UNICEF va O’zbekiston estrada yulduzlari bolalar huquqlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “IMAGINE” video klipini taqdim etadilar

Chop etish versiyasi
02 Mart 2015
7 7 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2015 yil 2 mart – O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lganiga 23 yil to’lgan sanada UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Lola va DJ Piligrim “Imagine” (Tasavvur qil) video klipining rasmiy taqdimotini o’tkazdilar. Jon Lenonning eng rag’batlantiruvchi qo’shig’i asosida tayyorlangan video klip UNICEF tomonidan butun dunyo bo’ylab olib borilayotgan tashabbusining bir qismi bo’lib, 2014 yil davomida Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligini nishonlash tadbirlarining yakuniy nuqtasi bo’ldi.

Jon Lenonning bevasi Yoko Ono xonim “Imagine” qo’shig’ini bolalar huquqlarini ilgari surishda madhiya sifatida qo’llanilishiga ruhsat berdi. Butun dunyo bo’ylab olib borilgan “Imagine” tashabbusi bolalar huquqlari ta’minlanishini qo’llab-quvvatlash ishiga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning jalb etishga imkon berdi.

O’zbekiston estradasi yulduzlari Lola va DJ Piligrim “IMAGINE” tashabbusiga mahalliy miqyosda qo’shildilar va ushbu kampaniya g’oyasi butun mamlakat bo’ylab tarqatilishiga o’z vaqtlari va iqtidorlari ila hissa qo’shdilar. Mazkur san’atkorlar Yoko Ono xonimning tavallud kuni bo’lmish 18 fevralda ushbu qo’shiqning o’z talqinlaridagi ijrosini radio to’lqinlarida taqdim etdilar.

“2015 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining 70 yilligi hamda O’zbekiston BMTga a’zo bo’lganligining 23 yilligi nishonlanadi. Kelajakka nazar solar ekanmiz, butun dunyodagi barcha bolalarning barcha huquqlari himoya etilishini ta’minlash uchun hozirgi kunda yanada kengroq fikr yuritishimiz va yanada tashabbuskor bo’lishimiz lozim. “IMAGINE” kampaniyasi hech bir bola e’tibordan chetda qolmasligiga qaratilgan,” - deydi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. “IMAGINE kampaniyasi orqali UNICEF millionlab insonlarga murojaat qilib, ularning e’tiborini bolalar, xususan, alohida e’tiborga muhtoj va ajratib qo’yilgan bolalar muammolariga qaratishga harakat qilmoqda,”- deb qo’shimcha qildi u.

2014 yilda UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda UCELL mobil aloqa operatori “IMAGINE” tashabbusi bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’ydilar va bu borada Toshkent shahri hamda Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida bolalar huquqlarini targ’ib etish bo’yicha ish olib bordilar. BMT ko’ngillilari aholining turli xil ijtimoiy qatlamlariga mansub bo’lgan insonlar iPad va iPhone moslamalaridagi maxsus dasturlardan foydalangan holda “Imagine” qo’shig’ining o’z ijrolaridagi nusxalarini hamda kelajakda bolalar uchun mos bo’lgan dunyoni qanday tasavvur qilishlari to’g’risidagi fikrlarini yozishlariga yordam berdilar.

“DJ Piligrim bilan birgalikda ushbu tashabbusda ishtirok etayotganimizdan hamda bolalar huquqlari masalasini omma e’tiborining markazida bo’lishini ta’minlashga hissa qo’shayotganimizdan fahrlanamiz,”- deydi Lola. “IMAGINE” bizga bolalar farovonligi yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirilganligini eslatadi, ammo dunyodagi barcha o’gil va qizlar uchun hali ko’p ishlar amalga oshirilishi lozim”.

Videoklip prem’erasi bolalar huquqlarini targ’ib etish borasida UNICEFning doimiy hamkori bo’lmish O’zbekiston Milliy kutubxonasida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda bolalar, BMT agentliklari vakillari, milliy va xalqaro hamkorlar, ommaviy axborot vositalari va BMT ko’ngillilari ishtirok etdilar.

2 martdan boshlab “Imagine” videoklipiтш O’zbekistondagi yoshlarga mo’ljallangan va musiqa television kanallarda muntazam ravishda efirga uzatish rejalashtirilmoqda. 

Ushbu musiqiy videoklipni Youtube ijtimoiy tarmoq’ida ko’rishingiz mumkin: Imagine

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 643


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar