Dunyoda 15 million bolalar yirik qurolli nizolar hududlarida qolganliklari sababli UNICEF 2014 yilni bolalar uchun falokat yili deb e’lon qildi

Chop etish versiyasi
09 Dekabr 2014
Press-reliz
4 4 Fotosuratlar

NYU-YORK/ JENEVA, 2014 yil 8 dekabr – Bugun UNICEF 2014 yil millionlab bolalar uchun dahshat, qo’rquv va umidsizlik yili bo’ldi deb ta’kidladi. Butun dunyo bo’ylab qurolli nizolrning zo’r olganligi tufayli bolalar ekstrimal taziyq va uning oqibatlariga yuz tutdilar; jang qiluvchi taraflar ularni zo’rlik bilan o’z saflariga qo’shdilar va qasddan o’z nishonlariga aylantirdilar. “Shunga qaramasdan, bunday inqirozlarning aksariyati jahon hamjamiyatining e’tiborini qozonmay qo’yoqda”, - deb ogohantirdi bolalar manfatini ilgari suruvchi agentlik.

“Bu yil millionlab bolalar uchun falokat yili bo’ldi”, - deydi UNICEFning Ijrochi direktori janob Entoni Leyk. “Bolalar sinfda o’qiyotgan vaqtlarida ham o’z yotoqlarida uhlayotganlarida ham o’ldirildilar; ular etim qoldilar, ular o’g’irlandilar, qiynoqqa tutildilar, zo’rlik bilan askarlarga aylantirdilar, zo’rlandilar va hattoki qul qilib sotib yuborildilar. Yangi tarixda hali shunchalik ko’p bolalar bunday misli ko’rilmagan shafqatsizlikka uchrash holati bo’lgan emas”.

Hammasi bo’lib 15 million bola, jumladan majburiy ko’chirilgan yoki qochoq bo’lib yashayotgan bolalar Markaziy Afrika Respublikasi, Iroq, Janubiy Sudan, Falastin Davlati, Suriya va Ukrainadagi shafqatsiz nizolar hududlarida qoldilar. Hisob-kitoblarga ko’ra butun dunyoda 230 million bola qurolli nizolardan jabrlangan mamlakatlar va hududlarda yashamoqda.

2014 yili yuzlab bolalar o’z maktblaridan yoki maktablariga ketayotgan vaqtda o’g’irlandilar. O’n minglab bolalar qurolli kuchlar yoki guruhlar tomonidan majburan yollandilar yoki foydalandilar. Ko’plab mintaqalarda ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalariga hujum qilish hamda maktab binolaridan harbiy maqsadlarda foydalanish holatlari ko’payib ketdi.

• Markaziy Afrika Respublikasida 2,3 million bolalar qurolli nizolardan jabrlandilar; hisob-kitoblarga ko’ra o’tgan yil davomida 10 mingga yaqin bola qurolli guruhlar tomonidan majburan yollandilar, ayni vaqtda 430 dan ziyod bola o’ldirildilar yoki majruhga aylantirildilar. Bu esa bunday bolalar soni 2013 yildaginga nisbatan 3 baravar oshganligidan dalolat beradi.

• G’azo sektorida mazkur yilning yoz oylarida bo’lib o’tgan 50 kunlik nizo oqibatida 54 ming bola boshpanasiz qoldi. Mazkur nizoda 538 ta bola halok bo’ldi va 3 370 ta bola yaralandi.

• Suriyada 7,3 milliondan ziyod bola qurolli nizodan jabr ko’rgan bo’lib, bunga 1,7 mln. qochoq bolalar ham kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha mazkur mamlakatda shu yilning 9 oyi davomida maktablarga kamida 35 marta hujum uyushtirildi va buning natijasida 105 ta bola halok bo’ldi va yana salkam 300 ta bola yaralandi. Iroqda hisob-kitoblarga ko’ra qurolli nizodan 2,7 million bola jabrlangan bo’lib, bu yili ulardan kamida 700 mingi majruhga aylantirildi, o’ldirildi yoki hattoki qatl qilindi. Har ikkala mamlakatda ham bolalar brogan sari kuchayib borayotgan shafqatsiz va ekstrimal zo’ravonlikning qurbonlari, guvohlari va hattoki sababchilariga aylandilar.

• Janubiy Sudanda, hisob-kitoblarga ko’ra 235 mingta besh yoshga to’lmagan bolalar etarlicha ovqatlanmaslikning o’g’ir ko’rinishidan aziyat chekmoqdalar. Deyarli 750 ming bola boshqa joyga ko’chirilgan va 320 mingdan ziyod bola qochoq sifatida yashamoqdalar. BMTning tasdiqlangan ma’lumotlariga ko’ra shu yili 600 mingdan ziyod bola o’ldirildi hamda 200 mingdan ortig’i o’g’ir jarohatlandi va ayni chog’da 12 mingga yaqin bola qurolli kuchlar va guruhlarga xizmat qilmoqda.

2014 yilda inqiroziy holatlarning haddan ziyod ko’p bo’lganligi ularning aksariyati tezda sedan chiqarilganligi yoki ularga etarlicha e’tibor berilmaganligidan dalolat beradi. Uzoq muddatga cho’zilib ketgan inqirozlar, jumladan Afg’oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya, Pokiston, Somali va Yaman kabi mamlakatlarda davom etayotgan holatlar yanada ko’proq yosh umrlarga zomin bo’lib, yanada ko’proq bolalarning kelajagini barbod qilib kelmoqda.

Ushbu yil bolalarning salomatligi va farovonligiga rahna soluvchi jiddiy yangi xatarlarni tug’dirdi. Bunga yorqin misol tariqasida Gvineya, Liberiya, Sierra-Leone kabi mamlakatlarda Ebola vabosining tarqalishini keltirish mumkin. Natijada minglab bolalar yetim bo’lib qoldilar. Hisob-kitoblarga ko’ra 5 million bola maktabda o’qish imkoniyatidan mahrum bo’ldi.

2014 yilda bolalar yuz tutgan ulkan qiyinchiliklarga qaramasdan, qurolli nizolar va inqirozlardan jabrlangan millionlab bolalar uchun umid mavjud edi. Cheklangan etishish imkoniyatlari, cheklangan havfsizlik va moliyalashdagi muammolarga qaramasdan insonparvarlik tashkilotlari, shu jumladan UNICEF ham birgalikda harakat qilgan holda hayotbahsh yordam ko’rsatishda va ta’lim va ruhiy dalda berish kabi muhim xizmatlarni ko’rsatishda davom etarkanlar dunyoning eng xatarli bo’lgan bir qator hududlaridagi bolalarga yordam berdilar.

• Markaziy Afrika Respublikasida havfsizlik holatlari imkon bergan vaqtlarda 662 ming bolani maktablarga qaytarishga qaratilgan kampaniya olib borilmoqda.

• Iroq va Suriyada poliomielitning keskin tarqalishini to’xtatish uchun poliomielitga qarshi og’iz bo’shlig’idan qabul qilishga mo’ljallangan vaksinaning deyarli 68 million dozasi Yaqin Sharq mamlakatlariga etkazib berildi.

• Janubiy Sudanda 70 mingdan ziyod bolalarga etarlicha ovqat iste’mol qilmaslikning og’ir ko’rinishidan qutqarishga qaratilgan yordam ko’rsatildi.

• Eboladan zarar ko’rgan mamlakatlarda mahalliy hamjamiyatlardagi parvarish markazlari va Ebola vabosini davolash bo’linmalarining yordamida mazkur virusga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar tibbiyot xodimlarini tayyorlash va virus yuqishi xatarini kamaytirishga qaratilgan axboriy-ma’rifiy kampaniyalar o’tkazish, shu bilan birga Ebola tufayli etim qolgan bolalarga yordam berish harakatlari orqali amalga oshirilmoqda.

"Afsuski bu qanchalik ziddiyatli bo’lmasin, bu yil Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyaning 25 yillik to’yonasi nishonlanayotgan bir davrda, butun dunyodagi bolalar manfaati yo’lida erishilgan ulkan yutuqlarimizni nishonlashimiz mumkin bo’lgan ayni vaqtda boshqa millionlab bolalarning huquqlari qo’pol ravishda buzilmoqda” – deydi janob Leyk. “Zo’ravonlik va jarohatlar muayyan bolalarning holatidan ko’ra ko’proq doirada zarar etkazadi – ular jamiyatning quvvatiga putur etkazadi. Dunyo hamjamiyati 2015 yilni har bir bola uchun sezilarli darajada yaxshiroq yilga aylantirish uchun ko’proq ishlarni amalga oshirishi mumkin va shunday qilishi kerak. Kuchli bo’lib ulg’ayotgan, havfsiz muhitda katta bo’layotgan, sog’lom va o’qimishli bo’lib voyaga etayotgan har bir bola uchun shunday qilish kerak, toki har bir bola o’z ravnaqi, oilasining ravnaqi, jamiyatining ravnaqi, mamlakatining ravnaqi va aslini olganda barchamizning kelajakdagi ravnaqimiz uchun ulg’ayishi va rivojlanishi mumkin bo’lsin.

UNICEF to‘g‘risida


O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ijtimoiy jihatdan alohida yordamga muhtoj bolalarga e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati bơyicha qơshimcha ma'lumot bilan quyidagi internet sahifasida tanishishingiz mumkin www.unicef.org


Bizni Tvitter ва Facebook da кузатиб боринг.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qilishingiz mumkin:

Najwa Mekki, UNICEF New York, +1 212 326 7448, +1 917 209 1804, nmekki@unicf.org

Rose Foley, UNICEF New York, +1 212 303 7987, +1 917 340 2582, rfoley@unicef.org

Kate Donovan, UNICEF New York, +1 212 326 7452, +1 917 378 2128, kdonovan@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 382


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar