O’zbekistonda bola huquqlarini ilgari surish uchun jamoat joylarida ‘IMAGINE’-‘TASAVVUR QIL’ nomli maxsus burchaklar tashkil etildi

Chop etish versiyasi
17 Dekabr 2014
8 8 Fotosuratlar

Toshkent, 2014 yil 16 dekabr – UNICEF bilan UCELL mobil kompaniyasi hamkorlikda NEXT savdo markazining 3-qavatida hamda UCELning Vohidov ko’chasida joylasjgan ofisida ‘Imagine’ – ‘Tasavvur qil’ kampaniyasiga bag’ishlangan burchaklarni tashkil qildi. Istagan inson bu joylarda ‘Imagine’ harakatiga qo’shilish uchun o’z ovozini berishi mumkin.

Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Samarkand viloyatlarida yashovchi yoshlar, bolalar va kattalar yaqin kunlarda kampaniyada istirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Maxsus divayslar va internet tarmoq Toshkent shahrida 4G, viloyatlarda esa 3G texnologoyalari vositasida UCELL tomonidan ta’minlanadi.

UNICEF tashabbusi bilan dunyo miqyosida o’tkazilayotgan ‘Imagine’ kampanoyasi har bir insonga Jon Lennonning ilhombaxsh qo’shig’ini ijro etish hamda bolalar uchun eng yaxshi dunyo tog’risidagi tasavvurini bitta gap bilan ifodaolash imkonini beradi. iPhone va iPad lardai #Imagine Touchcast ilovasi O’zbekistondagi youshlar, bolalar va kattalarga video murojaatlarini global raqamli platformaga jpylashtirisa imkonini beradi.

“Zamonaviy dunyoda bolalarning barcha huquqlarini amalga oshirish uchun keng miqyosda va yangicha fikrlash zarur. ‘Imagine’ kampaniyasining maqsadi har bir bola e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashdir,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich.“Mazkur tashabbus vositasida UNICEF millionlab insonlarga ana shu fikrni etkazishni maqsad qiladi.”

Bolalar huquqlarini ilgari surishni istagan har bir inson ‘Imagine’ burchaklaridan biriga quyudagi jadval bo’yicha tashrif buyurishi mumkin:

Toshkentda, 2014 yil 16-30 dekabr (seshanba – shanba kunlari) soat 14:00 dan 19:00 gacha.

UCELL mijozlariga xizmat ko’rsatuvchi ofis (Vokhidov ko’chasi, 113);
NEXT savdo markazi, 3-qavat (Bobur ko’chasi, 6).

Viloyatlarda soat 11:00 dan 16:00 gacha:

Buxoro, 2014 yil 17-18dekabr, UCELLning Buxorodagi markaziy ofisi;
Qarshi, 2014 yil 19-20 dekabr, UCELLning Qarshidagi markaziy ofisi;
Urgench, 2014 yil 24-25 dekabr – UCELLning Urgenchdagi markaziy ofisi;
Samarqand: 2014 yil 26-27 dekabr, UCELLning Samarqanddagi markaziy ofisi.

Bugunga qadar bir nechta O’zbek estradasi yulduzlari, jumladan Nasiba Abdullaeva, Lola Yuldasheva, Lola Akhmedova va DJ Piligrim bolalar uchun eng yaxshi dunyo g’oyasinin ilgari surishda UNICEF tashabbusiga qo’shildilar.

Shunisi ham muhimki, Lola Yuldasheva va DJ Piligrim ‘Imagine’ qo’shig’iga o’zbek va ingliz tillarida rasmiy musiqiy video olish ustida ish olib boryaptilar. Mazkur videoklip 2015 yil davomida mamalkatning television musiqa kanallarida efirga uzatiladi.

Dunyo bo’ylab yig’iladigan million ovozlardan iborat ‘Imagine’ qo’shig’iga O’zbekiston o’zining salmoqli hissasini qo’shadi deb UNICEF va UCELL ishonch bildiradi.

Agar ‘Imagine’ qo’shig’ning so’zlarinin o’rganishni hamda kampaniyada ishtirok etishni istasangiz, internetdagi https://www.youtube.com/watch?v=RwUGSYDKUxU sahifaga tashrif buyuring. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 860


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar