Bolalar dunyoning etakchi siyosatchilaridan suv, sanitariya va gigiena borasidagi harakatlarga ularni ham jalb etishni so’ramoqdalar

Chop etish versiyasi
10 Iyun 2015
1 1 Fotosuratlar

DUSHANBE, Tojikiston, 2015 yil 10 iyun – Bugun, «Hayot uchun suv&; nomli yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada 60 ga yaqin bolalar va yoshlar so’zga chiqar ekanlar, dunyo yoshlari eng tang holatdagi insonlarni havfsiz va toza suv, sanitariya hamda gigiena sharoitlari bilan ta’minlashga qaratilgan harakatlarda to’laqonli ishtirok etishlari lozim ekanligini ta’kidladilar.

O’n ikkita mamlakatdan kelib, mazkur ikki kunlik anjumanda ishtirok etayotgan bolalar o’zlarining harakatga qaratilgan xitoblarida dunyoning etakchi siyosatchilaridan o’zlarining nazdida eng muhim deb hisoblovchi masalalarga e’tibor qaratishlarini talab qildilar.

«Barcha bolalar suv va sanitariya bo’yicha umumbashar huquqlarga egalar&;, - deydi Tojikistonlik Kamila Muhabbatova Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibi Pangi Mun huzurida nutq so’zlar ekan.

«Erishilgan natijalarga qarmasdan, Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlariga erishish yo’lida qilingan sa’y-harakatlar ortida koplab bolalar qolib ketdilar. Bunday bolalar aholining eng qash’shoq va eng zaif guruhlariga mansub bo’lib, 2015 yildan keying taraqqiyot kun tartibida bunday bolalarga eng ustivor e’tibor qaratilishi lozim&;, - deydi u. «Biz suv, sanitariya va gigiena borasidagi ustivor vazifalarni belgilashga bolalar va yoshlarni jalb etish zarur ekanligini ta’kidlaymiz. Shuningdek biz ushbu maqsadlarga erishish say’-harakatlarida faol hamkorlar bo’lishga ahd qilganligimizni tasdiqlaymiz&;.

UNICEFning «Suv, sanitariya va gigiena (SSG)&; masalalari bo’yicha tasabbus rahbari Sanjay Vijesekera mazkur chorlovni qo’llab-quvvatladi.

«Ushbu bolalar aniq va muhim g’oyani ilgari surmoqdalar, ya’ni ular «bizga quloq soling va buni birgalikda bajarishga imkon bering&; deiyshmoqda&;, - deydi Vijesekera. «Maqbul suv, sanitariya va gigiena bizning dunyoimiz kelajagi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega va ushbu yoshlar buni biladilar&;, - deb qo’shimcha qildi u. «Mazkur asosiy huquqlar bo’lmasa kasalliklar ularni tang ahvolga soladi, ularni bemor va nochor holga tushiradi, maktabda ta’lim olish vaqtlarini qisqartiradi va yaxshi ta’lim olishga bo’lgan imkoniyatlarini kamaytiradi, shunday ekan, oxir-oqibatda ularning hayotda qolishga bo’lgan imkoniyatlarini kamaytiradi&;.

Konferentsiyada ishtirok etayotgan bolalar Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Boliviya, Braziliya, Qirg’iziston, Rumiya, Janubiy Koreya, Filippin, Ukraina, AQSh va Zambiya kabi mamlakatlardan kelgan. Konferentsiya boshlanishidan oldin ular UNICEF va Tojikiston Hukumati tomonidan tashkil etilgan Bolalarning SSG forumida ishtirok etdilar.

Bolalarning SSG Forumi 6-8 iyun kunlari o’tkazilgan bo’lib, u yosh ishtirokchilarga bolalarning suv, sanitariya va gigiena borasidagi masalalarda advokasi bo’yicha malakalarini oshirish imkoniyatini berdi. Ushbu Forum mazkur muammo borasidagi butunjahon miqyosidagi muhokamalarga o’z xissalarini qo’shish hamda hamma bolalarga barcha o’rinlarda – uyda, mahallalarda, maktabda va tabiy ofatlar yuz bergan vaziyatlarda SSGdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadini oldinga surushga va shu tariqa rejalashtirilgan Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga erishish imkoniyatini beradi.

###

Muharrirlar uchun eslatma:

9-10 iyun kunlarida o’tkazilgan «Hayot uchun suv&; konferentsiyasi BMT Bosh Assmbleyasining Tojikiston Respublikasiga hukumatlar va fuqarolik jamiyatini jamlash hamda «2005-2015 – Hayot uchun suv o’nyilligi&; da ishtirok etishga chorlash bo’yicha yuklatilgan vazifasiga javob tariqasida tashkil etildi.

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz. UNICEF va uning faoliyati bo’yicha qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.unicef.org UNICEF Tojikiston bo’yicha qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: www.unicef.org/Tajikistan.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyudagi mutaxassislarga murojaat qiling:

Parvina Muxamedxodjaeva, UNICEFning Tojikistondagi vakolatxonasi, Muloqot bo’yicha mutaxassisi.

Ish telefoni: (+992-44) 6000190, 6000191 va qo’l telefoni: (+992-918) 310071 Elektron pochta: pmuhamedkhojaeva@unicef.org

Leli Djuhari, UNICEFning Jenevadagi Mintaqaviy Muloqot bo’yicha mutaxassisi,

Qo’l telefoni: (+41-79 204 44 82) E-mail: ldjuhari@unicef.org

Bizning onlayn suhbatimizda ishtirok eting hamda #Wateris va #ChildrenWASHForum dan foydalangan holda @UNICEFCEECIS, @UNICEFTajik, @UNICEFWater bizni kuzating.

Marta o’qilgan: 75


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar