Ona-bola salomatligi masalalari jurnalistlar nigohida

Chop etish versiyasi
06 Aprel 2015
4 4 Fotosuratlar

2015 yilning mart oyida Guliston, Jizzax va Nukus shaharlarida Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan jurnalistlar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Ushbu tadbirlar OAV salohiyatini oshirish loyihasi doirasida tashkil etilgan bo’lib, mazkur loyiha Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, O’zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

OAVning barcha turlariga mansub bo’lgan jurnalistlar OAVda bolalar farovonligi bilan bog’liq bo’lgan mavzularni yoritishni yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. O’zbekistonda onalar va bolalar salomatligini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvlarga mazkur hududlardagi etakchi so’gliqni saqlash muassasalari rahbarlari taklif etildi. Ular sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish borasida erishilgan yutuqlar to’grisida gapirib berdilar. Suhbatlar chog’ida yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish, bolani parvarish qilish va to’g’ri ovqatlangirish hamda bolalik davri kasalliklarini mujassam holda olib borish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar mobaynida bolani parvarishlash bo’yicha eng ilg’or tajribalar hamda bolalik davri kasalliklarini oldini olishda oilalarning tutgan o’rni bo’yicha aholi xabardorligini oshirishda OAVning ro’li katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Uchrashuvlar ishtirokchilari aksariyat hollarda OAV tomonidan taqdim etilgan materiallar axborot berish bilan chegaralanib qolayotganligini ta’kidladilar hamda mavjud muammolar va ularni echimiga e’tibor qaratuvchi, ayni vaqtda bunga tibbiyot xodimlari, hamjamiyatlar va oilalarni jalb etuvchi tahliliy dasturlar va nashrlarni tayyotlash ishtiyoqlari mavjud ekanligini bildirdilar. Shu bilan birga, oddiy insonlar tomonidan aytilgan hayotiy hikoyalar orqali sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inidagi o’zgarishlar hamda oilalarning bola parvarishiga qaratayotgan e’tiborlaridagi o’zgarishlarni yorituvchi materiallarga alohida e’tbor qaratish takilf etildi.

Bu erda jurnalistlar kelajakda tayyorlashlari mumkin bo’lgan materiallar uchun bir talay go’yalar va mavzularni yig’ib olmoqdalar”, - deydi loyihaning milliy koordinatori Gulnora Bobojonova. “Uchrashuvlarda tibbiyot xodimlarining ishtirok etishi jurnalistlarni qiziqtirgan va keng omma uchun ham qiziqarli bo’lishi mumkin bo’lgan masalalarga oydinlik kiritishga yordam berdi”.

Tadbirlar yakunida “O’zbekistonda onalik va bololikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish – II Bosqich” loyihasi amalga oshirilish jarayonini yoritishga bag’ishlangan dasturlar va nashrlar tayyorlash bo’yicha jurnalistlar tanlovi e’lon qilindi. Mazkur loyiha Evropa Ittifoqi hamda UNICEF tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Jurnalistlar tanlovini o’tkazish tartibi bilan web saytimizning Media markaz/Axoborot to’plamlari sahifasida tanishish mumkin.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 61


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar