Shakira va Jerar Pike tashabbusi bo’lmish Butunjahon “bebi-shauer” harakati ulkan qiziqish uyg’otamoqda, - deb ta’kidlaydi UNICEF

Chop etish versiyasi
10 Aprel 2015
1 1 Fotosuratlar

NYU-YORK 9 aprel 2015 y. – Qo’shiqchi, qo’shiqlar muallifi hamda UNICEFning Yaxshi niyat elchisi Shakira va “Barselona” klubining futbol yulduzi Jerar Pike tomonidan ikkinchi farzandlari dunyoga kelishini qutlash doirasida asos solingan Butunjahon “bebi-shaueri” tashabbusining muxlislari va uni qo’llab-quvvatlovchilar taqdim etgan hayotbaxsh sovg’alarning umumiy qiymati hozirgi kunga kelib 150 ming AQSh dollarini tashkil etgamligi va bu miqdor to’xtamay oshib borayotganligi bugun UNICEF tomonidan e’lon qilindi.

“Jerar ikkimiz Butunjahon “bebi-shaueri” harakatida ishtirok etgan barcha insonlarning muruvvati juda ko’p sonli bolalarga yordam berish imkonini yaratganligidan o’zimizni bag’oyat baxtli his etmoqdamiz. Poliomiyelit va qizamiqqa qarshi 130,000 ta vaksina hamda 15 ming bolaga etarli miqdorda sog’lomlashtiruvchi ozuqa to’plamlarini xarid qilishga muvaffaq bo’lganimizdan juda ham baxtlimiz. Endilikda ushbu haridlar boshqa sovg’alar qatorida muhtoj bo’lgan bolalarga etkaziladi”, - deydi Shakira. “Bundan ham quvonarlisi, hozirgi kunga qadar 500 dan ziyod onalar o’z tashabbuslari bilan “bebi-shauer” harakatlarini tashkil etdilar. Bu esa, o’z navbatida, yanada ko’proq bolalarga yordam berish imkonini tug’dirdi”.

Ushbu yilning yanvar oyida asos solingan Butunjahon “bebi-shaueri” tashabbusi doirasida qabul qilingan hadyalar o’n minglab bolalarga yordam berishi, ularni kasalliklar va etarlicha ovqatlanmaslikdan saqlashini hamda ularni hayot uchun zarur bo’lgan ozuqa va anjomlar bilan ta’minlashini UNICEF tasqdiqlamoqda.

Poliomielitga qarshi vaktsinaning 71 ming dozasi hamda qizamiqqa qarshi vaktsinaning 65 ming dozasi kichik yoshdagi bolalarni hayot uchun tahlikali bo’lgan ushbu ikki kasallikdan himoya qilish uchun ishlatiladi. Beg’araz hadyalar, shu jumladan, bolalarda etarlicha ozuqalanmaslikning o’tkir holatlarini davolashda qo’llanuvchi shifobaxsh ozuqalardan tortib to vaktsinalar shifokorlar tomonidan tashib yurishda qollaniluvchi moslamalar va doyalar uchun to’plamlarga qadar bo’lgan barcha sovg’alar yaqin kelajakda ham bolalarga yordam berish imkonini yaratdi. Mash’hur juftlikning muhlislari beg’araz ravishda sifatida bir necha yuz dona yopinchiqlarni hadya etdilar. Ushbu yopinchiqlar zaif tug’ilgan chaqaloqlarning tana haroratini bir maromda ushlab turish orqali ularning hayotini saqlab qolishda qo’llaniladi.

Ushbu sovg’alar va ular qatorida oila uchun suv tozalash to’plamlari bolalarni ularning hayotiga havf soluvchi va birgina 2013 yilning o’zida 6,3 millionga yaqin bolaning hayotdan ko’z yumushiga sabab bo’lgan turli xil kasalliklardan nobud bo’lishlarining oldini olishda yordam beradi.

Bundan tashqari, 500 kishi huddi shunday marosimlarni o’tkazishga ahd qildi. Endi ular mazkur marosimlarda sov’galar qabul qilish o’rniga, o’zlari boshqa bolalarga hadyalar ulashadilar. “Bamp end Bebi List” kabi hamkorlar o’zlarining qayd etish to’plamlariga UNICEF tomonidan tasdiqlangan “ilhombaxsh sovg’alar”ni doimiy ravishda qo’llash uchun kiritdilar.

“Bu albatta Shakira va Jerar tomonidan va shu bilan birga, minglab insonlar tomonidan namoyish etilga ulkan mehr va muruvvat amalidir. Chunki bu insonlar mazkur harakat doirasida boshqalarga yordam berish uchun qo’llaridan kelgan qadar harakat qildilar’’, - deydi UNICEFning Kopengagenda joylashgan Butunjahon ta’minot boshqarmasi rahbari Shanel Xol honim. “Hech ikkilanmasdan, bu Shakiraning eng mash’hur ijrosi va Jerarning eng ajoyib goli bo’ldi deb ta’kidlash mumkin. Ushbu hadyalar o’nminglab bolalarga ularning hayotini ijobiy tomonga o’zgartiruvchi ta’minotlar qatorida taqdim etiladi”.

Ushbu Butunjahon “bebi-shaueri” tashabbusi mazkur juftlik tomonidan tashkil etilgan ikkinchi shunday marosimdir. Ilk bor ular bunday marosimni to’ng’ich farzandlari – o’gillari Milano uchun ikki yil avval o’tkazgan edilar. Ushbu ikkinchi marosim hozirgi kunning o’zida avvalgi marosim davomidagidan ko’ra ancha ko’p hadyalar yig’di.

“Qilinishi kerak bo’lgan ishlar hali ko’p”, - deydi Shakira. “Biz hamma narsadan ham ko’proq Butunjahon “bebi-shaueri” davom etishini hamda tobora ko’proq onalar o’z “bebi-shauer”larini o’tkazishlarni va natijada har bir yangi ona va har bir yangi chaqaloq havfsiz va sog’lom bolalikdan zavqlana olishlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hayotbaxsh vositalar va anjomlarndan foydalanish imkoniga ega bo’lishlarini orzu qilamiz”.

Hayriya had’yalarini topshirish yoki o’zlari “bebi-shauer” marosimini o’tkazishni istagida bo’lganlar ma’lumot uchun quyidagi veb sahifaga murojaat qilishlari mumkun: worldbabyshower.org.

Qo’shimcha ma’lumotlar va fotosur’atlarga buyurtmalar uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qiling:

Marissa Buckanoff, UNICEF Nyu-York,Tel +1 212 326-7513, Mobil: +1 917345-6425, mbuckanoff@unicef.org Rita Ann Wallace, UNICEF Nyu-York, Tel +1 212 326-7586, Mobil: +1 917 213-4034, rwallace@unicef.org

Amanda Silverman, 42West,Amanda.silverman@42west.net

DvoraEnglefield, 42 West Dvora.englefield@42west.net

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 451


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar