Bola huquqlari bo’yicha oily o’quv yurti uchun O’zbekistonda birinchi o’quv dasturi tadbiq etilishiga poydevor yaratildi

Chop etish versiyasi
03 Fevral 2015
5 5 Fotosuratlar

Ushbu yilning fevral oyidan boshlab UNICEF bola huquqlari bo’yicha o’quv fanini o’quv dasturiga kiritish bo’yicha Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlik qiladi. Bola huquqlari bo’yicha xalqaro konsultant Ingrid Van-Velzenis xonim o’quv rejalari va darsliklar tayyorlash hamda kattalarni o’qitishda interaktiv uslublarni joriy etish bo’yicha to’rtta milliy ekspertlar bilan ish olib boradi.

Shu yilning 19–24 yanvar kunlari O’zbekistonga birinchi tashrifi doirasida Van-Velzenis xonim mahalliy ekspertlar bilan bola huquqlari bo’yicha mazkur o’quv kursda yoritilajak mavzularni muhokama qildi. Muhokama jarayonida shuningdek kerakli ma’lumotlarni berish va ular talabalar tomonidan maksimal darajada eslab qolinishini ta’minlash uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan interaktiv uslublarning umumiy bayoni taqdim etildi.

Van-Velzenis xonim universitetning professor-o’qituvchilariga mavzuga oid yarim kunlik ustozlar uchun mashg’ulot (UUM) o’tkazdi va unda kattalarni o’qitishning interaktiv uslublarini taqdim etdi. UUMda universitetning turli xil kafedralaridan 20 dan ortiq o’qituvchilar ishtirok etdilar.

«Xalqaro tadqiqotlarga asosan hammamiz bilamizki, o’qitishning interaktiv uslublaridan foydalanish, shu jumladan talabalarni o’qitishda ularni tadbiq eitsh, ular yangi ma’lumotlarni qabul qilish va ularni ishlatishga ishtiyoqmand bo’lishlarini kafolatlaydi», — dedi Van-Velzenis xonim.

«Men Toshkent davlat yuridika universiteti buni amalga oshirishga tayyor ekanligidan mamnunman. Bu esa, talabalar bola huquqlari bo’yicha bilimlarni huquq yo’nalishidagi o’quv fani doirasida tashqarida qo’llay olishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va munosabatlarni shakllantirish imkoniga ega bo’lishlarini demakdir. Bu talabalarga bola huquqlari nafaqat nazariya, balki amaliyotda ham qanday qo’llanilishini tushunish imkonini beradi.» — deydi u.

Ushbu go’yalarni yodda tutgan holda, xalqaro konsultant mahalliy ekspertlarga ular ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlarda qo’llashlari mumkin bo’lgan interaktiv amaliy mashqlarni ishlab chiqishda yordamlashdi.

Van-Velzenis xonim shuningdek Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya qabul qilinganligining 25-yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan talabalar davra suhbatida ishtirok etdi. Davra suhbatida universitetning professor-o’qituvchlari va O’zbekiston adliya tizimida faoliyat ko’rsatayotgan bir qator mutaxassislar ham qatnashdilar. Mazkur anjumanning maqsadi bola huquqlari bo’yicha o’quv fanining universitet o’quv dasturiga kiritilishi bo’yicha xabardorlikni oshirish hamda bola huquqlari bo’yicha dunyoda va shu jumladan O’zbekistonda dolzarb bo’lgan masalalarga e’tibor qaratishdan iborat bo’ldi.

2015 yil bola huquqlari bo’yicha o’quv fani Toshkent Davlat Yuridika Universitetida o’qitilishining eksperimental yili bo’ladi. O’quv kursi joriy semestr oxirida baholanadi. Ushbu baholashning natijalari bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan bola huquqlari bo’yicha o’quv kursinig 2016 yilda o’qitish uslublarini takomillashtirishda foydalaniladi.

Ayni vaqtda xalqaro va mahalliy ekspertlar guruhi kejalakda o’qitilajak o’quv fani uchun darslik ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. 2016 yilning fevral oyidan boshlab bola huquqlari bo’yicha to’laqonli o’quv dasturi tadbiq etilishi kutilmoqda. Mazkur o’quv dasturi o’tkazilgan baholash natijalari bo’yicha tayyorlangan tavsiyalar va ushbu o’quv fanini takomillashtirish bo’yicha berilgan taklif-mulohazalar asosida shakllantiriladi. Xalqaro konsultantning ikkinchi tashrifi 2015 yilning iyun oyiga rejalashtirilgan.

Marta o’qilgan: 209


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar