Har bir bola uchun global maqsadlar: 2015 yil sentabr

Chop etish versiyasi
07 Oktabr 2015
1 1 Fotosuratlar
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) universal jihatli “insonlar, sayyora va ravnaq manfaati yo’lidagi harakatlar dasturi” bo’lib, u har bir bolaning huquqlari va farovonligi uchun tirishmoqning tarixiy imkonoyatini o’zida mujassam etadi.

UNICEF uchun barqaror rivojlanish, mohiyatan, kelajak avlodlar tomonidan davom ettirish mumkin bo’lgan rivojlanishdir. Binobarin, bolalar manfaati yo’lida qilinayotgan tanlovlar to’g’riligini ta’minlash BRM dasturi uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Maqsadlar, vazifalar va bolalar

Yangi rivojlanish dasturining barcha maqsadlari dunyoni bolalar uchun yanada yaxshi maskan qilish yuzasidan baralla rejani ta’riflaydi. Ularning bari bolalar hayotiga qaysi bir jihatdan tegishlidir, garchi sheriklik, energetika,[1] infratuzilma, okean va boshqa ekotizimlarni muhofaza qilish bo’yicha maqsadlarda aynan bolalar tilga olinmagan bo’lsa ham.

Quyida UNICEF 190 ta mamlakatda olib borayotgan ishining mazmun-mohiyatiga taalluqli maqsad va vazifalar keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:

1-maqsad: Kambag’allikka barham berish

Bolalarga daxldor jihati: Dunyo bo’ylab qariyib bir milliyard aholi qashshoqlikda kun kechiradi. [2] Shulardan deyarli yarmi bolalardir.[3] Kambag’allik barchaga taalluqli masala bo’lsada, qashshoqlikda yashovchi aksariyat bolalar Janubiy Osiyo va Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarda istiqomat qilishadi.[4] 2008 yilda boshlangan Buyuk Retsessiyaning oxiriga kelib, badavlat mamlakatlarda kambag’al bolalar soni 2,6 millionga oshdi.[5]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Bolalar va kambag’allikni batafsil so’zga olish hamda qashshoqlikning barcha shakllarini bartaraf qilishga da’vat muhim sarqadamlardir. Maqsad kambag’allikning barcha turlariga yo’naltirilgan bo’lib, yo’qchilikning ko’p qirrali va murakkab shakllari jabr-jafosida qolgan bolalarga alohida e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, maqsad bolalar kambag’alligiga barham berishda muhim bo’lgan moslashuvchanlik va ijtimoiy muhofaza tizimlari ahamiyatliligini tan oladi.

2-maqsad: Oziqlanish

Bolalarga daxldor jihati: 2013 yilda 5 yoshgacha bo’lgan har to’rt bolaning birida o’sishda orqada qolish kuzatilgan.[6] Orqada qolish va qoniqarsiz oziqlanish boshqa shakllarining oqibatlari bolalar hayoti, salomatligi, ta’limi va kelajagiga xavf soladi. Misol uchun, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar orasidagi o’lim holatlarining deyarli yarmi qoniqarsiz oziqlanish bilan bog’liq bo’lishi mumkin,[7] hamda, agar qoniqarsiz oziqlanish bolalikning ilk chog’laridanoq bartaraf etilsa, soatlik ish haqlari kamida 20 foizga oshishi mumkin ekan.[8]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Maqsad oziqlanish imkoniyati hammaga, ayniqsa go’daklarga, yaratilishini ta’minlashga yo’naltirilgan. U bolalar oziqlanishi yuzasidan vazifani hamda 2025 yilga kelib orqada qolish va ozib-to’zib ketish bo’yicha vazifalarni bajarish majburiyatini ham o’z ichiga oladi. Vazifalarda o’smir qizlar, homilador va emizuvchi ayyollar ehtiyojlari ham tilga olingan.

3-maqsad: Sog’liq

Bolalarga daxldor jihati: Shu yilning oxiriga kelib, qariyib olti million bola besh yoshga to’lmay hayotdan ko’z yumadi.[9] So’nggi yillarda boshqacha turdagi salomatlik tahlikalari namoyon bo’lmoqda: 2013 yilda dunyo bo’ylab OIV infeksiyasiga yangidan chalingalarning 35 foizi 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan yosh aholi vakillari bo’ldi[10]; kattalar orasida bevaqt o’limning 70 foizi yuqumsiz kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan semizlik, jismoniy harakatsizlik, qon bosimining ko’tarilib ketishi, tamaki chekish, giyohvandlik va ruhiy kasalliklarga to’gri keladi. [11]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Maqsad bolalar omon qolishi va salomatligi yuzasidan majburiyatlarni tiklab, dunyo bo’ylab muammo bo’lib qolayotgan kasalliklarga, jumladan OIV/OITS va bezgakka, e’tibor qaratishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, vazifalar 2030 yilga kelib go’daklar o’limini 1000 kishi boshiga 12 taga hamda 5 yoshgacha bolalar o’limini 1000 kishi boshiga 25 taga kamaytirishga qaratilgan. Muhimi shuki, yangi vazifalar yuqumsiz kasalliklarni yangi global avj olayotgan masala sifatida tan olib, sog’liqning hal qiluvchi ijtimoiy omillari muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etmoqda. Vazifalar sog’liqni saqlash tizimlarini kuchaytirish va ijtimoiy xavsfizlik tarmoqlarini joriy qilish zaruratini ham ta’kidlaydi.

4-maqsad: Ta’lim

Bolalarga daxldor jihati: 2000 yildan buyon katta muvaffaqiyatga erishilganga qaramay, boshlang’ich ta’limni butun jahonda ta’minlash yo’lida taraqqiyot to’htab qoldi. Shu bilan birga, maktabga qatnayotgan ko’plab bolalar o’qimaydi.[12] 2013 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan 124 million bola hech qachon maktabga chiqmagan yohud maktabni tashlab ketgan.[13] 130 millionga yaqin bola maktabga 4 yil qatnaganiga qaramay o’qish va matematika asoslarini o’rganmagan.[14]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Ushbu maqsad ta’lim erta boshlanishi va kamida o’rta maktabgacha davom etishi kerakligini tan oladi. Ta’lim sifatini yaxshilash muhimligini ham e’tirof etadi. Vazifalar erta bolalikka jonkuyarlik va ta’limni global rivojlanish dasturi darajasida olib chiqib, erta ta’limning har bir bolaga hayot boshlashida adolat ta’minlanishidagi muhim rolini e’tirof etmoqda. Muhimi shuki, vazifalar hamma bolalar uchun, ya’ni o’gil, qiz, nogiron, mahalliy yoki zaif sharoitda o’sgan bo’lishidan qat’iy nazar, ochiq ta’lim olish imkoniyatini yaratishga da’vat qiladi.

5-maqsad: Gender tenglik

Bolalarga daxldor jihati: Biz hohlayotgan dunyoni barpo qilishda ayol va qizlarga qarshi kamsitishlarga barham berish hamda gender tenglikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bo’lsada, qizlar ko’plap to’sqinliklarga duchor bo’lishmoqda. Misollar: 15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan qizlarning deyarli choragi 15 yoshga to’lgandan so’ng zo’ravonlik qurboniga aylangani haqida xabar bergan;[15] 2012 yilda 15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan ayollarning 17 foizi turmushga chiqqan edi;[16] 2013 yilda OIV infeksiyasiga chalingan 15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan yoshlarning deyarli uchdan ikki qismini qizlar tashkil qilgan.[17]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: 5-maqsad bolalarga ta’sirini o’tkazuvchi gender tengligiga taalluqli dolzarb masalalarga (jumladan vakolat berish, kamsitish, ayol va qizlarga qarshi zo’ravonlik, balog’otga yetmaganlar o’rtasida nikoh, ayollar jinsiy organlarini mayib va xatna qilish masalalari) nisbatan qattiq vazifalar belgilaydi. Shu bilan birga, u ayol va qizlarni muhofaza qiluvchi hamda ularga vakolat beruvchi yo’riqnomalar va qonunchilikni qabul qilishga da’vat etadi. O’gil bola va erkaklar ayol va qizlarga nisbatan munosabat va muomalani o’zgartirishda jiddiy rol o’ynaydilar.

6-maqsad: Suv, sanitariya va gigiyena

Bolalarga daxldor jihati: O’tgan 15 yil mobaynida rivojlanish bo’yicha xatti-harakatlar dunyoning eng zaif bolalarigacha yetib bormadi. Eng so’nggi ma’lumotlar quyidagilar haqida xabar beradi:[18] 663 million kishi hamon yaxshilangan ichimlik suvi manbalariga erishish imkoniyatiga ega emas, tahminan 2,4 milliard kishi nojo’ya sanitariya vositalaridan foydalanadi, 946 million kishi ichni ochiq joyda bo’shatish odatiga rioya qiladi. Bolalar suv, sanitariya va gigiyenaga erishmoqlari yo’lida hissa qo’shish natijasida ular oila va jamoalarida xulq-atvorni o’zgartiruvchi vakillariga aylanadilar.[19]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Toza va bexatar suv va sanitariyaga erishish imkoniyati hamma uchun teng va ochiq bo’lishini da’vo qilish orqali ushbu maqsad Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari xatti-harakatlarini yanada ilgari suradi. Shu bilan birga, maqsad ichni ochiq joyda bo’shatish odatiga barham berishga da’vat etib, bu odat, ayniqsa qiz va ayollarga, solayotgan xavf-xatarlarni e’tirof qiladi.

8-maqsad: Iqtisodiy o’sish va ishga joylashish

Bolalarga daxldor jihati: Iqtisodiy o’sish va ishga joylashish bola va oilalar moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, bolalar ulg’ayib, ish kuchi qatoriga qo’shilgan sari ular ish topish zaruratiga uchraydi. Bu masala esa borgan sari mushkullashmoqda, chunki dunyo bo’ylab ishsizlarning 36 foizini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lganlar tashkil qiladi.[20] 2012 yilda global miqyosda tahminan 11 foiz bola bolalar mehnatiga jalb qilinib, shulardan deyarli yarmi sog’lig’i, xavfsizligi va ma’naviy rivojlanishiga xatarli bo’lgan ishlarda mashg’ul bo’lgan.[21]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Maqsad yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratish va ish haqini tuzuk qilishga da’vat etadi. Muhimi shuki, maqsad “bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish, jumladan bola askarlarni chaqirish va ishlatish” yo’nalishida sarqadamlarni talab qiladi. Bundan tashqari, u 2025 yilga kelib bolalar mehnatidan foydalanishni tugatishga chorlab, yoshlarni ishga joylashtirish yuzasidan global strategiyani ma’qullaydi.

10-maqsad: Tengsizliklarni bartaraf qilish

Bolalarga daxldor jihati: Juda ko’p bolalar hayotni tengsizliklar oqibatida vujudga keladigan g’am-tashvishlarda boshlab, bular ularni yashash, kurashish va qobiliyatlarini to’liq kashf qilish bo’yicha haqqoniy imkoniyatlardan mahrum qiladi. Misollar: eng boy ho’jaliklarda yashovchi bolalar bilan taqqoslaganda, eng kambag’al ho’jaliklarda yashovchi bolalar orasida 5 yoshga to’lmay hayotdan ko’z yumish deyarli 2 baravar ko’proqdir;[22] daromadlari dunyo bo’ylab o’rtacha 60 foizdan oshgan ho’jaliklardagi bolalar bilan taqqoslaganda, kichik daromadli ho’jaliklardagi bolalar orasida yetarsiz oziqlanish holatlari 1,5 baravar ko’proqdir;[23] boy bolalarga qaraganda kambag’al bolalar orasida maktab qoldirish holatlari 5 baravar ko’proqdir.[24]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Ushbu maqsad daromadlari 40 foizdan past bo’lgan aholining daromadlari o’rta milliy darajadan yuqoriroq sur’atlarda o’sishiga chorlovchi vazifalarga yo’naltirib, bunday tengsizliklarni e’tibor doirasiga oladi. Shunday bo’lsada, vazifalar global moliya bozorlari tartib-qoidasiga kiritilgan bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo’lgan qaror qabul qilish jarayonlari va savdo shartnomalarida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun baland sado bo’lib xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun yosh, jins, iqtisodiy ahvol, nogironlik va geografik joylashuvga asoslangan tengsizliklarni abadiylashtirgan kamsituvchi qonunlar, yo’riqnomalar va odatlarni bartaraf qilishga urg’u berish talab qilinadi. Natijalar samarali va barqaror bo’lishi uchun odatda ilgari inkor qilingan shaxslar yechim topishda ishtirok etishlari kerak.

11-maqsad: Aholi yashash joylari

Bolalarga daxldor jihati: 2012 yilda dunyo aholisining yarmidan ko’pi, 1 milliarddan ziyod bola shular jumlasidan, katta va kichik shaharlarda istiqomat qilgan.[25] Bu son borgan sari oshmoqda.[26] Ko’p bolalar uchun shahar hayoti ta’lim, tibbiy e’tibor va hordiq qicharish uchun imkoniyatlarni yanada ko’proq ochib beradi. Shu bilan birga, ularning anchaginasi elektr energiyasi, toza suv va sog’liqni saqlashdan chetlatilgan. Urbanistik hududlar o’rtasidagi tafovutlar soni nihoyatda katta bo’lib, 2020 yilga kelib 1,4 milliardga yaqin kishi norasmiy aholi punktlari va shahar xarob joylarida hayot kechiradi.[27]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Har bir bola xavfsiz yashash maskaniga hamda sog’lig’i, harakatchanligi va farovonligi uchun markaziy ahamiyat kasb etuvchi xizmatlarga ega bo’lishga haqlidir. Maqsad 2030 yilga kelib barcha uchun xavfsiz, maqbul, hammabop va barqaror transport tizimlarini joriy qilishni, yo’l harakati xavfsizligini yanada yaxshiroq qilishni hamda ayollar, bolalar, nogiron kishilar, yoshi kattalar va zaif tabaqa vakillari ehtiyojini qondiradigan jamoat transportini joriy qilishga chorlaydi. Shu bilan birga, maqsad 2030 yilga kelib ko’kalamzor va umumiy foydalanish joylarini ochishga hamda qatnashtirmoq, resurslar samadorligi, iqlim o’zgarish asoratlarini kamaytirish va ko’nikish, ofatlarga moslashuvchanlik yuzasidan yaxlit yo’riqnoma va rejalarni tuzishga da’vat qiladi.

13-maqsad: Iqlim o’zgarishi

Bolalarga daxldor jihati: Dunyo aholisining ofatlarga yo’liqqan 50-60 foizini bolalar tashkil qiladi.[28] Ofatlarning to’rtdan uchi iqlim bilan bog’liqdir.[29] Iqlim o’zgarishi bolalarga turli yo’llar bilan ta’sir qilishi mumkin. Masalan, iqlim o’zgarishi oqibatida ro’y bergan ofat natijasida tirikchilik mabaidan judo bo’lgan oilalar ko’pincha sog’liqni saqlash va maktab bilan bog’liq harajatlarni ko’tarishda qiynalishadi. Bundan tashqari, iqlim o’zgarishiga moslashishga ko’maklashayotgan ko’plab mudoxalalar, ya’ni samarali va ekologik toza pechlarni ishlatish hamda quyosh energiyasi taklif qilayotgan yechimlar kabi, bolalar sog’lig’iga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Ushbu maqsad iqlim o’zgarishi bo’yicha yoriqnomalarni milliy strategiya va rejalarga kiritishga da’vat qilmoqda. Vazifalar BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha Chegarador Konvensiyasi bo’yicha olingan majburiyatlarga, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar iqlim o’zgarishi borasidagi ehtiyojlari uchun rivojlangan davlatlarga tomonidan har yili 100 milliard AQSh dollarini jamlash berish talabi, ham yo’naltirilgan.

Iqlim o’zgarishi bo’yicha maqsad 7-maqsad (2030 yilga kelib hamma uchun ochiq, maqbul, ishonchli va zamonaviy energetika xizmatlarini joriy qilishga chorlovchi) bilan bog’liqdir. Bolalar uchun bu maqsad ekologik jihatdan muhim yutuqdir. Uyda zamonaviy energetika manbaalarining yo’qligi bolalarni qurum kabi uy sharoitidagi havo ifloslanishiga yo’liqtirib, bu ularning salomatligi, xavfsizligi, ta’lim olishi va farovonligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

16-maqsad: Zo’ravonlikka barham berish

Bolalarga daxldor jihati: Bolalarga nisbatan zo’ravonlik avj olayotgan va universal muammo bo’lib, u millionlab bolalar hayoti va kelajagiga tahdid soladi hamda jamiyat va millatlarning ijtomoiy to’qimalarini buzadi. Quyidagi raqamlar hayratga soladi: 2012 yilda 20 yoshgacha bo’lgan 95 000 bola qotillik qurboniga aylandi, ya’ni har besh qotillikdan biri; 20 yoshgacha bo’lgan deyarli har 10 qizdan biri zo’rlangan yoki jinsiy aloqaga majburlangan; o’tgan yilda 13 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarning uchdan biri bir yoki undan ko’proq mushlashishda qatnashgan.[30]

Maqsad nimaga yo’naltirilgan: Barqaror Rivojlanish Maqsadlari erishgan ulkan yutuqlaridan biri shuki, zo’ravonlik va muhofaza masalalari xalqaro rivojlanish dasturi darajasida ko’tarilganidir. Maqsad oldida qo’yilgan vazifalar haqorat, ekspluatatsiya, noqonuniy savdo va bolalarga qarshi zo’ravonlikning barcha shakllariga barham berishdan iborat. Bundan tashqari tug’ilishni ro’yhatga olish bo’yicha ham vazifa mavjud, negaki bu bolaning o’z shaxsini tasdiqlashning fundamental huquqini kafolatlaydi.




[1] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, Barqaror energiya nima uchun bolalarga daxldor: barqaror energiyaning bolalar va kelajak avlodlar uchun dolzarb ahamiyati, UNICEF, Nyu York, 2015.

[2] Butunjahon banki guruhi, 2014/2015 yillar uchun global monitoring hisoboti: kambag’allikka barham berish va ravnaq ulashish, Butunjahon banki, Vashington shahri, 2015, xi-bet.

[3] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 15-bet.

[4] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 15-bet.

[5] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ’Har bir bola uchun odil imkoniyat, UNICEF Ijro etuvchi kengashining adolatga bag’ishlangan maxsus sessiyasi’, Konferensiya hujjati, UNICEF, Nyu York, 2015 iyun, 25-bet.

[6] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 26-bet.

[7] Black, Robert E., va boshqalar, ‘Ona va bola oziqlanishi: turtki uchun zamir yaratish’, “Lancet” jurnali, 382-jild, 9890-son, 3-avgust 2013 yil, 372-375 betlar.

[8] Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2014 yil uchun global oziqlanish hisoboti: oziqlanish borasida jahonda taraqqiyotni jadallashtirish yo’lidagi harataklar va ma’suliyat, Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ilmiy-tadqiqot instituti, Vashington shahri, 2014 yil, 8-bet.

[9] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 26-bet.

[10] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 38-bet; Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 39-bet.

[11] Resnick, Michael D., va boshqalar, ‘O’smirlar salomatligi imkoniyatlaridan unumli foydalanish’, “The Lancet” jurnali, 379-jild, 28-aprel 2012 yil,. 1564-1566 betlar.

[12] BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti va UNESCO qoshidagi Statistika instituti, ‘Yordam meyyoridan kam bo’lgani sababli bola va o’spirinlarning o’sib borayotgan soni maktabdan chetda qolmoqda’, 22-son нo’riqmona hujjati, 31-son faktlar varag’i, UNESCO va USI, Monreal, 2015 yil iyul.

[13] BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti va UNESCO qoshidagi Statistika instituti, ‘Yordam meyyoridan kam bo’lgani sababli bola va o’spirinlarning o’sib borayotgan soni maktabdan chetda qolmoqda’, 22-son нo’riqmona hujjati, 31-son faktlar varag’i, UNESCO va USI, Monreal, 2015 yil iyul.

[14] BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti qoshidagi Statistika instituti, Barcha uchun ta’lim yuzasidan global monitoring hisoboti: erishilgan yutuqlar va oldindagi masalalar, 2000 – 2015 yillar, UNESCO, Parij, 2015 yil mart, 189-bet.

[15] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, Ko’z oldida yashirilgan: bolalarga nisbatan zo’ravonlikning statistik tahlili, UNICEF, Nyu York, 2014 yil.

[16] BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti qoshidagi Statistika instituti, Barcha uchun ta’lim yuzasidan global monitoring hisoboti: erishilgan yutuqlar va oldindagi masalalar, 2000 – 2015 yillar, UNESCO, Parij, 2015 yil mart, 165-bet.

[17] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 39-bet.

[18] Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, Sanitariya va ichimlik suvi borasida 25 yillik yutuqlar: 2015 yil bo’yicha yangilangan ma’lumot va MTM yuzasidan baholash, JSST, UNICEF, Jeneva va Nyu York, 2015 yil iyun.

[19] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘Mutloq sanitariyaga jamoacha yondashuv: Hindiston, Nepal, Sierre Leone, Zambiyada “keys-stadi” mavzuga oid tadqiqotlar’, Dala yozuvlari turkumidan, UNICEF, Nyu York, 2009 yil, 23-bet.

[20] BMTning Aholishunoslik jamg’armasi, 2014 yilda jahon aholisining holati: 1,8 milliard yoshlarning qudrati, yoshlik va kelajakni transformatsiya qilish, BMTning Aholishunoslik jamg’armasi, Nyu York, 34-bet.

[21] Bolalar mehnatiga barham berish bo’yicha xalqaro dastur, Bolalar mehnati masalasida taraqqiyot sari: 2002 – 2012 yillarda global tahmin va trendlar, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jeneva, 2013 yil, vii-bet.

[22] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, , 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 26-bet.

[23] Butunjahon banki guruhi, 2014/2015 yillar uchun global monitoring hisoboti: kambag’allikka barham berish va ravnaq ulashish, Butunjahon banki, Vashington shahri, 2015 yil, xi-bet.

[24] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, ‘O’rtachadan oshmoq: MTMdan o’rganamiz’, Bolalar manfaati yo’lidagi taraqqiyot, , 11-son, UNICEF, Nyu York, 2015 yil iyun, 3-bet.

[25] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, 2012 yilda jahon bolalarinig holati: urbanistik dunyodagi bolalar, UNICEF, Nyu York, iv-bet.

[26] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, 2012 yilda jahon bolalarinig holati: urbanistik dunyodagi bolalar, UNICEF, Nyu York, 2-bet.

[27] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, 2012 yilda jahon bolalarinig holati: urbanistik dunyodagi bolalar, UNICEF, Nyu York, 4-bet.

[28] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, UNICEF va Markazida bola bo’lgan ofatlar tahdidini kamaytirish tashkiloti, UNICEF, Nyu York, 3-bet, http://www.unicefinemergencies.com/downloads/eresource/docs/DRR/Child-centred%20DRR.pdf

[29] BMTning Taraqqiyot dasturi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, OXFAM tashkiloti, Ofatlarni kamaytirish va ulardan tiklanish global yordam tashkiloti, Ofatlar tahlikasini kamaytirish rivojlanishni barqaror qilmoqda, 4-bet. http://www.undp.org/content/dam/undp/library/crisis%20prevention/UNDP_CPR_CTA_20140901.pdf,

[30] Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi, Ko’z oldida yashirilgan: bolalarga nisbatan zo’ravonlikning statistik tahlili, UNICEF, Nyu York, 2014 yil.

Marta o’qilgan: 758


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar