Toshkent viloyati jurnalistlari ona-bola salomatligi muhofazasini yoritishni masalalarini muhokama qildilar

Chop etish versiyasi
11 Aprel 2015
4 4 Fotosuratlar

2015 yil 10 aprelda Toshkent shahri va poytaxt viloyati jurnalistlarining davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi va UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Bosma va internet nashrlar, televidenie va radio vakillari sog’liqni saqlash tizimi masalalarini, xususan ona-bola salomatligi sohasidagi xizmatlarni OAVda yoritishni yanada yaxshilash yo’llarini muhokama qildilar. UNICEF xodimlari yig’ilish qatnashchilarni Evropa Ittifoqi hamda UNICEF tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish – II Bosqich” loyihasi bilan tanishtirdilar.

Jurnalistlar mazkur loyihani amalga oshiris borasidagi tadbirlar va yutuqlar bilan keng ommani tanishtirish maqsadida e’lon qilingan jurnalistlar tanlovida ishtirok etihga taklif qilindilar.

Jurnalistlar tanlovini o’tkazish tartibi bilan web saytimizning Media markaz/Axoborot to’plamlari sahifasida tanishish mumkin.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 340


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar