Robert Fuderich: UNICEFning 2015 yildagi maqsad va vazifalari

Chop etish versiyasi
11 Mart 2015
1 1 Fotosuratlar

2014 yil faoliyatga boy yil bo’ldi. U “Sog’lom bola yili” hamda bizning Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiyaning qabul qilingangligining 25 yilligini nishonlash yili bo’ldi. Ushbu ikki sana bizning O’zbekiston hukumati bilan hamkorlik dasturimiz uchun ulkan ikoniyatlar yaratdi.

2015 yil 2010-2015 yillarga mo’ljallagangan hamkorlik dasturimizning so’nggi yili, shu bilan birga keyingi 5 yilga rejalarimizni belgilash yilidir. Biz nafaqat joriy dasturimiz maqsadlariga erishish uchun o’z faoliyatimiz sur’atini oshirishimiz, balki hamkorlarimiz bo’lmish davlat organlari bilan yaqin hamkorlarimiz bilan yaqindan ish olib borgan holda 2016-2020 yillar uchun yangi hamkorlik dasturini ishlab chiqishimiz ham lozim.

Mana 21 yildirki UNICEF O’zbekiston Hukumati bilan muvaffaqqiyatli ravishda hamkorlik qilmoqda va biz bolalarning sog’liqni saqlash, ta’lim va ularni himoya qilish yo’nalishlaridagai huquqlarining to’la ta’minlanishi maqsadidagi hamkorligimizni davom ettiramiz. Biz bunda milliy tamoyillar, Bola huquqlari qo’mitasi va avvalgi dasturlarimiz ijrosidan orttirgan tajribaimizga suyanamiz.

Har bir bola omon qolish, sifatli tibbiy xizmat va parvarish bilan ta’minlanish huquqiga ega.

UNICEFning sog’liqni saqlash tarmog’idagi asosiy hamkorlik yo’nalishlari ona va bola sog’ligini saqlash, ovqatlanish masalalari va OIV kabilarni o’z ichiga oladi. Ushbu tarmoq bo’yicha hamkorligimizdan ko’zlagan pirovard maqsadimiz pnevmoniya, diareya hamda tug’ruq vaqtida ona va bola holatining keskinlashuvi kabi oldi olinishi mumkin bo’lgan sabablar tufayli ro’y beruvchi chaqaloqlar o’limi ko’rsatkichini yanada kamaytirishdan iboat.

O’zbekistonda bolalar o’limining asosiy sababchilaridan biri pnevmoniya kasalligidir. Shuni e’tiborga olgan holda 2015 yilda bolalarni ushbu kasallikdan himoya qiluvchi yangi vaktsina tadbiq etiladi. Bu bolalar salomatligini sezilardi darajada yaxshilash hamda bolalar o’limi ko’rsatkichini kamaytirish imkonini beradi.

Sog’liqni saqlash tarmog’ida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 5 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari ona va bola sog’ligini saqlash yo’nalishida o’quv-mashg’ulot kurslarida qatnashadilar. Buning natijasida yanda ko’proq shifokorlar va hamshiralar o’z bilimlarini yangilaydilar va amaliyotlarini yanada takomillashtiradilar. Bu esa, ular yanada yaxshiroq tibbiy xizmatlar ko’rsatish salohiyatiga ega bo’ladilar demakdir.

Har bir bola bolalikning ilk onlaridan boshlab sifatli ta’lim olish huquqiga ega.

UNICEF maktabgacha ta’lim va o’rta-maxsus ta’lim sifatini oshirish yonalishida Xalq ta’limi bilan hamkorligini davom ettiradi va bunda ijtimoiy jihatdan eng zaif bo’lgan bolalarga alohida e’tibor qaratiladi.

O’zbekistonga “Ta’lim bo’yicha global hamkorlik” tashkilotining granti taqdim etildi, bu esa, mamlakatda ta’lim sifatlari yanada oshadi demakdir. UNICEF bilan Xalq ta’limi vazirligi o’rtasidagi hamkorlik sheriklarimizning salohiyatini oshirishga qaratilgan bo’lib, bunda barcha qizboalalar va o’gil bolalarni tenhuquqli, sifatli ta’lim bilan ta’minlash maqsad qilib qo’yilgan.

Maktabgacha ta’limning bolalar o’sib-ulg’ayishidagi ahamiyatini hisobga olgan holda 2020 yilga qadar maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini 45 foizga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

UNICEF o’z hamkorlarining maktabgacha ta’limdan foydalanishda tenghuquqli imkoniyatlar yaratish yo’lidagi say’i-harakatlarini qo’llab-quvvatlash orqali ushbu ko’zlangan maqsadga erishishga o’z xissasini qo’shadi. Biz mamlakatning eng chekka hududlaridagi bolalar ham maktabga tayyorlanish bo’yicha to’liq imkoniyatlarga ega bo’lishlari uchun qishloq aholi punktlaridagi kuni qisqartirilgan guruhlarga yordam ko’rsatamiz.

2015 yilda O’zbekistonning eng chekka hududlarida joylashgan, suv ta’minoti va sanitariya bo’yicha asosiy shart-sharoitlarga ega bo’lmagan bir nechta maktablardagi holatning yaxshilanishi ko’zda tutilgan. Ushbu faoliyat nafaqat bolalar orasidagi kasalliklar va dars qoldirishlarning oldini olish imkonini beradi, shu bilan birga, bu maktablar darajasidagi sanitariya va gigiena masalalarini yanada kengroq qamrovda samarali ravishda hal etish modelini yaratadi.

Har bir bola oila muhitida yashash huquqiga ega…nafaqat ovqatlanish, boshpana va kiyim-bosh kabi asosiy ehtiyojlarni ta’minlovchi, balki ayni shog’da bolaga mehr-shafqat, rag’bat va baht ato etuvchi oila muhitida yashash huquqiga ega.

Bunga jiddiy e’tibor bergan holda UNICEF davlat muassasalari va hamjamiyatlar bilan hamkorlik qilgan holda, bolalar o’z oilalarida yashash imkoniyatiga ega bo’lishlari, bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalar esa oila sharoitlariga yaqin bo’lgan alternativ parvarish muhitlariga qayta integratsiya qilinishlarini ta’minlash yo’lida ish olib boradi.

2015 yilda UNICEF me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko’rib chiqish bo’yicha texnikaviy ekspertiza yordamini ko’rsatadi. Bundan ko’zlangan maqsad voyaga etmaganlar adliyasi borasidagi O’zbekiston qonunchiligini xalqaro standartlar bilan hamohang bo’lishini ta’minlashdan iborat.

UNICEF 2015 yil faoliyatlarga boy va sermahsul bo’lishini kutmoqda. Biz milliy hamkorlarimiz va taraqqiyotga ko’maklashish yo’nalishidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligimizni davom ettiramiz. Bular jumlasiga BMT agentliklari va Evropa Ittifoqi dasturlari kiradi. Ushbu hamkorliklardan ko’zlangan asosiy maqsad har bir bola o’z huquqlaridan foydalana olishini ta’minlashdan iborat. O’zbekistonda va UNICEF o’z faoliatini olib boradigan dunyoning 193 ta mamlakatida biz o’z hamkorlarimiz bilan faoliyatimizni birlashtirish va birgalikdagi say’i-harakatlarimizni jadallashtirishga harakat qilar ekanmiz, bolalar uchun maqbul bo’lgan dunyoni qurishga intilamiz.

Marta o’qilgan: 420


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar