«Kuch birlikda»: yangi kanallarda yangi hayot

Chop etish versiyasi
03 Iyun 2015
7 7 Fotosuratlar

2015 yil 1 iyunda, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi televideniye va onlayn tarmoqlari orqali «Kuch birlikda» deb nomlangan ko‘ngilochar-ma’rifiy serialini efirga uzatishni boshlab yubordi. O‘zbek tilidagi 15-seriyali mahsulot ish kunlari ertalab soat 10:10 dan 10:40 gacha namoyish etiladi.

Ushbu serial Toshkent shahri va Toshkent viloyatini qamrab olgan «MeningYurtim» kanali, to‘qqizta mintaqaviy telekanallar, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining «To‘rtko‘l» kanali efirida hamda Assotsiatsiya tomonidan yaqinda ishga tushirilgan «Sevgilim» internet portalida ko‘rsatiladi.

«Bizning serialimiz O‘zbekistonda bir yil davomida ketma-ket beshinchi marta namoyish etilmoqda. Bu mahalliy auditoriya uchun bolalar huquqlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish mavzulari va ko‘pgina boshqa ustuvor sohalar naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi», - deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakili janob Robert Fuderich. «Shuningdek, bu UNICEF va uning hamkorlari yuqorida aytib o‘tilgan masalalarning barchasini bolalar tomonidan va bolalar uchun yaratilgan yangi serial orqali muhokama qilish shaklini tanlab, to‘g‘ri qaror qabul qilganlarini aks ettiradi».

Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan serial va uning sayti (www.kuch.uz) o‘z maqsadiga ko‘ra nafaqat yoshlarga huquqlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazib beradi, balki ularning huquqlari rag‘batlantirilishi va e'tirof etilishiga ishonch hosil qilishga qulay imkon ham yaratib beradi.       
Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 423


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar