2011-2020 yillar oralig’ida emlash 25 millionga yaqin insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin

Chop etish versiyasi
24 Aprel 2015
Pres reliz

TOSHKENT, 24 April 2015 yil– Aprel oyining ohirgi haftasi (24-30 aprel)da nishonlangan Butunjahon Emlash Haftaligi (BEH) ning maqsadi sog’liq uchun dunyodagi eng kuchli qurollardan biri – oldi olinishi mumkin bo’lgan hastaliklardan barcha yoshdagi insonlar, ayniqsa bolalarni himoya qilishda vaktsinalardan foydalanishni targ’ib qilishdan iborat bo’ldi.

BEH hukumatlar, JSST va UNICEF tomonidan ularning emlash faoliyatidagi butun dunyodagi hamkorlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan birgalikda nishonlandi. Bu yilgi BEH “Bo’shliqni to’ldirish” mavzusi ostida o’tkazilmoqda. Bu – dunyodagi sog’liqni saqlash hamjamiyatiga eng e’tiborsiz qolgan bolalarni emlashga hamda bolalar sog’ligini saqlash bo’yicha ushbu yakunlanmay qolgan vazifalarni poyoniga etkazishga asosiy e’tiborni qaratishga bo’lgan bevosita chorlovdir. Barcha bolalar, ular qaerda yashashlari yoki yashash sharoitlaridan qat’iy nazar, omon qolish hamda o’z salohiyatlaridan to’liq foydalanish huquqiga egadirlar. Barcha bolallar sog’lom kelajakka uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lishlari uchun eng muhtoj bo’lgan bolalar emlash orqali himoya qilinishlari lozim.

BEH omma e’tiborini emlashning bolalar va o’smirlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor qaratishni oldiga maqsad qilib qo’ygan. BEH hamjamiyatlar tomonidan emlash bo’yicha habardorlikni va ularning emlashga bo’lgan talabini oshirish hamda emlashni etkazib berish xizmatlarining sifatini oshirish bo’yicha global, mintaqaviy va mamlakatlar darajasidagi sa’y-harakatlar yangicha kuch bilan boshlanganidan xabar bermoqda.

Emlash eng muvaffaqqiyatli va eng samarali sog’liqni saqlash vositalaridan biris sifatida keng e’tirof etilgan. Bolalarni o’limga olib keluvchi kasalliklardan himoya qilish orqali vaktsinalar ularni hayotda qolishlari va sog’lom bo’lishlarini ta’minlaydi. Emlash har yili 2 milliondan 3 milliongacha insonlar o’limining oldini oladi va hozirgi kunda emlash bolalarni nafaqat ko’p yillardan beri vaktsinalar mavjud bo’lgan kasalliklardan himoya qilibgina qolmay, ayni vaqtda pnevmoniya, rotavirus ichburug’i kabi 5 yoshga to’lmagan bolalar o’limiga eng ko’p sabab boluvchi ikki kasallikdan ham himoya qiladi.

O’zbekiston yangi vaktsinalarni tadbiq etish borasida MShE/MDH davlatlari o’rasida etakchi hisoblanadi. 2014 yili mamlakatda rotavirus vaktsinasi qo’llanila boshlagan bo’lsa, 2015 yilda Milliy Emlash Kalendariga pnevokokkal vaktsina kiritiladi. Ushbularni amalga oshirish orqali O’zbekiston o’zining Global Vaktsina Harakat Rejasiga (GVHR) sobiq tarzda ish ko’rayotganini namoyon etadi. Mazkur reja barcha hamjamiyatlardagi hamma insonlar uchun universal foydalanish imkoniyatini yaratish orqali 2020 yilga qadar millionlab insonlar hayotini saqlab qolish rejasidir. Yangi va takomillashtirilgan vaktsinalarni tadbiq etish GVHRning asosiy maqsadlaridan biridir.

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilingwww.unicef.org va UNICEF O’zbekiston ningFacebook dagi sahifasida bizni kuzating.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun marhamat qilib murojaat qiling:

UNICEF ning O’zbekistondagi Vakolatxonasiga murojaat qiling

Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko’chasi 16

Telefon: 99871-239512/2339735

Svetlana Stefanet, Sog’liqni saqlash bo’limi boshlig’i

Electron pochta: sstefanet@unicef.org

Kamola Safaeva, Sog’liqni saqlash bo’limi xodimi

Electron pochta: ksafaeva@unicef.org

Marta o’qilgan: 138


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar