UNICEF va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST): 2,4 mlrd aholi uchun sanitariya sharoitlari yo’qligi salomatlik himoyasiga to’siq bo’lmoqda

Chop etish versiyasi
30 Iyun 2015
Pres reliz
1 1 Fotosuratlar

Suv ta’minoti va sanitariya sohasida yakuniy MTM (Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlari) bajarilishi hisoboti chop etildi

NYU-YORK/JENEVA, 2015 yil 30 iyun – JSST va UNICEF Mingyillik Taraqqiyot Maqsadlariga ko’ra ichimlik suvi va sanitariya ta’minoti bo’yicha hisobotida “Sanitariya sohasida olg’a siljish yo’qligi xavfsiz ichimlik suvi ta’minoti tufayli bola hayoti va salomatligi muhofazasi sohasidagi yutuqlarni yo’qqa chiqarish xavfini tug’dirmoqda” deb ogohlantirishdi.

Sanitariya va ichimlik suvi ta’minotida yutuqlar: 2015 yildagi ahvol va MTMga ko’ra baholov” deb atalgan Qo’shma Monitoring Dasturi hisobotiga ko’ra dunyoda har 3 kishidan bittasi yoki 2,4 mlrd aholi hali ham sanitariya sharoitiga ega emas va shu jumladan 946 million kishi haligacha ochiq joyda yozilishadi (hojat chiqarishadi).

Ma’lumotlar haqiqatdan shuni ko’rsatadiki, tengsizlikka e’tibor berilishi ustuvor yutuqqa erishishning yagona yo’lidir” dedi Sanjay Vijesekera, UNICEFning dunyo miqyosida suv, sanitariya va gigiyena dasturlari rahbari. “Bugungi kunga qadar dunyodagi model shunday bo’lganki, eng boy odamlar birinchi olg’a siljishadi va ular ta’minotga erishgandan so’nggina kambag’allar ular ortidan intila boshlashadi. Agar biz 2030 yilgacha hamma uchun sanitariya sharoiti yaratishga intiladigan bo’lsak, eng kam ta’minlanganlar darhol olg’a siljishni boshlashiga erishishimiz zarur”.

Takomillashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti sohasida mamlakatlar va xalqaro hamjamiyat katta yutuqqa erishishdi. 1990 yildan buyon taxminan 2,6 mlrd aholi suv ta’minotiga ega bo’lib, hozir 91 foiz jahon aholisi takomillashtirilgan ichimlik suvi ta’minotiga ega va ushbu raqam o’sishda davom etmoqda. Masalan, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismida 427 million aholi suv ta’minotiga ega bo’lib, bu 25 yil davomida har kuni o’rtacha 47 ming kish ta’minlanganiga tengdir.

Bola hayoti muhofazasida ham salmoqli yutuqlarga erishildi. Bugun qoniqarsiz suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena sababli ichketar (diareya)dan har kuni nobud bo’layotgan bolalar soni 1000dan kam bo’lib, bundan 15 yil avval bu son 2000dan ortiq edi.

Boshqa tarafdan xatti-harakatni o’zgartirish kampaniyalariga yetarli e’tibor berilmaganligi, kam ta’minlanganlar qurbi yetadigan mahsulotlar yo’qligi va tashqarida hojat chiqarishni me’yor deb hisoblab, hatto rag’batlantiruvchi ijtimoiy me’yorlar sanitariya sohasida olg’a siljishga to’sqinlik qilmoqda. 1990 yildan buyon taxminan 2,1 mlrd aholi takomillashtirilgan sanitariya sharoitiga ega bo’lishgan bo’lsada, dunyo MTMning maqsadiga yetishmay, taxminan 700 million aholi qolib ketdi. Bugun jahon aholisining bor-yo’g’i 68 foizi takomillashtirilgan sanitariya sharoitiga ega bo’lib, bu MTM 77 foiz bo’lgan maqsadidan 9 foiz pastdir.

Hamma qoniqarli sanitariya sharoitiga ega bo’lgunga qadar suv ta’minoti sifati xavf ostida bo’lib, juda ko’p odamlar suv orqali yuquvchi kasalliklardan nobud bo’lishda davom etishadi”, dedi Maria Neira, JSSTning Jamoat sog’lig’ini saqlash, salomatlikning atrof-muhit va ijtimoiy determinantlari departamenti rahbari.

17 “e’tibordan chetda qolgan tropik kasalliklar” (ETK) ning 16 tasi, shu jumladan traxoma, tuproqdan o’tuvchi gelmintlar (ichak gijjalari) va shistosomozni davolash va profilaktikasi uchun qoniqarli suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena hal qiluvchi o’rin tutadi. 149 mamlakatda 1,5 milliarddan oshiq inson ETKga yo’liqqan bo’lib, bu ko’rlik, tashqi qiyofani xunuklashishi, doimiy nogironlik va o’limga olib boradi.

Tashqarida yozilish amaliyoti yana o’sishni sekinlashtirish yoki surunkali qoniqarsiz ovqatlanish xavfiga ham bog’liq bo’lib, bu ularga ortga qaytarib bo’lmaydigan jismoniy va aqliy zarar yetkazilishiga olib keladi.

“Inson salomatiga foyda keltirish uchun sanitariya sohasi, ayniqsa qishloq va kam xizmat ko’rsatiluvchi joylarda olg’a siljishni yanada tezlatish muhimdir”, qo’shimcha qildi doctor Neira.

Takomillashtirilgan sanitariyaga ega bo’lmagan 10 kishidan yettitasi hamda tashqarida yoziluvchi 10 kishidan to’qqiztasi qishloq joylarda yashashadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015 yil sentyabr oyida belgilanuvchi yangi Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (BTM) oid rejalar qatorida 2030 yilgacha tashqarida yozilishni yo’qotish maqsadi ham qo’shilgan. JSST va UNICEF fikriga ko’ra, buning uchun, ayniqsa Janubiy Osiyo va Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada ushbu amaliyotni kamaytirish ko’rsatkichlari ikki baravar tezlashtirilish zarur.

JSST va UNICEF bayonotiga ko’ra, BTMlar hamma uchun suv ta’minoti va sanitariya sharoitiga erishib, tengsizlik bo’shliqlarini yopish uchun 1990-2015 yillar davomidagi tengsiz olg’a siljishdan saboq olish hayotiy muhim o’rin tutadi. Buning uchun dunyoda:

· O’rta milliy ko’rsatkichlardan ortda qolayotgan aholi guruhlari va hududlarni aniqlash uchun axborotni dezagregatsiya qilish.

· Qamrab olish eng qiyin bo’lgan, ayniqsa qishloq hududlardagi kam ta’minlanganlarga alohida e’tibor qaratish;

· Daromadi kam jamoalarga barqaror sanitariya yechimlarini arzon narxlarda ta’minlash uchun innovative texnologiya va yondashuvlarni qo’llash;

· Uylar, maktablar va sog’liqni saqlash muassasalarida gigiyena sharoitini yahshilashga e’tiborni kuchaytirish zarur.

###

Tegishli vebsaytlar:

Hisobotning to’liq matni va matbuot materiallari quyidagi vebsaytlarda mavjud:

UNICEF: http://uni.cf/1TP1tVM

JSST: http://www.who.int/water_sanitation_health/monitoring/en/

JMP: http://www.wssinfo.org/

Muharrirlar uchun eslatma:

· “Takomillashtirilgan” ichimlik suvi manbai suvni tashqi ifloslanish, ayniqsa najas bilan ifloslanishdan himoyalangan ta’minot manbaidir. Bunga uy-joy yoki hovliga quvurda olib kelingan suv; jamoatchilik uchun vodoprovod yoki kran; artesian yoki quduq; himoyalangan buloq va yomg’ir suvini yig’ish kiradi.

· “Takomillashtirilgan” sanitariya sharoiti deganda inson najasini gigiyenik ravishda odamlardan uzoqlashtirish tushuniladi.

· Ichimlik suvi bo’yicha MTM 2015 yilgacha 88 foiz aholini takomillashtirilgan manba bilan ta’minlashga qaratilgan.

· Sanitariya sohasida MTM mo’ljali oddiy sanitariya sharoitiga ega bo’lmagan aholi sonini qoq yarmiga kamaytirishga chaqirib, bu bilan sharoitga ega aholi ko’rsatkichini 54 foizdan 77 foizgacha oshirilishiga erishiladi.

Qo’shma monitoring dasturi haqida

Suv ta’minoti va sanitariya sohasida JSST/UNICEFning Qo’shma monitoring dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy mexanizmi bo’lib, unga ichimlik suvi va sanitariya sohalarida mamlakat, mintaqa va jahon miqyosida va ayniqsa Mingyillik Taraqqiyot Maqsadi mo’ljaliga sayin olg’a siljishining monitoring qilish yuklangandir. Jahon miqyosida o’tkaziluvchi xonadon tadqiqotlari orqali QMD tahlili takomillashtirilgan suv ta’minoti va sanitariya sharoiti hamda hayot saviyasi orasida aloqani tahlil qilishda yordam berib, ayniqsa xalqaro darajada meyoriy jihatdan qaror chiqarish va resurs taqsimotida ishonchli asos bo’lib xizmat qiladi.

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz. UNICEF va uning faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.org saytiga tashrif buyuring

JSST haqida

JSST Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida sogliqni saqlash bo’yicha muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi muassasadir. U jahonda salomatlik masalalarida yetakchilik qilib, sog’liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlar kun tartibini shakllantirish, meyor va standardlarni belgilash, dalillarga asoslangan strategik choralarini shakllantirish, mamlakatlarga texnikaviy ko’mak ko’rsatish va salomatlik sohasida monitoring o’tkazish va baholash hamda jahonda sog’liqni saqlash sohasida xavfsizlikni ta’minlashdir. JSST va uning faoliyati haqida qo’shimcha axborot olish uchun, ushbu vebsaytga kiring: www.who.int

Qo’shimcha ma’lumot uchunmurojaat qiling:

Nyu Yorkda

Rita Ann Wallace, UNICEF New York, Tel: +1 212 326 7586, Mobile: +1 917 213 4043,

rwallace@unicef.org

Angelica Spraggins, WHO New York, Tel: + 1 917 388 5562, spragginsan@who.int

Jenevada

Fadéla Chaib, WHO Geneva, Tel: +41 22 791 3228, Mobile: +41 79 475 5556, chaibf@who.int

Nada Osseiran, WHO Geneva, Tel: +41 22 791 4475, Mobile: +41 79 445 1624, osseirann@who.int

Christophe Boulierac, UNICEF Geneva, Mobile: +41 (0) 799639244, Tel: +41 (0)22 909 5716, cboulierac@unicef.org

Marta o’qilgan: 122


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar