolalar ijrosidagi milliy raqslar namoyish etildi. Undan so’ng Charli Chaplinning afsonaviy «Shahar chiroqlari» filmidan odamni hayajonlantiruvchi parcha sahnasi namoyish etildi. Kontsert yakunida O’zbekiston Estrada yulduzlaridan biri Lola Yuldashevaning chiqishi hamma uchun kutilmagan sovg’a bo’ldi.

Bayram tadbirining boshida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Ropert Fuderich hamda mazkur agentlikning asosiy hamkorlari vakillari BHKni qo’llab-quvvatlash lozim ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdilar. Janob Fuderich nutqida o’tmishni tahlil qilish va kelajakni rejalashtirish zarurati alohida belgilab o’tildi.

«Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligini nishonlar ekanmiz, biz shu davr mobaynida erishgan yutuqlarimizni tilga olish bilan kifoyalanmasligimiz kerak», — dedi janob Fuderich. «Biz ishlarimizni tanqidiy tahlil qilishimiz, kelajakka dadil boqishimiz va o’zimizni yana bir bor hali ham huquqlari himoya qilinmayotgan bolalarga bag’ishlashimiz lozim… bunday bolalar ko’pincha eng nochor ahvoldagi bolalardir va ular ba’zan ko’rinmaydilar ham, ularni hisob-kitoblarda e’tiborga olmasliklari ham mumkin, ammo ular hech qanday shak-shubhasiz jamiyatimizning eng yordamga muhtoj a’zolaridir. Kelinglar barchamiz bolalar uchun birlashaylik. Barcha huquqlar — barcha bolalarga!»

Marta o’qilgan: 186


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar