Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari o’smirlar uchun OIVni tekshirish xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni targ’ib etmoqdalar

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2014
3 3 Fotosuratlar

TBILISI/JENEVA, 2014 yil 1 dekabr – Gruziyaning Tblisi shahrida Evropa Ittifoqi (EI) va UNICEF tomonidan tashkil etilgan, “Ijtimoiy jihatdan zaif bo’lgan o’smirlarning OIVni yuqtirib olishlari xatarini kamaytirish hamda ularning hayot barqarorligini mustahkamlash maqsadida ular bilan ishlash bo’yicha ilg’or tajriba” mavzusidagi konferentsiya bo’lib o’tmoqda. Konferentsiya ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Kosovo (BMT HK ning 1244 sonli rezolyutsiyasiga asosan), Qirg’iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya, Tojikiston, O’zbekiston va Ukrainadan kelgan nodavlat tashkilotlari vakillari va hukumatga mansub hamkorlar ishtirok etmoqdalar.

Ushbu uch kunlik anjuman bugun – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni o’z ishini boshladi. Bu anjuman Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilga qadar OITSni butunlay bataraf etish maqsadiga erishiish yo’lidagi faoliyatlarni jadallashtirishga bo’lgan chorlovi bilan bir vaqtga to’g’ri keldi. Ushbu maqsadga erishish uchun qo’shimcha say’-harakatlar lozim va ular imkon qadar ko’p insonlar o’zlarining OIV statuslari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari hamda OIVning oldini olish, OIVga ega insonlarni parvalishlash va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lishlari lozim.

UNICEFning yangi ma’ruzasida 15 yoshga etmagan bolalar o’rtasida 1,1 mlnga yaqin OIVni yuqtirish holatlarining oldini olishga muvaffaq bo’linganligi xususida xabar beriladi. Ammo, o’smirlar orasida OITS sababidan hayotdan ko’z yumish ko’rsatkichlarining saqlanib qolayotganligi jiddiy tashvishga soladi. Chunki 10-19 yosh chegarasidagi bolalar guruhi OITS tufayli vafot etish ko’rsatkichlari kamaymayotgan yagon yosh guruhidir. Butun dunyo bo’ylab 2005 yildan 2013 yilning oxiriga qadar bo’lgan vaqt davomida boshqa barcha yosh guruhlarida OITS bilan bog’liq bo’lgan o’lim koeffitsienti salkam 40 foizga kamaygan.

Ushb ma’lumot UNICEFning “Statistical Update on Children, Adolescents and AIDS” (“Bolalar, o’smirlar va OITS bo’yicha yangilangan statistik ma’lumotlar”) nomli hisobotida keltirilgan. Ushbu hisobot Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni arafasida e’lon qilindi. Hisobotda bolalar va o’smirlarning tug’ilganidan boshlab to 19 yoshga etgunlariga qadar bo’lgan davrni qamrab oluvchi global statistik ma’lumotlarning eng so’nggi tahlili keltirilgan.

Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlarida OIV yuqtirib olishning yangi holatlari ko’rsatkichi o’sib borayotganligi kuzatilmoqda. Bugungi kunda butun Evropa bo’yicha OIV infektsiyasiga ega bo’lgan ja’mi 2,3 mln kishining kamida uchdan biri OIV infektsiyasiga ega ekanligini bilmaydi. Ushbu hududda OIVning kech tash’his qilinishi ko’rsatkichi hali-hamon yuqoriligicha qolmoqda. Qamrov darajasining pastligi va OIVga tekshirish kech olib borilishi natijasida hayotiy zarur bo’lgan antiretrovirus terapiyasini olishi kerak bo’lgan bemorlar ushbu muolajani olmayaptilar, chunki ularning kasalligi tash’his qilinmagan. Bu ayniqsa o’smirlarga taalluqli, chunki aynan o’smirlar tibbiy yoki ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun kattalarga nisbatan kam murojaat qiladilar.

Yoshlarning OIV mavjudligini tekshiruvchi va kerakli maslahatlarni beruvchi xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini qiyinlashtiruvchi to’siqlar mavjud. Bu ayniqsa eng marginal guruhlarga taalluqli bo’lib, bundaylarga shahvoniy tijorat tarmog’ida ekspluatatsiya qilinayotgan o’smirlar, in’ektsion narkotik moddalarni iste’mol qilayotgan yoshlar, erkaklar bilan jinsiy aloqada bo’luvchi o’smir o’g’il bolalar hamda ko’chalarda yashovchi va ishlovchi o’smirlar kiradi. Yoqorida tilga olingan to’siqlarga bepul tekshirish va maslahat berishdan foydalanish imkoniyati yo’qligi, tekshirishning foydalari to’g’risida ma’lumotga egalik darajasining pastligi, ota-onalar roziligini olish bo’yicha talablar hamda infektsiya yuqtirib olish xatarlarining etarlicha jiddiy qabul qilinmasligi kabilarni misol qilish mumkin.

Tbilisidagi konferentsiyada EI va UNICEF ko’magida amalga oshirilgan uch yillik tashabbus doirasida hayotga tadbiq etilan innovatsion dasturlarning natijalari ko’rib chiqilmoqda. Yuqorida tilga olingan tashabbus OIVni yuqtirib olish xatari eng yuqori bo’lgan guruhga mansub o’smirlar va yoshlar o’rtasida OIV mavjudligini tekshirish va OIV muammosi bo’yicha maslahatlar berishga qaratilgan. EI/UNICEF ning uch yillik ushbu qo’shma tashabbusida ishtirok etgan NDTlar va hukumat tizimidagi hamkorlar tomonidan 73 mingdan ortiq o’smirlar va yoshlar qamrab olingan. Ular bilan ma’lumot etkazib berish va shu bilan birga, profilaktika va tekshirish xizmatlarini etkazib berishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bo’yicha bir talay ishlar amalga oshirildi. Ushbu yoshlarning 17 mingga yaqini OIV infektsiyasiga tekshirishdan o’tdilar.

Konferentsiya ishtirokchilari kelajakda ham yordamni ta’minlash, jamoat tashkilotlarining say’-harakatlarini birlashtirish hamda ularga davlat tashkilotlari bilan yanada yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yishda yordamlashish maqsadida quyidagilarga ahd qildilar:

1) o’smirlarning hayot barqarorliklarini mustahkamlovchi hamda ularning OIVni yuqtirib olishi xatarini va boshqa xatarlarni kamaytiruvchi omillarni aniqlash; OIV bilan bog’liq bo’lgan xatar guruhiga mansub o’smirlar va yoshlar uchun OIV tekshiruvidan o’tish imkoniyatlarini ta’minlab berishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qilish;

2) ma’lumotlar bilan o’rtoqlashish, o’smirlarga talluqli bo’lgan eng muhim muammolar bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi nodavlat va davlat subektlari kaolitsiyasini mustahkamlashni ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida o’smirlar manfaatini himoya qiluvchilar mintaqaviy tarmog’ini shakllantirish va ishga solish.

OIV infektsiyasiga ega bo’lgan yoshlarga o’z hamjihatligi va yordamlarini ifoda etish uchun konferentsiya ishtirokchilari Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan tadbirlarda qatnashishga qaror qildilar. Bunday tadbirlar yoshar tomonidan, Gruziyaning Sport va yoshlar masalalari vazirligi, UNICEFning Gruziyadagi vakolatxonasi hamda “Bemoni” va “Gruziya yoshlarning taraqqiyoti va maorifi assotsiyatsiyasi” kabi NTDlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Yangilangan statistik ma’lumotlar hamda “excel” formatidagi jadval va grafiklarni quyidagi sahifadan yuklab olish mumkin: www.childrenandaids.org

To’liq ma’lumot olish uchun marhamat qilib quyidagi xodimlarga murojaat qilishingiz so’raladi:

Maya Kurtsikidze xonim, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, UNICEFning Gruziyadagi vakolatxonasi;
mob. tel.: (+ 995 599) 53 30 71; el. pochta: mkurtsikidze@unicef.org

Kristen Elsbi xonim, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mintaqaviy maslahatchi, UNICEFning MshE/MDH mamlakatlari bo’yicha mintaqavaiy vakolatxonasi;

tel.: (+41 22) 909 52 86, mob. tel.: (+41 79) 938 82 73, el. pochta: mediaceecis@unicef.org

Leli Juhari xonim, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis, UNICEFning MshE/MDH mamlakatlari bo’yicha mintaqavaiy vakolatxonasi.
tel.: (+41 22) 909 54 33, mob. tel.: (+41 79) 204 44 82, el. pochta: mediaceecis@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 351


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar