Shakira va Jerar Pike UNICEFning bolalar ravnaqi yo’lidagi faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun “Butunjahon bebi-shaueri”ni o’tkazmoqdalar

Chop etish versiyasi
23 Yanvar 2015
1 1 Fotosuratlar

NYU-YORK/BARSELONA, 19 yanvar 2015 y. – Qo’shiqchi, qo’shiqlar muallivi va UNICEFning Yaxshi niyat elchisi Shakira hamda “Barselona” futbol klubining futbol yulduzi Jerar Pike ikkinchi farzandlarining yaqinda kutilayotgan tug’ilishini o’zlarining oldingi “butunjahon bebi-shaueri” harakatini davom ettirish hamda UNICEF va dunyodagi o’gir ahvolda qolgan bolalarga yordam berishga kirishish orqali nishonlamoqdalar.

UNICEF bilan hamkorlikda o’zlarining birinchi farzandlari Milan uchun o’tkazilgan “bebi-shauer”dan keyin Shakira va Jerar barcha onalar o’z bolalari bilan birgalikda foydalanishlari mumkin bo’lgan dushni yaratishga qaror qildilar. Mazkur dush barcha homilador ayollar uchun ochiq bo’lishi kerak bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad boshqa “bebi-shauer”larga ham ulkanroq maqsadni belgilab berish hamda eng muhtoj bo’lgan chaqaloqlar va onalarga yordam berishdan iborat.

“Hozirda biz ikkinchi farzandimizning yaqin orada dunyoga kelishini kutar ekanmiz, dunyodagi boshqa bolalarga ham yordam bermoqchimiz va shu bilan birga o’ta qash’shoqlik sharoitida yashayotgan bolalarni eng zarur bo’lgan mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli harakatga o’z xissamizni qo’shmoqchimiz”, - deydi Shakira.

“Biz shuningdek boshqa ota-onalar ham xuddi shunday qilishga ehtiyoj sezishlarini xohlaymiz”, - deb qo’shimcha qiladi Shakira. “Ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi tufayli hozirgi kunda millionlab insonlar e’tiboriga havola qilinishi mumkin bo’lgan bunday tarmoqlardagi sahifalar nafaqat mash’hur insonlarda mavjud. Shuning uchun biz ushbu harakat bizning “bebi-shauer” tugaganidan keyin ham davom etishini istaymiz va bunday insonlarga ham o’zlarninig “bebi-shauer”larine UNICEF bilan birgalikda tashkil etishni taklif qilamiz. Ikkinchi farzandlari dunyoga kelishini kutayotgan mash’hur juftlikning muxlislariga maxsus veb-saytga tashrif buyurish orqali o’zlari o’tkazgan marosim to’g’risidagi ma’lumotlar bilan o’rtoqlashish taklif qilinadi.

Ushbu veb-saytda “Ilhomlangan sovg’alar” kiritilgan bo’lib, ushbu sovg’alar UNICEF tomonidan dunyonig eng qash’shoq va eng chekka qismlarida yashayotgan bolalar ravnaqi yo’lidagi faoliyatiga bevosita xissa qo’shadi. Facebookdagi o’zining eksklyuziv xabarida Shakira har bir bo’lg’usi ona dunyodagi barcha bolalarning hayot darajasini barqarorlashtirish va yanada yaxshilash harakatiga o’z xissasini qo’shishiga yordam beruvchi platformani yaratishga uni nimalar ilxomlantirgani xususidagi ma’lumot bilan o’rtoqlashdi. “Farzandi dunyoga kelishini kutayotgan har bir ayol farzandi dunyoga kelishi uchun ko’rsatiluvchi xayrixohlikdan dunyodagi boshqa, qiyin sharoitlardagi bolalarning hayotini saqlab qolish uchun foydalanish huquqiga ega. Agar “bebi-shauer” o’tkazuvchi har bir bo’lg’usi ona o’zi istagan sovg’alari ro’yxatiga UNICEF tomonidan taklif etilgan mazkur “ilhomlangan sovg’alar”dan ba’zilarini kiritsa, birgalikda biz dunyodagi yuz minglab bolalarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin”.

Ushbu murojat mantnida muxlislar Facebookning yangi “harakatga chorlash” funktsiyasidan “Sovg’a qilish” tugmasiga bosish orqali foydalanishlari mumkin. Bu ularga “ilhomlangan sovg’alar” to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish va “bebi-shauer” uchun bunday sovg’ani xarid qilish imkonini beradi.“Butunjahon bebi-shaueri” doirasida muxlislari xarid qilishlari mumkin bo’lgan 10 ta “ilhomlangan sovg’alar” jumlasiga 50 ta chaqaloqni dunyoga keltirishga mo’ljallangan doyalik to’plamlari va tibbiyot moslamalari, qizamiq va poliomelitga qarshi vaktsinalar, chaqaloqlar uchun yopinchiqlar va tarozilar kiradi. Qolgan sovg’alar ichida sporti kuchining hamda baxtli va sog’lom bolalikni yaratishning ramzi bo’lmish futbol kopto’gi va shuningdek, bolalarda o’qish va o’rganishga bo’lgan muhabbatni shakllantirishga qaratilgan hikoyalar to’plamlari kabilarni ko’rish mumkin.

Shakiraning Twitter dagi sahifasida uning muxlislari Shakira va Jerar tomonidan imzolangan maxsus minnatdorchilik otkritkalarini xarid qilishlari mumkin. Xarid qilingan har bir otkritka insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin bo’lgan qizamiq vaktsinasini xarid qilish imkonini beradi.

Shakira va Jerar boshqa ota-onalarni ham o’z virtual “bebi-shauer”larine o’tkazishga chorlaydi va bunga o’z oilalari, do’stlari hamda muxlislarini jalb qilsh orqali UNICEFning bolalar ravnaqi yo’lidagi faoliyatini qo’llab-quvvatlashga chorlaydi. Buning uchun quyidagi sahifaga kirish kifoya: worldbabyshower.org.

“Bebi-shouer” dunyning ko’p mamlakatlarida keng tarqalgan bo’lib, bu yaqinda dunyoga kelajak yo’ki yaqinda tug’ilgan farzandni qutlash marosimidir va unda onaga sovg’alar taqdim etiladi. Ushbu mash’hur juftlikning birinchi “Butunjahon bebi-shauer”i UNICEFning bolalar ravnaqi yo’lidagi faoliyatiga qaratilgan bo’lib, u 2013 yilning 16 yanvaridan 15 fevraligicha davom etdi va ularning birinchi farzandlari bo’lmish Milan ismli o’g’illariga bag’ishlandi. Mazkur marosim natijasida 80 mingdan ziyod bolalar poliomelitga qarshi emlandilar; etarlicha ovqatlanmaslikdan azob chekayotgan bolalarga 4 tonnaga yaqin shifobaxsh ozuqalar etkazib berildi; kravatlar uchun 1000 ga yaqin malariyaga qarshi to’rlar hamda 200 mingga yaqin og’iz regidratsiya tuzlari paketchalari tarqatildi.“Butunjahon bebi-shauer”idan olingan sovg’alar ona yoki bolaning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Bolalar o’limini kamaytirish borasida erishilgan ulkan yutuqlarga qaramasdan xaligacha dunyoda har yili 5 yoshga to’lmagan 6,3 million bola aksariyatining oldi olinishi mumkin bo’lgan sabablar tufayli dunyodan bevaqt ko’z yummoqda. Bunday bolalar jumlasiga hayotining 1-oyida vafot etayotgan 2,9 million chaqoloqlar ham kiradi. Har kuni millionlab onalar zarur tibbiyot anjomlari, dori-darmonlar yoki yordamchi vositalarsiz tug’ruqni boshdan kechirmoqda.

UNICEFning “Ilhomlangan sovg’alar”i innovatsion dastur bo’lib, u keng ommaga chindan ham insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin bo’lgan predmetlarni sotib olish imkonini beradi. Ushbu mahsulotlar UNICEFning Kopengagendagi istalgan omboridan yoki UNICEF o’z faoliyatini yuritayotgan 150 dan ortiq mamlakatlar va o’lkalardagi ko’plab ta’minotchilarning istalgan biri tomonidan etkazib beriladi.

###

Qo’shimcha ma’lumotlar va fotosur’atlarga buyurtmalar uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qiling:

Marissa Buckanoff, UNICEF Nyu-York,Tel +1 212 326-7513, Mobil: +1 917345-6425, mbuckanoff@unicef.org Rita Ann Wallace, UNICEF Nyu-York, Tel +1 212 326-7586, Mobil: +1 917 213-4034, rwallace@unicef.org

Amanda Silverman, 42West,Amanda.silverman@42west.net

DvoraEnglefield, 42 West Dvora.englefield@42west.net

Marta o’qilgan: 323


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar