Jahon miqyosida erishilgan taraqqiyotga qaramasdan millionlab eng muhtoj bolalar e’tibordan chetda qoldilar, deb ta’kidlanmoqda UNICEFning yangi hisobotida

Chop etish versiyasi
23 Iyun 2015
Press-reliz
6 6 Fotosuratlar

«Bolalar uchun taraqqiyot» nomli hisobotda MTMdan olingan asosiy
saboqlar qayd etilgan

Fotosur’atlar, grafiklar, video va audio materiallarni quyidagi manzildan yuklab olish mumkin: http://uni.cf/1IZy0VV

NYU-YORK, 23 iyun, 2015 yil – Agar jahon hamjamiyati o’zining keyingi 15 yil uchun tuzilajak rejalarida asosiy e’tiborni eng muhtoj bolalarga qaratmaydigan bo’lsa, millionlab bolalarning manfaatlari xavf ostida qoladi, deb ogohlantiriladi UNICEFning bugun e’lon hisobotida.

UNICEFning bolalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlari yuzasidan «Bolalar uchun taraqqiyot: o’rtacha ko’rsatkichlar chegarasidan chiqish» deb nomlangan yakuniy hisobotida ta’kidlanishicha, erishilgan yutuqlarga qaramasdan imkoniyatlarning teng emasligi tufayli qasshoqlikda yashayotgan, besh yoshga to’lmasdan hayotdan ko’z yumayotgan, maktabda ta’lim olishdan mahrum bo’lgan va surunkali to’yib ovqat emaslikdan azoblanayotgan millionlab bolalar e’tiborda chetda qolgan.

«MTM dunyo hamjamiyatiga bolalar uchun ulkan oldinga siljishga erishishda yordam berdi, ammo ayni vaqtda biz qancha bolalarni e’tiborsiz qoldirganligimizni ham ko’rsatib berdi,»-deydi UNICEFning Ijrochi direktori Entoni Leyk. «Eng nochor bolalarning hayoti ahamiyatga ega – va bu nafaqat ularning o’zlari uchun, balki ularning oilalari, hamjamiyatlari va jamiya uchun ham ahamiyatlidir.»

Mamlakatlar ichida mavjud bo’lgan tafovutlar tufayli eng kambag’al oilalarda yashayotgan bolalarning besh yoshga to’lmasdan hayotdan ko’z yumushlari ehtimoli eng badavlat oilalar farzandlariga nisbatan ikki barobar yuqori, va ayni chog’da nochor bolalr o’qishni o’rganizh imkoniyatlari juda ham past.

Bunday bolalarga yordam berish borasida beparvolik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mavjud rivojlanish sur’atlari hamda aholi sonining o’shi borasidagi taxminlarni hisobga olgan holda quyidagi ko’rsatkichlar kutilmoqda:

  • 2030 yilga kelib oldi olinishi mumkin bo’lgan sabablar tufayli hayotgan ko’z yumgan bolalar soni 68 millionni tashkil etadi;
  • 2030 yilda taxminan 119 million bola toyib ovqatlanish inkoniga ega bo’lmaydi;
  • Saharaning janubida joylashgan mamlakatlardagi eng kambag’al oilalarga mansub bo’lgan barcha qizlar o’zlarining to’liqsiz o’rta ta’limlarini yakunlashlari uchun deyarli 100 yil kerak bo’ladi;

Hisobotda 1990 yildan beri o’tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlarga alohida e’tibor qaratilgan:

  • Besh yoshga to’lmagan bolalar o’limi ikki barobardan ko’pga qisqardi, ya’ni 1000 ta tirik tug’ilgan bolaga 90 tadan 43 taga tushdi;
  • Besh yoshga to’lmagan bolalar orasida kam vaznlilik va surunkali ravishda etarlicha ovqatlanmaslikmuvofiq ravishda 42% va 41% ga kamaydi;
  • Onalar o’limi ko’rsatkichi 45% ga kamaydi;
  • 2,6 milliardga yaqin inson yaxshilangan ichimlik suvi manba’laridan foydalanish imkoniga ega bo’ldilar.

UNICEF tomonidan tahlil etiluvchi ko’rsatkichlarning yarmidan ko’pi bo’yicha aholining eng kambag’al va eng boy qatlamlari o’rtasidagi tafovut qisqarib bormoqda:

  • Ko’plab mamlakatlarda bolalarning omon qolishi hamda eng nochor oilalarga mansub bo’lgan bolalarning maktabga borishlari borasida katta ijobiy natijalar qayd etilgan;
  • 1990-2013 yillar orasida aholining daromad darajasi past bo’lgan mamlakatlar bilan daromad darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar o’rtasida onalar o’limi ko’rsatkichi bo’yicha tavofut 38 martadan 19 martagacha tushdi.

Shu bilan birga hisobotda bir qator salbiy natijalar ham qayd etilgan: taraqqiyot har yili besh yoshga to’lmasdan hayotdan ko’z yumayotgan salkam 6 million bolani, tug’ruq davrida har yili hayotdan ko’z yumayotgan 289 million ayollarni hamda boshlang’ich maktabga bormayotgan 58 million bolani chetlab otmoqda.

Dunyoning etakchi siyosatchilari Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarini (BTM) qabul qilishga tayyorlanayotgan ekanlar, eng nochor bolalar yangi maqsadlar va vazifalarning markazidan joy olishi lozim, deydi UNICEF. Ma’lumotlar yig’ishning yaxshilanishi hamda ularning MTMni o’lchash uchun qo’llanilgan o’rtacha ko’rsatkichlar chegarasidan chiqishga asoslangan dizagrigatsiya qilinishi eng nochor va chetlab qo’yilgan bolalarni hamdaularning yashash joylarini aniqlashga yordam beradi. Yanada kuchaytirilgan mahalliy sog’liqni saqlash, ta’lim hamda ijtimoiy himoya tizimlari ko’proq sonly bolalarga omon qolish va muvaffaqqiyatli ulg’ayish imkonini beradi. Shu bilan birga eng nochor bolalarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi hamda donolik bilan qilingan investitsiyalar bolalar hayoti uchun qisqa va uzoq muddatli foyda keltirishi mumkin.

«BTM biz olgan saboqlarimizni hayotga tadbiq etish hamda eng muhtoj bo’lgan bolalarga yordam berish imkonini beradi. Agar buni uddalay olmasak, bizga isnod bo’ladi,»- deyd janob Leyk. «Bugungi bolalarga imkoniyatlarni taqdim etishda yanada adolatli bo’lish ertangi kunda tengsizlikning kamroq bo’lishi hamda jahon taraqqiyotining yanada ja’dal sur’atda o’sishi demakdir».

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

Bizni Twitter va Facebook da kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Kate Donovan, UNICEF Nyu York, +1917 378 2128, kdonovan@unicef.org

Georgina Thompson, UNICEF Nyu York, +1917 238 1559, gthompson@unicef.org

Marta o’qilgan: 693


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar