«Hayot uchun suv» Xalqaro harakatlar o’n yilligini (2005–2015) tadbiq etish bo’yicha yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya

Chop etish versiyasi
16 Iyun 2015
1 1 Fotosuratlar

HARAKATGA CHORLOV

Biz — dunyoning 13 ta mamlakatidan kelgan o’smirlar va yoshlar — suv masalalari bo’yicha yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya o’tkazilishi munosabati bilan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yig’ildik. Biz, suv, sanitariya va gigiyena (SSG) muammolarini echish ishida faol ishtirok etayotgan yosh etakchilar, yangi bilimlar olish, tajriba almashish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda butun dunyoda axborot-targ’ib ishlarini olib borayotgan o’z tengdoshlarimiz va hamjamiyatlarning fikrlarini bayon etish uchun to’plandik.

Barcha bolalar toza ichimlik suvi hamda maqbul sanitariya-gigiena sharoitlaridan foydalanish huquqiga egalar va bu huquqlar umuminsoniy huquqlar hisoblanadi. Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga erisish yo’lida qo’lga kiritilgan yutuqlarga qaramasdan biz bir qator aholi guruhlarini e’tibordan chetda qoldirdik, bu eng qash’shoq va eng zaif aholi guruhlariga mansub bo’lgan bolalarga tegishli. Xavfsiz suv va sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining etarli emasligi va shu bilan bir qatorda gigiena qoidalariga rioya etilmasligi har kuni minglab bolalar hayotdan ko’z yumushlariga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari ushbu kamchiliklar juda ko’plab bolalarning qash’shoqlashishiga va ularning oldilaridagi imkoniyatlarning kamayishiga sabab bo’lmoqda.

O’tgan yillar davomida bolalar hayotini yaxshilash borasida erishilgan yutuqlarni saqlab qolish maqsadida umumjahon vazifalar ro’yxatiga bolalar farovonligiga taalluqli bo’lgan masalalar qo’yilishi lozim.

Bugungi kunda ishlab chiqilayotgan «Barqaror taraqqiyot maqsadlari» hozirgi va kelajak avlod bolalarining, ayniqsa, eng tang ahvoldagi bolalar huquqlarini ta’minlash borasida o’ta muhim imkoniyatdir.

Biz shuni ta’kidlaymizki, etarlicha suv ta’minoti amalga oshirilmaganida va sanitar-gigienik sharoitlar maqbul bo’lmaganida bolalar hammadan ham ko’p jabrlanadilar. Insonparvarlik inqirozi davrida bunday talofat ayniqsa kuchli bo’ladi.

Bizning fikrimizcha, muammolarni anglash va ularni echish borasida yoshlar kamyob iqtidorga ega ekanliklari sababli ular jamiyatga o’zgartirish kirita oladilar. Yoshlarning amaliy va innavotsion g’oyalari SSGni yaxshilash bo’yicha aniq yo’l xaritasi sifatida taqdim etilishi mumkin.

Biz hukumatlar, fuqarolik jamiyati vakillari hamda o’z tengdoshlarimizni suv ta’minoti, sanitariya va gigiena vositalaridan foydalanish imkoniyatini barcha uchun hozirlash ishiga o’z xissalarinig qo’shishga chorlaymiz, toki:

1. Barcha bolalalar, ayniqsa eng nochor holatlardagi bolalar o’zlari yashaydigan hududlarda maqbul bo’lgan SSG vositalariga ega bo’lsinlar.

Biz yaroqli suv ta’minoti va sanitariya sharoitlarini yaratish faqat davlatningina vazifasi emasligini yaxshi bilamiz. Shuning uchun biz xususiy kompaniyalar va korxonalarni, fuqarolik jamiyati va hamjamiyatlarni innovatsiyon echimlarni tadbiq etish ishiga texnik va moliyaviy ko’mak berishga chorlaymiz. Biz hukumatlar va boshqa hamkorlarni SSG yo’anilishida muloqot va eng ilg’or tajriba almashishni yo’lga qo’yish maqsadida hamjihatlikda harakat qilishga chorlaymiz. Yoshlar o’zaro tajriba almashishga ko’maklashish hamda barcha bolalarning suv ta’minoti, sanitariya va gigienaga bo’lgan huquqlarini targ’ib etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazilayotgan kampaniyalarda ishtirok etish borasida juda katta imkoniyatlarga ega.

2. Barcha bolalar maktablarda kerakli SSG vositalariga ega bo’lsinlar, bu esa, pirovardida, ta’lim sifatining oshishiga va uzoq muddatli istiqbolda — iqtisodiy o’sishga olib kelsin.

Biz hukumatlar va hamkorlarimizni infratizilma bo’yicha minimal standartlarni ta’minlashg chorlaymiz va bunday standartlar jinslar tengligi va nogiron insonlarning xususiyatlarini hisobga olgan bo’lishi lozim. Biz o’z tengdoshlarimizni maktablarda va maktablar bilan ish olib brogan holda minimal standartlarga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashishga chorlaymiz. Biz maktablar ma’muriyatlarini o’quvchilar o’z fikrlarini ifoda eta olishlariga hamda SSG bilan bog’liq masalalarga omma e’tiborini jalb etish imkonini beruvchi mexanizmlarni qo’llab-quvvatlashga chorlaymiz.

3. Barcha bolalar — o’g’il va qiz bolalar uylarida suv ta’minoti va sanitariya sharoitlari kerakli darajada ta’minlanganligi tufayli yaxshi yashash sharoitlariga ega bo’lsinlar.
Biz hukumatlar va hamkorlarni xonadonlar miqyosida suv ta’minoti va sanitariya vositalari kerakli darajada bo’lishini ta’minlashga chorlaymiz, chunki uylarida hojatxonaga ega bo’lmagan bolalar yuqori darajadagi xatarga yuz tutadilar va joiz yashash sharoitlariga ega bo’lish huquqlaridan to’laligicha foydalana olmaydilar. Bundan tashqari, toza suv manba’i uydan uzoq bo’lmagan masofada joylashgan bo’lishi lozim.

4. Insonparvarlik inqirozi holatlarida barcha bolalar etarlicha tayyorgarlik, zarur bilimlar hamda standartlarga javob beruvchi suv va sanitariya va gigiena vositalaridan foydalanish imkoniga ega bo’lsinlar.

Biz, tabiy ofatlar ham muayyan mamlakat ichidagi hamda turli mamlakatlar orasidagi tengsizlik omillarini zo’raytirishini va shu bilan birga, aholining zaif qatlamlariga ayniqsa kuchli ta’sir etishini tan olamiz. Biz hukumatlar va boshqa hamkorlarimizdan favqulodda holatlarda bolalar farovonligiga ajratiluvchi sarmoyalar hajmini oshirishlarini so’raymiz, toki ularning huquqlari rioya etilishi ta’minlansin.

Mazkur «Harakatga Chorlov"imizning maqsadi suv ta’minoti, sanitariya va gigiena borasidagi masalalarni eng qisqa muddatlarda hal etish uchun bolalar manfaati yo’lida va ular bilan birgalikda ish olib boruvchi global harakatni rag’batlantirishdan iborat. Biz oldingiday ushbu boradagi maqsadlarni shakllantirish va ro’yabga oshirish ishiga sodiq qolmoqdamiz.
Biz hamjihatlikda ishlashimiz lozim. Kelinglar, hozirjq harakatni boshlaylik!

Marta o’qilgan: 681


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar