UNICEF Ijrochi direktori Antoni Leykning Yevropada migrant bolalar va qochoqlar bilan bog‘liq inqiroz yuzasidan murojaati

Chop etish versiyasi
04 Sentabr 2015
5 5 Fotosuratlar

NYU-YORK, 2015 yil 3 sentyabr – “Inson yuragini tilka-pora qiluvchi fotosuratlar. Ularda dengiz to‘lqini Yevropa qirg‘oqlariga chiqarib qo‘ygan bolalar jasadlari…chegarani kesib o‘tayotgan yuk mashinalari yukxonalarida dimiqib yotgan bolalar… tang holatda aqldan ozayotgan ota-onalari tomonidan simtikonli devorlardan oshirib o‘tkazilayotgan bolalar aks ettirilgan.

«Yevropada migrantlar va qochoqlar bilan bog‘liq bo‘lgan inqiroz yanada zo‘rayib borar ekan, bunday suratlar butun dunyo ijtimoiy axborot vositalarida, bizning televizor ekranlarimizda hamda kundalik ro‘znomalarimiz sahifalarida chop etilajak, yurakni larzaga keltiruvchi so‘nggi sur’atlar bo‘lmaydi».

«Ammo butun jahon ushbu fotosuratlardan qattiq ta’sirlanishining o‘zi yetarli emas. Bunday ta’sir chora ko’rishga olib kelishi lozim.

«Bolalarning bunday tang holatlarga tushib qolishi ularning o‘z xohishi bilan ro‘y bermaganidek, bu ularning iznida ham emas. Ular himoyaga muhtoj. Ular himoyalagan bo‘lish huquqiga egalar.

Biz zudlik bilan quyidagi choralar ko‘rilishini talab qilamiz:

1. Bunday bolalarni doimiy ravishda eng muhim xizmatlar, jumladan sog‘liqni saqlash xizmatlari, oziq-ovqat bilan ta’minlash, ruhiy qo’llab-quvvatlash va ta’lim berish xizmatlari hamda migrantlar va qochoqlarga oilalari bilan birgalikda bo‘lishlarini kafolatlovchi boshpana bilan ta’minlash orqali himoya qilish.

2. Bolalar va ularning oilalariga yordam berishlari uchun bolalar farovonligini ta’minlash bo‘yicha malakali mutaxassislarni yetarli darajada safarbar qilish.

3. Qidiruv va qutqaruv ishlarini davom ettirish va bunda, oilalar bir nechta mamlakat hududini kesib o‘tib harakat qilayotganligini hisobga olgan holda, nafaqat dengiz, balki quruqlikni ham qamrab olish lozim. Shu bilan birga, ko‘chmanchi va qochoq bolalar tahqirlanish va ekspluatatsiyaga uchramasliklarini uchun lozim bo‘lgan har qanday chora ko‘rilishi shart.

4. Ushbu bolalar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday qarorlar, jumladan siyosiy boshpana talab etish ishlarini ko‘rib chiqishda ham bolalarning eng oliy manfaatlari ustivorligi ta’minlanishi lozim.

“Bugun bizning yuraklarimiz o‘z farzandlaridan ajragan, ularni Yevropa sohillarida va yo‘l yoqalarida yo‘qotgan oilalar bilan birga. Munozaralar va siyosiy muzokaralar davom etar ekan, biz ushbu inqirozning insoniylik tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini bir zum ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak.

«Bolalar bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi lozim. Shuningdek ushbu inqirozning qamrovi ham doimo diqqat e’tiborimizda bo‘lishi shart. Yevropada boshpana qidirayotgan migrantlarning eng kamida to‘rtdan bir qismi bolalardan iborat. Joriy yilning birinchi olti oyida 106 mingdan ziyod bolalar Yevropada boshpana so‘rab murojaat qilganlar.

«Ayni vaqtda, biz Yevropada boshpana qidirayotgan oilalar boshidan kechirgan qiyinchiliklar bilan nimalar yotganligini aslo yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Bunday sabablarga Suriyadagi kabi dahshatli ixtiloflar kiradi. Mazkur nizoning o‘zi 2 millionga yaqin bolalar o‘z mamlakatlarini tark etib qochishlariga sabab bo‘ldi. Faqat bunday nizolar yakun topishigina shu qadar ko‘p sonli insonlarning nochorliklariga yakun yasashi mumkin».

##############

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz. UNICEF va unin faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidai manzilga murojaat qiling: www.unicef.org

Bizga Facebook va Twitter da hamroh bo‘ling.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun marhamat qilib quyidagi xodimlarga murojaat qiling:

Sarah Crowe, UNICEF New York, +1646 209 1590, scrowe@unicef.org
Christophe Boulierac, UNICEF in Geneva, +41 79 963 9244, cboulierac@unicef.org

Marta o’qilgan: 568


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar