Jon Lenon klassik asarining UNICEF tomonidan taqdim etilgan “Umumjahon ijrosi” barchani bolalar uchun yanada yaxshi dunyoni “Tasavvur qilish”ga chorlaydi

Chop etish versiyasi
31 Dekabr 2014
1 1 Fotosuratlar

KEYPTAUN / LONDON / RIO-DE-JANEYRO / NYU-YORK, 2014 yil 31 dekabr. – Yangi yil kechasi Jon Lenon qalamiga mansub, hozirga qadar umid va tinchlik madhiyasiga aylanib ulgurgan “Imagin” (“Tasavvur qiling”) qo’shig’i dunyo bo’ylab poytaht shaharlardagi eng katta sahnalarda ijro etiladi va bu ijrodan ko’zlangan maqsad har bir bola uchun yanada yaxshi kelajakka qaratilgan global harakatni jonlantirishga yordam berishdan iborat.

Yanyi yil kechasi Keyptaun, London, Rio-de-Janeyro va Nyu-Yorkdagi tadbirlarda “Imagine” qo’shig’ining jonli ijrosi orqali barchaning e’tiborini bugungi kunda bolalar yuz tutayotgan dolzarb muammolarga qaratishdan iborat. Bunday muammolar jumlasiga qash’shoqlik, zo’ravonlik, hamda iqlim o’zgarishining salbiy ta’siri kabilar kiradi. Shuningdek bu harakat orqali dunyodagi juda ham ko’p bolalarga o’z salohiyatlarini to’la tadbiq etishga halaqit berayotgan to’siqlarga ham e’tibor qaratiladi.

UNICEF tomonidan boshchilik qilinayotgan #IMAGINE tashabbusi “harakat/2015” bilan birlashgan holda ish ko’ra bo’shladi. “Harakat/2015” – dunyodagi 1000 ga yaqin tashkilotlarning koalitsiyasi bo’lib, ular dunyodagi siyosiy etakchilarning e’tiborini muayyan dolzarb muammolarga qaratish hamda 2015 yilda o’tkazilishi kutilayotgan, kelajak tomon harakat rejalarini aniqlashga qaratilgan yirik yig’inlar arafasida jamoa bo’lib harakat qilishni yo’lga qo’yishga qaratilgan. Bunday yig’inlar jumlasiga 2015 yil iyul oyida Addis-Abebada o’tkaziladigan, dunyo taraqqiyotini moliyalashtirish global strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan “Taraqqiyot uchun moliyalashtirish” konferentsiyasi, jahon etakchilari tomonidan dunyoning keyingi 15 yilgi rivojlanishi uchun maqsadlar ishlab chiqiluvchi BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyidagi yig’ilishi hamda dekabr oyida Parijda o’tkazilajak, Iqlim o’zgarishi muammolari bo’yicha BMT Konferentsiyasi kabilar kiradi.

“Biz har bir bola uchun yanada yaxshi kelajakni tasavvur qilishimiz va unga erishish bo’yicha o’z oldimizga vazifa qilib qo’yishimiz kerak”, - deydi UNICEF Ijroya direktorining o’rinbosari Yoka Brandt. “Dunyo hamjamiyati 2015 yil va undan keyingi davr uchun faoliyat yo’nalishlarini ishlab chiqishga kirishganlarida bolalar taraqqiyot bo’yicha masalalarning markazida bo’lishi lozim. Chunki ularning kelajagi butun dunyoning kelajagidir”.

Yangi yil kechasi o’tkazilajak global tadbirlardan ko’zlanga maqsad bolalar, hamjamiyatlar va butun sayyoramiz oldidagi dolzarb muammolarga yanada ko’proq e’tibor qaratilishiga erishishdan iboratdir.

“Keyingi yilda insonlar va butun sayyoramiz uchun zarur bo’lgan bu qadar ko’p narsalar hal etilishi lozim ekan, biz 2015 yil bugungi avlodning orzularini ruyobga chiqarishiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Biz o’zgarishlar uchun bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarmasligimiz kerak”, - deydi “Qash’shoqlikka qarshi harakat uchun butunjahon chaqirig’I”ning hamkor raisi Amitabx Bexar “Harakat/2015” koalititsiyasi nomidan so’zlar ekan. “Kelaytogan yil davomida dunyoda insonlar birlashgan holda muayyano muammolarni hal etilishi bo’yicha choralar ko’rilishini talab qiladilar. Har bir istagan inson ushbu global harakatga qo’shilishi mumkin”.

Yoshlar Keyptaun, London, Rio-de-Janeyro va Nyu-Yorkdagi tadbirlarda “Imagine” qo’shig’ini jonli ijro etadilar. Ulardan ba’zilari ushbu mash’hur qo’shig’iga 1971 yil videoklip suratga olayotganida Jon Lenon foydalangan oq royalga o’xshash royalda mazkur qo’shiq kuyini ham ijro etadilar. Ushbu tadbirlarda shuningdek Jon Lenon klassik asariga olingan “Umumjahon ijrosi” videoklipi debyuti ham namoyish etiladi. Ushbu videoklip mash’hur Di-jey va musiqa produseri Devid Getta bilan hamkorlikda suratga olingan bo’lib, unda bir qator mash’hur insonlarning ovozlari yangraydi. Jumladan, yulduzlar Keti Perri, Anjelika Kidjio, Priyanka Chopra, Pau Gazol, Yuna Kim, Kallan MakOliff, Daniela Merkyuri, Xaled Abol Naga, Nikol Sherzinger, will.i.am, Sonu, Neymar, Adam Lambert, Paffi Ami Yumi hamda BMT Bosh Kotibi Pan Gi Mun janoblari, UNICEF ijrochi direktori Entoni Leyk, shuningdek, mazkur qo’shiqni Xalqaro kosmik stantsiyada kuylovchi Samanta Kristoforetti kabilar shular jumlasidandir. Mazkur yulduzlarga butun dunodagi bolalar, jumladan Bolgalriya, Filippin va Yamayka hamda o’z ijrolarini Touchcast ilova dasturi yordamida yuklagan oddiy insonlar jo’r bo’lib kuylaydilar.

Imagine qo’shig’ining “Umumjahon ijrosi” mazkur manzilga joylashtiriladi: http://touchcast.com/imagine

“Imagine – bu umid, tinchlik va birdamlik elchisidir”, - deydi Guetta. “Biz barchani UNICEF va #IMAGINE kampaniyasiga qo’shilishga chorlaymiz, chunki har bir bola qadrlidir va har bir ovozning ahamiyati bor”.

Tadbirlar to’g’risida to’la ma’lumot:

Keyptaunda soat 23.00 da Viktoriya va Alfred sohilida (Victoria and Alfred Waterfront) shahar mushaklari qarshisida Eerste Riverdagi Beverli Park boshlang’ich maktabining o’quvchisi 12 yoshli Jacheano-Shehano Pietersen Imagine kuyini oq royalda ijro etadi.

Keyptaun shahrining ijrochi meri Patrisiya de Lil shunday ta’kidlaydi: “Janubiy Afrika o’zgarishining mo’jizasi etarlicha insonlar hayollaridagi orzulariga etishish mumkinligiga ishonsalar nimalar erishish mumkinligini isbotlaydi. Har bir bola eng yaxshi ta’limni olishga loyiq va biz birlashgan holda aynan shuni tasavvur qilishga qaratilgan choralarni ko’rish orqali bunday ta’limni ularga berishimiz mumkin”.

Londonda 15 yoshli Eleonor Grant Temza bo’yida, Parlament binolari qarshisida o’rnatilgan oq royalda Imagine kuyini ijro etadi. Qo’shiq kuyi insonlar yangi yilni nishonlash uchun to’planayotgan onda ijro etiladi.

“2015 yil – o’ta muhim yildir. Bu yil bizga qash’shoqlikka qarshi va butun dunyoda iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan qadamlarimizni belgilab olishimiz imkonini beradi. Hozirgi avlod va kelajak avlodlar uchun yanada yaxshi dunyoni hozirlashimiz uchun barchamiz ushbu kampaniyaga qo’shilishimiz zarur. Biz bunga erisha olishimiz mumkinligini “Tasavvur qiling”, - deydi London meri Boris Jonson.

Rio-de-Janeyroning Kopakabana plyajida San-Paululik 15 yoshli Vinitsiy Gomez minglab tashrif buyuruvchilar qarshisida mazkur qo’shiqni oq royalda ijro etadi.

Rio-de-Janeyro meri Eduardo Paes ta’kidlashicha “Shak-shubhasiz 2015 yil bizning kelajagimizga ta’sir ko’rsatadigan o’zgarishlar olib keladi. Shunday ekan, hukumat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi so’zlashuv asosida qurilgan kelajakka erishish maqsadida Rio “Harakat/2015” va UNICEFni qo’llab-quvvatlaydi”.

Nyu-Yorkda, Nyu-York Qimmatbaho qog’ozlar birjasida UNICEF Ijroya direktori o’rinbosari Yoka Brandt hamda Amerika UNICEF Jamg’armasi Rivojlanish bo’yicha Katta vitse-prezidenti Barron Segar soat 16.00 da bu yilgi savdo oparatsiyalari yakunlanganidan dalolat beruvchi qo’ng’iroqni chaladilar. So’ngra San’at maktabi Professional xori tomonidan “Imagine” qo’shig’i ijro etiladi hamda “Umumjahon ijrosi” videoklipi namoyish etiladi. Mazkur tadbirning jonli tasvirini quyidagi manzilda kuzatish mumkin: https://www.nyse.com/bell.

2014 yil 31 dekabrda Sptify musiqa saytida mash’hur Di-jey va musiqa prodyuseri Devid Getta o’zining soat 23.00 da boshlanuvchi 2-soatlik kontsertida “Imagine” qo’shig’i ijro etadi.

UNICEF dunyodagi bir qator mamlakatlarda #IMAGINE loyihasi “tayyorlanishini” suratga olishda ko’rsatgan ijodiy yordamlari va sahiy yordamlari uchun “Indigital Media” kompaniyasiga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, loyihaga Londondagi Avliyo Tomas shifoxonasi, “V&A Waterfont” majmuasi, Keyptaun, Mandala va Rio-de-Janeyro tomonidan sahiy yordam ko’rsatildi.

#IMAGINEda ishtirok etish uchun:

TouchCast tomonidan tayyorlangan #IMAGINE ilovasini iOS operatsion tizimlari uchun Apple kompaniyasining App Store virtual do’konidan, Android tizimlari uchun esa – Google Store dan yuklab olish lozim. So’ngra o’z ijroingizdagi “Imagine” qo’shig’ini mazkur ilova yordamida yozing; unga bolalar uchun yanada yaxshi dunyo qanday bo’lishligi to’g’risidagi o’z tasavvuringiz bayon etilgan murojaatingizni ham qo’shing; natijada hosil bo’lgan videolavhani internetga yuklang. Har bir yuklangan videolavha uchun UNICEFning hamkorlari videolavha mualliflari nomidan UNICEFning butun dunyodagi bolalar ravnaqi uchun olib borayotgan harakatlarini qo’llashga qaratilgan 1 AQSh dollari miqdoridagi mablag’ni hayriya qiladilar. O’zingiz yozgan videolavhalarni do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing. Buning uchun #EVERYONECOUNTS va #IMAGINE xeshteglaridan foydalaning.

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz. UNICEF va uning faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.unicef.org.

“Harakat/2015” to’g’risida

“Harakat/2015” – dunyodagi 120 dan ko’p mamlakatlarga mansub bo’lgan 1000 dan ortiq tashkilotlar koalitsiyasidir. O’z tarkibida xalqaro tashkilotlardan tortib to mahalliy uyushmalargacha bo’lgan tashkilotlarni birlashtirar ekan mazkur koalitsiya dunyo siyosiy etakchilarini tengsizlik, qash’shoqlik va iqlimnig o’zgarishiga qarshi 2015 yilda choralar ko’rishga hamda yanada yaxshi dunyoni shakllantirish uchun asos yaratishga chorlash maqsadida tuzilgan. Ushbu maqsadga erishish yo’lidagi faoliyatini amalga oshirish uchun koalitsiya Iqlim masalalari bo’yicha 2015 yilgi Parij Sammiti, 2015 yildan keyingi muddatda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan jarayondan foydalanish hamda asosiy e’tiborini ommaviy kampaniyalarga qaratishdan ahd qilgan bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad dunyoning siyosiy etakchilari insonlarning ularga yo’naltirgan talablarini his etishlari va buning natijasida dolzarb muammolar bo’yicha samarali choralar tadbiq etilishiga yanada ko’proq e’tibor qaratishlarini ta’minlashdan iborat. 15 yanvar kuni koalitsiya Janubiy Afrikadan Braziliyagacha va Nigeriyadan Norvegiyagacha bo’lgan mamlakatlarni qamrab oluvchi butun dunyo bo’ylab o’z faoliyatini rasmiy ravishda boshlaydi.

Efirga uzatuvchilar diqqatiga: Mazkur tadbirlar bo’yicha b-roll va 90 daqiqalik photosand 31 dekabr oqshomidan to 1 yanvar yakuniga qadar bo’lgan davr mobaynida internetga yuklanadi. Ular bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: http://www.indigital.tv/imaginenye

#IMAGINE bo’yicha qo’shimcha lavhalar, shu jumladan bolalar hamda san’at yulduzlari va mash’hur insonlarning ovozlari quyidagi manzilga joylashtirilgan: http://weshare.unicef.org/mediaresources

OAVning #IMAGINE, b-rollar va intervyu olish bo’yicha har qanday so’rovlari bilan quyidagi manzillarga murojaat qiling:

Nyu-Yorkda: Kate Donovan – Tel.: +1 917 378 2128 elektron pochta: kdonovan@unicef.org
Katie Fox -Tel: +1 267 815 0845 elektron pochta: katie@thisismission.com
Jacqueline Strum - Tel: +1 914 450 6531 elektron pochta: jacqueline@thisismission.com

Londonda: Katy Hall - Tel: +44 7912556226 elektron pochta: katyh@thisismission.com

Keyptaunda:Sudeshan Reddy Tel: +27 82 563 5286, elektron pochta: sureddy@unicef.org

Rio-de-Janieroda: Pedro Ivo Alcantara – Tel.: +556181519775, elektron pochta: pialcantara@unicef.org

Ijrolar, b-roll va inervyular bo’yicha har qanday qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:

Londonda: Caroline Preston - Tel: +44 7771 786 852, elektron pochta: caroline.preston@freuds.com

Amy Dowd - Tel: +44 7737007016, elektron pochta: amy.dowd@freuds.com

Keyptaunda: Emma King - Tel: +27 21 408 7631, elektron pochta: eking@waterfront.co.za
Caroline Preston - Tel: +44 7771 786 852, elektron pochta: caroline.preston@freuds.com

Rio-de-Janieroda: Andrea Pessôa – Tel.: +55 21 99802 6622, elektron pochta: andrea@mniemeyer.com.br
Amy Dowd – Tel: +44 7737007016, elektron pochta: amy.dowd@freuds.com
Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 258


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar