IMAGINE qo’shig’iga videoklip tayyorlash ishlari davom etmoqda

Chop etish versiyasi
06 Fevral 2015
6 6 Fotosuratlar

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi IMAGINE qo’shig’iga rasmiy videoklipni sur’atga olish ishlarini yakunladi. Jon Lenonning mash’hur qo’shig’i Lola va DJ Piligrim tomonidan ijro etilgan bo’lib, qo’shiqning bu talqinida o’zbek milliy musiqasi ohanglaridan ham foydalanilgan. “Sato” instrumental guruhi va “Tomosha” bolalar guruhi ham ushbu videoklipni sur’atga olishda ishtirok etdilar.

IMAGINE kampaniyasi Jon Lenonning eng ilhombaxsh qo’shig’iga asoslangan bo’lib, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 25 yilligini global darajada nishonlashga bag’ishlangan. Ushbu tashabbus UNICEF tomonidan 2014 yil 20 noyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida ushbu qo’shiqning jonli ijrosini uyushturish orqali boshlab berildi.

Loyiha butun dunyo bo’ylab bolalar huquqlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Jamiyatning barcha a’zolariga “Imagine” qo’shig’ini mobil telefonlar uchun maxsus tayyorlangan dastur orqali shaxsiy ijrolarida yozib olish va uni ijtimoiy tarmoqlardagi o’z sahifalariga joylashtirish, shu bilan birga bulan o’z izdoshlari, do’stlari va oilalarini ham mazkur harakatda ishtirik etish taklif qilindi.

Ushbu global tashabbus doirasida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi va Ucell mobil aloqa kompaniyasi Toshkent, Samarqand, Urganch va Qarshi shaharlarida IMAGINE ommaviy burchaklarini tashkil qildilar. 2014 yilning dekabr oyida ushbu global tashabbusda ishtirok etish istagida bo’lgan barcha insonlar bolalarning oliy manfaatlarini targ’ib qilish ishiga o’z ovozlarini qo’shish imkoniga ega bo’ldilar.

IMAGINE qo’shig’a olingan O’zbekistondagi rasmiy videoklipning taqdim etilishi 2015 yil fevral oyining oxiriga rejalashtirilmoqda.

Ayni chog’da “Mening yurtim”-MY5 telekanali tomonidan tayyorlangan va efirga uzatilgan maxsus reportajni tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=WrTycaaNN28&feature=youtu.be

Suratga olish jarayoni tasvirlangan suratlarni fotogalereyamizga ko’rishingiz mumkin.

O’zbekistonda sur’atga olingan IMAGINE videoklipini birinchilar qatorida tomosha qilishni istasangiz, bizni www.unicef.uz internet sahifamizda hamda Facebookdagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 76


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar