O‘zbekistondagi UNICEF tashkiloti Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlash barobarida yanada faol harakatlarga da’vat etmoqda

Chop etish versiyasi
02 Iyun 2015
Press-reliz
7 7 Fotosuratlar

Toshkent, 1 iyun 2015 y. – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jam’garmasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlar tadbirida bayon etilgan nomada bolalar farovonligini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada faollashtirishga da’vat etdi.

UNICEFning O‘zbekistondagi vakili janob Robert Fuderich, fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarga, shu jumladan tadbirga tashrif buyurgan Toshkent shahar hokimligining rasmiy vakillariga, davlatning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya tamoyillariga sodiqligi doiralarida bu masalada xabardorlikni yanada oshirishga erishish va bolalar huquqlariga amal qilish zarurligini eslatib o‘tdi.

"Lekin bu vazifa nafaqat davlat tuzilmalarini, balki jamiyatning barcha a’zolarini ham jalb qilishi lozim," – deb ta’kidladi janob vakil G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘da bayon qilgan ma’ruzasida. "Konvensiyada ifodalangan me’yor va tamoyillar bolalarga xizmat ko‘rsatiladigan barcha yerlarda - oilalarda, maktablarda va boshqa muassasalarda hamda hamjamiyatlarda va boshqaruvning barcha darajalarida hurmat qilinib, himoya etilgandagina amalga oshirilishi mumkin."

Janob Fuderich jamiyatning zaif qatlamlari bolalariga alohida g‘amxo‘rlikni talab qiladigan toifa sifatida e’tibor qaratdi: "Biz faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan ko‘pgina yutuqlar mavjud, lekin shu bilan birga biz dunyoda xanuzgacha o‘z huquqlaridan to‘liq foydalana olmayotgan, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar farzandlari, muassasalarda yashayotgan bolalar, nogiron bolalar, OIVga chalingan bolalar, urushda jabrlangan, qonunga qarama-qarshi chiqayotgan bolalar ham mavjudligini yodimizda saqlashimiz lozim".

Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi va qator boshqa milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda boshqalar qatori jurnalistlar, ota-onalar, o‘qituvchilar va bolalar faol ishtirok etdilar.

Bayram turli qatlamlarga mansub barcha yig‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar rang-barang varraklar va chiroyli havo sharlarini osmonga uchirishlari bilan yakunlandi. Tadbir bolalar o‘z huquqlaridan to‘liq foydalana oladigan ajoyib olamni yaratish to‘g‘risidagi orzularining yorqin ramziga aylandi. 
Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 525


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar