Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sammiti qabul qilishi uchun 2015 yildan keyingi Rivojlanish dasturining loyihasi hamjamiyat e’tiboriga taqdim etildi.

Chop etish versiyasi
18 Iyun 2015
1 1 Fotosuratlar

Biz barcha bolalar va yoshlarni Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) Deklaratsiyasi loyihasini muhokama qilishda ishtirok etishga hamda tengdoshlaringizni rag’batlantirishga taklif qilamiz!

Siz uning asosiy muallifi bo’lsangiz, uni qanday yozgan bo’lar edingiz?

BRM Deklaratsiyasi bilan https://www.worldwewant2015.org/node/493811

manzilida tanishib chiqing hamda beshta savolga javob berish orqali electron maslahatlashuvda istirok eting: https://www.worldwewant2015.org/children

1-savol

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) Deklaratsiyasi siz yoki dunyodagi boshqa bolalar va yoshlar uchun muhimmi? Nima uchun?

2-savol

Siz yashashni istagan dunyoga erishish uchun zarur bo’lgan beshtata eng muhim maqsadlarni aniqlab bera olasizmi?

3-savol

BRM Deklaratsiyasida sizning huquqlaringiz to’g’risida so’z boradimi hamda u sizni inson huquqlari ta’n olinishi va hurmat qilinishiga yordam berishga rag’batlantiradimi?

4-savol

Deklaratsiyani yaxshiroq, sodda, tushunarli va bolaga do’stona qilish uchun unga nimalarni qo’shishni yoki olib tashlashni istar edingiz?

5-savol

Sizning fikringizcha, ushbu maqsadlar to’g’risida bolalar va yoshlar orasida xabardorlikni oshirish uchun eng yaxshi yo’l nimadan iborat? 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 373


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar