UNICEF va ECHO o’rtasidagi yangi bitimning maqsadi – bolalarning yashovchanlik darajasini oshirishdan iborat

Chop etish versiyasi
16 Yanvar 2015
1 1 Fotosuratlar

OLMAOTA/JENEVA/BRYUSSEL, 16 yanvar 2015 y. — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar Jamg’armasi (UNICEF) va Yevropa Komissiyasi Insonparvarlik yordami va fuqarolik himioyasi departamenti (ECHO) tomonidan hamkorlik bitimiga imzo chekildi. Bitim mavzusi tabiiy ofatlar ehtimoli darajasi eng yuqori bo’lgan Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlarida ofatlar xatarini kamaytirish (OXK)ga qaratilgan tadbirlarni yanada jadallashtirishdan iborat. Byudjeti 1,8 million evrodan iborat bo’lgan (Evropa Komissiyasi ulushi — 1,35 mln. evro) dastur doirasida tabiiy ofatlar takrorlanishi darajasi yuqori bo’lgan joylarda ham umummamlakat hamda mahalliy darajalarda kerakli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Yangi dasturning maqsadi OXK bo’yicha oldingi tashabbuslar davomida yig’ilgan eng ilg’or tajribalarni ommalashtirish orqali ta’lim va boshqa yo’nalishlarda erishilgan ijobiy natijalrni mustahkamlash hamda barcha darajalarda tabiiy ofatlar holatidagi yashovchanlikni ta’minlashdan iborat. Bu esa, o’z navbatida, maktablar o’quv dasturlariga OXK mavzusi integratsiyasini yanada kengaytirish, o’qituvchilar uchun maxsus o’quv seminarlarni tashkil etish hamda maktablarda «ofatlar xatarini boshqarish» tizimini mustahkamlash kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.

«Mazkur tashabbus bizning tashviqot faoliyatimizni hamda yig’ilgan ijobiy tajribani o’rganish va o’rtoqlashish jarayonini takomillashtirish imkonini beradi. Bu esa, mazkur mintaqadagi mamlakatlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan xatarlarning o’xshashligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega», — deydi UNICEFning Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha Mintaqaviy bo’linmasi direktori o’rinbosari Kirsi Madi xonim.

UNICEF, uning yordamida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va O’zbekistondagi davlat muassasalarida OXK bilan bog’liq bo’lgan siyosat va amaliyot chora-tadbirlari qanday qilib takomillashtirilishi mumkinligiga misollar keltiradi.

Yuqorida tilga olingam ettita mamlakatda erishilgan yutuqlarni institutsializatsiyasi jarayonini, OXKni ta’lim tizimlariga kiritish hamda ofatlar xatarini kamaytirish borasidagi muvaffaqqiyatli tashabbuslarning ommalashtirish jarayonlarini qo’llab-quvvatlaydi. Qishloq va shaharlardagi maxsus tanlangan maktablarda barcha maktablardagi bolalarning teng ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan ijg’or tajbirbalar bilan o’rtoqlashish markazlari tashkil etiladi. Bu borada har bir mamlakatdagi tajribalarni mustahkamlash va ommalashtirish maqsadida maktabalar darajasida ofatlar xatarini kamaytirish choralariga katta e’tibor qaratiladi.

«Biz Evropa Komissiyasining moliyaviy yordamida amalga oshirilayotgan UNICEFning mazkur yangi dasturini hayotga tadbiq etish, ro’y berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar holatida to’g’ri harakatlanish qobiliyatini mustahkamlash orqali maktab o’quvchilari, talabalar hamda o’qituvchilarning hozirgi va kelajak avlodlariga naf keltirishiga ishonamiz. Shuningdek bu mahalliy hamjamiyatlarning tabiiy ofatlarga yuz tutish holatlaridagi barqarorlik darajasini oshirishda muhim rol oynaydi», — deydi EKning Insonparvarlik yordami va fuqarolik himoyasi departamenti (ECHO) direktori janob Klaus X. Sorensen. Mazkur etti mamlakatning har birida UNICEF ta’lim, sog’liqni saqlash, bolalar himoyasi va ijtimoiy himoya kabir bir qator tarmoqlarda o’z faoliyatini olib boradi va OXKni barcha dasturlarga kiritish maqsadida ushbu mamlakatlardagi turli xil vazirliklar bilan o’z hamkorligini davom ettiradi. Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston ofatlar xatarini submilliy darajada tahlil qilish bo’yicha sinov jarayonini qayta ko’rib chiqadilar, qabul qiladilar va tadbiq etadilar. Bunda aholining eng zaif qatlamlari, xususan bolalarga alohida e’tibor qaratiladi.

###

Evropa Komissiyasining Insonparvarlik yordami va fuqarolik himoyasi departamenti (ECHO) to’g’risida


Evropa Komissiyasining Insonparvarlik yordami va fuqarolik himoyasi departamenti (ECHO) insonparvarlik yordamini ko’rsatish borasida dunyodagi eng asosiy homiylardan biri hisoblanadi. ECHOning moliyaviy ko’magi tufayli har yili dunyoning 70 mamlakatidagi tabiiy yoki texnogen ofatlar qurboniga aylanayotgan 20 mln.ga yaqin insonga yordam beriladi. Yordamga eng muhtoj bo’lgan insonlarga insonparvarlik yordamini etkazish faoliyatida 200ta hamkor tashkilotlar ishtirok etadi. Bular jumlasiga Qizil hoch va Qizil yarim oy qo’mitasi, BMTning maxsus agentliklari va Evropadagi nodavlat tashkilotlari kiradi. Bu borada to’liq ma’lumot bilan quyudagi manzilda tanishish mumkin: http://ec.europa.eu/echo/index_en.htm

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

Bolalar manfaati yo’lida EI/UNICEFning hamkorligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.unicef.org/eu/

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyudagi mutaxassislarga murojaat qiling:

Rebekka Opfermann xonim (Rebekka Opfermann) — UNICEFning Bryusseldagi bo’linmasi.
Telefon: +32 2 5050 106; El. pochta: ropfermann@unicef.org

Karolina Glyuk xonim (Caroline Gluck) — Evropa Komissiyasining Insonparvarlik yordami va fuqarolik himoyasi departamenti (ECHO), Yordam ko’rsatish bo’yicha mintaqaviy bo’linma. Ommon, Iordaniya. El.pochta: Caroline. Gluck@echofield.eu

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 75


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar