UNICEF Ijrochi direktori Entoni Leykning UNICEFga Nobel tinchlik mukofoti berilganining 50 yilligi munosabati bilan murojaati

Chop etish versiyasi
06 Oktabr 2015
1 1 Fotosuratlar

1965 yilda Nobel tinchlik mukofotini qabul qilar ekan, UNICEFning ikkinchi Ijroji direktori Genri Labuis shunday degan edi: "Bugungi bolalrning farovonligi ertangi jahon tinchligi bilan uzviy bog’liqdir." Tahlikalar o’sib borayotgan bugungi kunda uning so’zlari hali ham dolzarbdir. Va bu so’zlar barchamizga qaratilgan.

2015 yilda tug’ilgan bola 1965 yilda tug’ilgan bolaga nisbatan omon qolish va o’z salohiyatini ko’rsatish uchun ko’proq imkoniyatga ega, ziddiyatlar va inqirozlar, yo’qotishlar va imkoniyatlar yo’qligi natijasida ko’plab bolalarning farovonligi havf ostida qolgan. Ko’plab bolalar ular hech qachon ko’rmasligi lozim bo’lgan narsalar bilan to’qnashmoqda. Sog’lom va kuchli bo’lib o’sish uchun zarur narsalardan mahrum bo’lgan bolalar soni hali ancha.

Bu bolalrning aziyatlarini engillashtirish, ularga o’sish va o’qish uchun yordam berish maqsadida mehnat qilar ekanmiz, ularga nafaqat kelajakka ega bo’lish imkonini beramiz. Biz ularga o’zlari, oilalari va jamiyatlarini qurish uchun imkoniyat beramiz. Bolalar yanada kuchli, barqaror, tinch jamiyatlar qurishni istaydi va bunga qodir.

Har bir bola normal bolalikka ega bo’lish huquqiga ega. Biz Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo’lgandan beri UNICEF har kuni ishlaydi, va jahondagi har bir bolalning bu huquqini ilgari surish uchun har kuni ishlashni davom ettiramiz. Bu tinchlik barqaror bo’lgan kelajakka eng to’g’ri yo’ldir. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 406


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar