UNICEF va Devid Bekxem “7” deb nomlangan, butun dunyodagi xatar ostida yashayotgan bolalarga yordam berishga qaratilgan yangi jamg’armani ta’sis etishmoqda

Chop etish versiyasi
09 Fevral 2015
Press-reliz
3 3 Fotosuratlar

Jahon sporti yulduzi UNICEFning Yaxshi niyat elchisi sifatidagi o’z faoliyatiga 10 yil to’lgnligini bolalar manfaatini himoya qilishga qaratilgan yangi tashabbusni boshlash bilan nishonlamoqda.

LONDON, 2015 yil, 9 fevral – Devid Bekxem va UNICEF bugun yangi, novatorlik tashabbusini yo’lga qoymoqdalar. Bu – “7: Devid Bekxem va UNICEF Jamg’armasi” bolib, u o’z faoliyatini butun dunyodagi xatar ostida yashayotgan bolalarga yordam berishga qaratadi.

Devid Bekxemning UNICEF Yaxshi niyat elchisi sifatidagi faoliyatiga 10 yil to’lganligi munosabati bilan ochilgan “7” jamg’armasi Devid keyingi 10 yil davomida dunyodagi eng tang holatdagi bolalarga yordam berish bo’yicha o’z zimmasiga olgan majburiyatdir. “7” jamg’armasi orqali Devid o’z nomining mash’hurligi, ta’sir o’tkazish qobiliyati va aloqalarini ishga solgan holda hayot uchun zarur bo’lgan mablag’larni yig’ish va dunyo etakchilarini bolalar uchun ijobiy o’zgarishlarni olib kelishga chorlashga bel bog’lagan.

UNICEF Yaxshi niyat elchisi Devid Bekxem shunday deydi: “Mana 10 yildirki, UNICEFning Yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat yuritaman va UNICEF tomonidan bolalar farovonligini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan xayrli ishning ishtirokchisi bo’lish imkoniga ega bo’lganimdan juda fahrlanaman”.

“Bolalarga yordam berish zarurati hech qachon bugungichalik dolzarb bolmagan. Ayni chog’da katta sportdan ketganim sababli vaqtim ancha ko’p va shuning uchun ham bu yo’nalishda sezilarli darajada ko’proq ishlarni amalga oshirmoqchiman. Men o’z yordamimni yanada kengaytirmoqchiman, chunki buni qila olaman, chunki bunday qilishni istayman va chunki buning natijasida millionlab bolalarning hayotida ijobiy o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Nimaiki bilan shug’ullanmay, hox futboldagi kar’eram bo’lsin, hox mening oilam – bularing hammasi meni shu nuqtaga olib keldi. Dunyoning barcha burchaklardagi bolalarga yordam berishim uchun vaqt keldi deb o’ylayman. Bu mening o’z farzandlarim fahrlanishlarini istagan narsamdir.”

“Kelayotgan bir necha yil davomida men UNICEF bilan birgalikda ish olib borgan holda millionlar miqdoridagi xayriya mablag’larini yig’ish va butun dunyodagi bolalarning manfaati yo’lida harakat qilaman. Men xayriya mablag’lari yig’ish bo’yicha juda ko’plab tashabbuslarni rejalashtirmoqdaman va oldingidan ancha ko’proq sayohat qilish va bunda bolalar bilan, UNICEF xodimlari bilan va dunyo etakchilari bilan uchrashgan holda xabardorlik darajasini oshirish va o’zgarishlar sur’atini oshirishga xissa qo’shish niyatidaman. Oldinda juda ham qiziqarli rejalarimiz bor va bu rejalarning bir qismi bo’lishdan fahrlanaman”.

Bekxemning Angliya terma jamoasida va “Manchester United” futbol klubidagi futbolkalarida aks ettirilgan va u uchun omadli sanaluvchi raqam sharafiga nomlangan “7” jamg’armasi eng yangi tarixda bolalar uchun eng halokatli deb topilgan yil yakunlangandan keyin tashkil etilmoqda.

2014 yilda 15 million bola yirik qurolli nizolar davrida o’ta shafqatsiz tahqirlanishga uchradi va yani chog’da yana bir necha million bola tabiy ofatlardan talofat ko’rdi hamda bir necha ming bola Ebola vabosining qirg’ini tufayli etim qoldi va maktaba o’qish imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Favqulodda holatlardan tashqari hollarda ham millionlab bolalar jiddiy xatarlarga yuz tutmoqdalar. hozirda dunyoda 168 million bola bolalar mehnati bilan shug’ullanmoqda; ko’p sonli bolalarga nisbatan zo’ravonlik, odam savdosi kabi dahshatli holatlarning qurboni bo’lmoqdalar.

“7” jamg’armasi 2015 yilga qadalgan umid va uning salohiyatidan foydalanmoqchi, chunki aynan shu yili dunyo etakchilari dunyo bolalalari hayotini uzoq yillar davomida o’zgartirishi mumkin bo’lgan yangi global maqsadlarni belgilaydilar. “7” jamg’armasi orqali Devid Bekxem hayot uchun zarur bo’lgan xayriya mablag’larini yig’adi va o’zgarishlarni tadbiq etishga chorlaydiki, toki UNICEF va uning hamkorlari dunyodagi bolalar uchun ijobiy natijalarga erishish imkoniga ega bo’lsinlar hox u ta’lim yonalishida bo’lsin, hox suv ta’minoti va sanitariya, so’gliqni saqlash yoki ijtimoiy xizmat yonalishida bo’lsin, bularni hammasini bunga eng muhtoj bo’lgan bolalarga etkazib berish yo’lida ish olib boradi.

UNICEF dunyoning 7 ta mintaqasida keyingi uch yil davomida bolalarning hayotini saqlab qolish va o’zgartirish uchun zudlik bilan moliyaviy yorda talab etiluvchi nuqtalarni aniqladi. Bu yo’lda talab etiluvchi tashabbuslarning ba’zilari shaharlar va qishloqlardagi dasturlar bo’ladi, ba’zilari – butun mamlakat bo’ylab olib boriluvchi dasturlar bo’ladi, ba’zilari esa butun bo’shli mintaqalarni qamrab oladi. Bu nuqtalarning barchasi hozirning o’zida bolalar xatar ostida yashayotgan joylardir. Ular zo’ravonlik, shafqatsiz munosabat yoki kasalliklardan azob chekmoqdalar. Bu joylar hozirgi kunda moliyaviy yordamning mavjud emasligi tufayli bolalar eng zaif insonlarga aylangan joylardir.

Ushbu dasturlarni keyingi uch yil davomida moliyalash orqali “7” jamg’armasi UNICEFga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha yordam bera oladi:

· Salvadorda, ya’ni bolalar o’rasida qotilliklar darajasi eng yuqori bo’lgan mamlakatda yashayotgan bolalarni himoyalashga qaratilgan xizmatlar va maslahat ko’magi bilan ta’minlash.

· Hozirgi kunda halok bo’layotgan har beshinchi bola ichburug’ tufayli hayotdan ko’z yumayotgan Burkina-Faso mamlakatiga suv nasoslari etkazib berish va mahalliy hamjamiyatlarni ushbu nasoslardan foydalanish va ularning texnik sozligini ta’minlashga o’rgatish.

· Etarlicha ovqatlanmaslik mamlakatdagi besh yoshgacha bo’lgan bolalarning deyarli yarmida o’sish ko’rsatkichlaridan ortda qolishga sabab bo’lgan Papua-Yangi Gvineyadagi bolalar hayotlarini xayrli boshlashlari uchun ko’krak suti bilan boqayotgan onalarga yordam ko’rsatish.

Bugun, “7” jamg’armasi o’z ishini boshlayotganligini e’lon qilar ekan Bekxem shuningdek keng ommaga va xususan o’z muxlislariga hitob qilgan holda ularni bolalar manfaati yo’lida ish olib bo’rish uchun unga qo’shilishga chorladi. U keng ommani dunyo etakchilari e’tiboriga tayyorlanayotgan murojaatga qo’shilishga chaqirdi. Murojaatning mazmuni bolalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar birinchi navbatda ko’rib chiqilishini ta’minlash, shuningdek, zo’ravonlikka chek qo’yish, har bir bolani oldi olinishi mumkin bo’lgan o’limdan va qash’shoqlikdan himoya qilish va ushbu masalalar dunyo etakchilari yangi global rivojlanish rejasi ishlab chiqilayotganida jiddiy ko’rib chiqilishiga chorlashdan iborat. Bekxemning ushbu murojaatiga qo’shilishni istaganlaga o’z ismlarini uning xalqaro kampaniyasiga kiritish taklif etiladi.

“Devid Bekxem UNICEFning Yaxshi niyat elchisi sifatidagi 10 yillik umrini bolalar manfaati uchun chiqishlarga, ya’ni bunga eng muhtoj bo’lgan insonlar – dunyodagi eng tang holatda bo’lgan bolalar manfaati uchun mehnat qilishga bag’ishladi”, - deydi Paloma Eskudero – UNICEF Global boshqaruv hay’ati a’zosi

“Devid bolalar yuz tutayotgan eng jiddiy hatarlar bo’yicha xabardorlik darajasini oshirishga o’z xissasini qo’shdi. Bundaylar jumlasiga etarlicha ovqatlanmaslik, Ebola va OITS kiradi. U UNICEF jamoasi bilan birgalikda Sierra-Leonega, Janubiy Afrikaga, Tailandga va yaqinda Filippinga tashrif buyurdi va u erda Xayan tayfunidan talofat ko’rgan bolalar hayoti uchun zarur bo’lgan xayriya mablag’larini yig’ishda yordam berdi. “7: Devid Bekxem va UNICEF jamg’armasi” orqali birgalikda harakat qilib bolalar hayotiga ijobiy o’zgarishlar olib kelishimiz mumkin”.

Bekxemning uzoq muddatli biznes-sherigi va do’sti Saymon Fuller qo’shimcha qilarkan shunday deydi: “Devid o’zining UNICEF bilan birga olib borayotgan ishi va dunyodag eng tang ahvolda holgan bolalar farovonligini ta’minlash va sog’ligini himoya qilish masalalariga katta ishtiyoq bilan kirishgan. U bolalar bilan o’ziga xos kamyob o’zaro aloqa rishtasiga ega. Bu juda ham g’aroyib narsa va men buni uzoq yillar davomida kuzatib kelmoqdaman. Hozrida Devid hayotining yangi bosqichini boshlar ekan, professional tadbirkor sifatida u bolalar hayotiga ijobiy o’zgarishlar olib kelishga yanada ko’proq e’tibor qaratmoqchi. Katta sportdan ketganidan keyin endi xayriya faoliyatiga bag’ishlashi mumkin bo’lgan ko’proq bo’sh vaqti paydo bo’ldi. U ijobiy o’zgarishlar olib kelish ishiga juda jiddiy bel bog’lagan va men u shunday ajoyib va o’ta darajada arziydigan sababga shuncha ko’p vaqt ajratayotganidan va bunga katta ishtiyoq bilan kirishayotganidan fahrlanaman.”

2015 yilda dunyo hamjamiyati yangi global maqsadlarni kelishib oladi va ular dunyodagi bolalar hayotini kelajakdagi uzoq yillar davomida o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Devid Bekxem va UNICEFga qo’shilishib dunyo etakchilarini #asosiysi-bolalar ga chorlashga o’z xissasingizni qo’shing. Birgalikda biz har bir bola uchun zo’ravonlikka, oldi olinishi mumkin bo’lgan bevaqt o’limga va qash’shoqlikka chek qo’yishga yordam berishimiz mumkin. Hozirning o’zida ushbu tashabbusni qo’llab 7.org da o’z ovozingizni bering.

# Beckham7

#putchildrenfirst

Fotosur’atlar va videomateriallarni bu erda yuklab olish mumkin: http://uni.cf/1zga7yw

Muharrirlar uchun izoh:

O’tgan 10 yil davomida Devid Bekxem UNICEFning bolalar hayotini saqlab qolish va yaxshilashga qaratilgan ishiga ulkan xissa qo’shdi. Uning asosiy xissalari qatorida quyudagilarni yodga olish mumkin:

· 2005 yilda Devid Bekxem rasmiy murojaatni boshlash hamda UNICEFning Kopengagendagi ta’minot bo’linmasi o’rqali tsunamidan talofat ko’rgan bolalarga favqulodda yordam paketini etkazishda yordam berdi.

· 2008 yilda UNICEFning Dunyoda bolalarning ahvoli hisobotini taqdimoitini amalga oshirish uchun Devid Sierra-Leonega kelar ekan dunyo hamjamiyatining e’tiborini besh yoshga to’lmasdan hayotdan ko’z yumayotgan bolalar holatiga qaratishga yordam berdi.

· 2009 yilda Devid Janubiy Afrikaga tashif buyurdi hamda UNICEFning OIV va OITS bilan yashayotgan bolalar va oilalar bilan olib borayotgan ishi bilan tanishdi.

· 2011 yili Devid oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirayotgan Sharqiy Afrikaga yordam ko’rsatish bo’yicha UNICEFning Buyuk Britaniyadagi vakolatxonasiga murojaat tayyorlashda ko’maklashdi.

· 2012 yili Devid ostiga 50 dan ziyod mash’hur shaxlar imzo chekkan ochiq maktub tayyorlab uni ocharchlik bo’yicha o’tkazilajak butundunyo sammiti arafasida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronga yo’lladi va bu orqali dunyo etakchilari bolalar o’rtasida etarlicha ovqatlanmaslik ko’rsatkichlarini 2016 yilga qadar kamaytirish bo’yicha o’z zimmalariga majburiyat olishlarini ta’minlashga o’z xissasini qo’shdi.

· Devid 2013 yilda Xayan tayfunidan talofat ko’rgan bolalarga yordam berish bo’yicha UNICEF murojaatini tayyorlashda yordamlashdi. Ushbu falokat natijasida 1,7 mln. bola o’z yashab turgan joylarini tashlab ketishga majbur bo’lda va ko’plab bolalar hayotdan ko’z yumdi. Devid tayfundan zarar ko’rgan bolalar va oilalar bilan uchrashish uchun Filippinga tashrif buyurdi.

· 2014 yili Devid UNICEFning Ebola vabosiga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlovchi video murojaatnomasini tayyorladi va u Sierra-Leoneda efirga uzatildi. Mazkur kasallikda eng ko’p talofat ko’rgan ushbu mamlakatda uning murojaatini 2 milliondan ko’p inson tomosha qildi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Jess Ord
UNICEF UK
Tel: 0207 375 6237, 07721 219 711
Email: jesso@unicef.org.uk

Rose Foley
UNICEF New York
Mobile: + 1 917 340 2582
Email: rfoley@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 401


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar